10-mavzu: Adir zonasi dorivor o‘simliklari. Reja



Yüklə 32,3 Kb.
səhifə1/5
tarix02.02.2023
ölçüsü32,3 Kb.
#82279
  1   2   3   4   5
portal.guldu.uz-Adir zonasi dorivor o simliklari


10-mavzu: Adir zonasi dorivor o‘simliklari.
Reja:

  1. Adir zonasi o‘simliklar qoplami.

  2. Adir zonasida tarqalgan dorivor o‘simliklar

  3. Adir zonasi dorivor o‘simliklar bioekologiyasi

Kalit so’zlar: adir, pastki adir, yuqori adir, relef, harorat, tog’ yonbag’ri, tuproq holati.
1. Adir zonasi o‘simliklar qoplami. Markaziy Osiyo tog‘ oldi hududlari xalqlarimiz orasida adirlar (bayirlar-turkmancha) nomi bilan mashhur. Umuman, adirlar deganda dengiz sathidan 500 metrdan 1200 (1600) metrgacha balandlikda joylashgan maydonlar tushuniladi. Bunday maydonlar tog‘ oldi hududlari hisoblanib, relefi asosan notekis va cho‘l hududlaridan keyin yuqoriga qarab asta-sekin ko‘tarilib boradi.
O‘zbekistonning Toshkent, Farg‘ona vodiysi, Samarqand, Jizzax, Surxondaryo, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarining tog‘ etaklari adir hududlari hisoblanadi. Adirlar tabiiy ozuqa manbai sifatida cho‘l hududlariga nisbatan ancha qulayroq, iqlim ko‘rsatkichlari va serhosilroq yaylovlar hisoblanadi. Chunonchi, yillik o‘rtacha havo harorati biroz pastroq (+13- 5°C); cho‘l hududlarining bu ko‘rsatkichi +14.5-16°C atrofida. Adirlar uchun yilning eng issiq davri - iyul oyi(o‘rtacha harorat+27°C), sovuq davr - yanvar oyi (-30°C) hisoblanadi. Yillik yog‘in miqdori cho‘llarga nisbatan biroz yuqori va o‘rtacha 250-350 mm ga teng bo‘ladi. Yillar bo‘ylab 98 mm dan - 480 mm gacha o‘zgarib turadi. Yog‘ingarchilikning asosiy miqdori kuz, qish va erta bahorga to‘g‘ri keladi. Boshqa iqlim ko‘rsatkichi bo‘yicha adir mintaqasining nisbatanqulayligini 6.1-jadval ma’lumotlaridan yaqqol ko‘rsa bo‘ladi.
6.1-jadval.

Agroiqlim ko‘rsatgichlari


Yüklə 32,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin