Dek (deque) – bu tartiblangan elementlar to’plami bo’lib, yangi elemento qo’shish va mavjud elementni o’chirish tuzilmaning ixtiyoriy oxiridan ruxsat beriladi.
Dekni massiv asosida yoki ikki bog’lamli ro’yxat asosida tadbiq qilish mumkin. Dek tuzilmasi ustida quyidagi to’rtta amalni bajarish mumkin:
1) boshidan element qo’shish;
2) oxiridan element qo’shish;
3) boshidan elementni o’chirish;
4) oxiridan elementni o’chirish.
DEKGA MISOLLAR. Bu amallarni yuqorida stek va navbat tuzilmalarida qo’llanilgan protseduralar yordamida tadbiq qilish mumkin.
Mustaqil ishlash uchun masalalar:
1-masala. Stekka element qo’shish va elementni o’chirish amallarini stekni massiv orqali tadbiq qilish yordamida bajarish dasturini tuzing.
2-masala. Oddiy va tsiklik navbatga element qo’shish va elementni o’chirish amallarini navbatni massiv orqali tadbiq qilish yordamida bajarish dasturini tuzing.
3-masala. Dek ustida bajariladigan standart amallarni bajarish dasturini tuzing.
Foydalanilgan adabiyotlar: 1. [RU] Alfred V. Axo., Djon E. Xopkroft, Djefri D. Ul’man. Struktura dannыx i algoritmы. //Ucheb.pos., M.: Izd.dom: "Vil’yams", 2000, — 384 s.
2. [EN] Adam Drozdek. Data structures and algorithms in C++. Fourth edition.Cengage Learning, 2013.
3. [UZ] I.M.Boynazarov. Dinamik ma’lumotlar tuzilmasi. Uslubiy qo’llanma. -Samarqand, TATU Samarqand filiali, 2018 y. 215 bet.
4. [UZ] Narzullaev U.X., Qarshiev A.B., Boynazarov I.M. Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar. //O’quv qo’llanma. Toshkent: Tafakkur nashriyoti, 2013 y. – 192 b.