10-mavzu: Adir zonasi dorivor o‘simliklari. Reja



Yüklə 32,3 Kb.
səhifə2/5
tarix02.02.2023
ölçüsü32,3 Kb.
#82279
1   2   3   4   5
portal.guldu.uz-Adir zonasi dorivor o simliklari

Qizilqum (Oyokogitma)

Qarnabcho‘l (Muborak)

Adirlar (Qarshi)

Dengiz sathidan balandligi, m

184

310

378

Havoning o‘rtacha yillik harorati, °C

14,6

15,6

15,8

Yanvarning o‘rtacha harorati, °C

-4,1-7,8

-1,4-10,9

0+2

Vegetatsion qishlar, %

0-16

50-60

60-80

Haroratning absolyut minimumi,°C

-31-34

-23,9-19,6

-29

Iyulning o‘rtacha harorati, °C

29-32

29,9-31,4

28-29,5

Xaroratning absolyut maksimumi, °C

44-48

45

47

Yillik yog‘in miqdori

122

166,3

229

Adir mintaqasi o‘z navbatida 2 poyasga bo‘linadi; pastki adir, yuqori adir. Pastki adirlarning relefi nisbatan tekisroq, qisman qirlar, mayda tepaliklardan tashkil topgan. Dengiz sathidan balandligi 900 metrgacha. Asosiy tuproq, tiplari och va tipik bo‘z tuproqlar. Tuproq tarkibidagi gumus (chirindi) miqdori yuqori emas va o‘rtacha 1-1.5% atrofida. Tuproq qatlami chuqurlashgan sari chirindi va boshqa asosiy ozuqaelementlari miqdori kamayib boradi. Adirlar uchun xos asosiy o‘simlik qoplami efemer va efemeroidlardir. Ularning ildiz tizimi asosan tuproqning yuza (0-50 sm) qismida tarqalgan bo‘lib, bir-biri bilan chambarchas to‘tashgan chim hosilqiladi. Efemer va efemeroidlarning botanik tarkibi turli- tuman va xilma-xil bo‘lsada, o‘simlik qoplamining asosini ozuqa zahiralari tuplash jihatidan asosan bir necha turlar tashkil qiladi. Ular jumlasiga birinchi navbatda, rang (Carex pachystylis Gay), qo‘ng‘irbosh (Roa bulbosa Litv)ni ko‘rsatish lozim.
Yuqori adir relefi ancha notekis, past-baland, katta-kichik tepalik maydonlaridan tashkil topgan, dengiz sathidan 900-1200 (1600) metr balandlikda joylashgan. Asosiy tuproq, tipi - to‘q bo‘z tuproq. O‘simlik qoplami efemer va efemeroidlardan tashkil topgan. Uzoq muddatli lalmi dehqonchilik qilish oqibatida mazkur maydonlarning talaygina qismida dastlabki tabiiy o‘simliklar qoplami o‘zgarib, ularning o‘rnini boshqa, ularga xos bo‘lmagan turlar, shu jumladan, talaygina kameyiluvchan, zararli (qiltiq, jinjaq, qasmaldoq) turlar bilan almashingan.
O‘simliklar qoplamining asosini past adirlardagidek rang,ko‘ng‘irbosh tashkil qiladi. Shuningdek, o‘simlik qoplamida karrak (Soisinia srr), qo‘ziquloq; (Rhlomis thapsoides Bunge), oq quray (Rsora1ea drupaceae V) kabi giyohlar ham mo‘l o‘sadi. Bularga qo‘shimcha baxor harorati qulay bo‘lib, yog‘ingarchilik serob kelgan yillari o‘simlik turlari ancha boy hisoblanadi.
Adirlarga xos turlar jumlasiga yaltirbosh (Anisantha tectorum), nuxatak (Astragalus filicalus, A samrularrlrynchus), chitirlar (Malsolmia grandiflora, M. turkestanica Litv, karamashoq, Leptaleum filifoleum D.S) va boshqalar kiradi.
Adir yaylovlarining pichan miqdori nisbatan serhosil, sifati esa to‘yimli hisoblanadi. Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Surxondaryo, Navoiy viloyatlarining adir hududlari qorako‘lchilikdan tashqari lalmi dehqonchilik, qisman shartli sug‘oriladigan mevachilik, uzumchilik ekin-zorlari sifatida ham foydalaniladi.
Dehqonchilikda foydalanish imkoniyati chegaralangan adir maydonlari asosan chorvachilik uchun yaylov maydonlari vazifasini o‘taydi.
Adir yaylovlarining qoraqo‘lchilikda muhim ahamiyati shu bilanardoqligi, ular yaylovdan ancha ozib chiqqan qo‘ylarni erta bahor, yozda sershira, vitaminlarga boy, yuqori to‘yimli, xush ko‘rib yeyiluvchan ko‘kat-yashil, maysa o‘tlar bilan ta’minlovchi zarur manba hisoblanadi.

Yüklə 32,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin