Ma’naviy barkamol inson aql bilan fazilat birligida amal qiladigan kishidir. Fazilat insonning qo’lga kiritgan sifatidir”.
O’rta asrlarda axloqiy tafakkur musulmon Sharqida yuksak taraqqiyot darajasiga ko’tarilgan. Agar G’arb-Ovro’pada bu davrda turg’unlik-sxolastika hukm surgan bo’lsa, bu mintaqada, xususan Markaziy Osiyoda Uyg’onish davri yuz beradi. Bu davrda axloqshunoslik mashshoiyyunlik (arastuchilik) va tasavvuf falsafiy-diniy ta’limotlari rivojlanadilar. Beruniy, Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushdlar Arastu ta’limotini rivojlantirgan va axloqshunoslik masalalarini ana shu yo’nalishda talqin qilgan mutafakkirlardir.
Abu Nasr Forobiy (873-950)ning axloqiy qarashlari uning “Fozil odamlar shahari”, “Shaharni idora etish kitobi”, “Baxt-saodatga erishuv haqida risola” kabi asarlarda bayon etilgan. Farobiyning qarashicha, axloqiy kamolotga erishishi insonning o’z qo’lidadir. Bunga esa tarbiya va o’z-o’zini tarbiyalashi orqali erishiladi. Barcha xalqlar baxtga erishish uchun bir-birlari bilan hamkorlik munosabatida bo’lishlari kerak deb ko’rsatadi faylasuf. Baxt, uning talqinicha, tabiat haqidagi bilimlarni o’zlashtirishdir. «Insonlik mohiyati, deb yozadi faylasuf, -baxt-saodatga erishuvdir. Inson bu maqsadni o’zining oliy g’oyasi va istagiga aylantirib faydalansa u baxt saodatga erishadi ».3
Forobiy o’zida o’n ikkita xisatni birlashtirgan kishigina axloqli bo’la oladi, deb ko’rsatadi. Ulardan ba’zi birlarini keltiramiz.
«-Haqiqatni va haqiqat tarafdorlarini savadigan bo’lsin, yolg’on va yolg’onchilarga nafrat bilan qaraydigan bo’lsin;
- O’z tabiati bilan adolatni sevadigan va adolat uchun kurashuvchilarga, adolatsizlikka nafrat bilan qaraydigan bo’lsin.»4
Abu Rayhon Beruniy (973-1048) har qanday bilimlar insonning axloqiy kamolotga xizmat qilish kerak deb biladi. U “burch” “nomus”, “yaxshilik va yomonlik”, “adolat”, “vijdon” mezonli tushunchalarni ana shu nuqtai nazardan turib talqin qiladi. Uning axloqiy qarashlari “Hindiston”, “Javohirot” asarlarida o’z aksini topgan.
Abu Ali ibn Sino (980-1037)ning axloqiy qarashlari “Salomon va Ibsol haqida qissa”, “Zafarnoma”, “Risolat at-Tayyor”, “Aksam al umum al aqlini” asarlarida bayon etilgan.
Ibn Sino axloqiy fazilatlarni tug’ma emas, balki tarbiya mahsuli deb hisoblaydi. Uningcha, kamolotga intilish yaxshilikdir. Savol javob tarzida yozilgan “Zafarnoma” nomli pandnomasida yaxshilik tushunchasi quyidagicha tavsiflanadi.
“Yaxshilarning yaxshiligi nimada? Dedi: - Xoksorlik, beminnat saxovat hamda mukofot ta’ma qilinmagan xizmatida”5
Forobiy, Ibn Sinoning falsafiy-axloqiy qarashlari arab faylasufi Ibn Rushd (1126-1198) tomonidan rivojlantiriladi. Uning axloqshunoslikka oid fikrlari “Tahofut ut-tahofut” asarida bayon etilgan bo’lib, bunda u ixtiyor erkinligi masalasi ustida fikr yuritadi. Uningcha, inson xulq-atvori bilan bog’liq xatti-harakatlar azaldan belgilab qo’yilmaydi, u ixtiyor erkinligiga egadir. Bunday erkinlikni inkor etish Yaratuvchining mohiyatiga ziddir, zotan insonning axloqqa zid xatti-harakatlarini taqdiri azal bitiklari deb bo’lmaydi. Illo o’z bandalariga yomonlik sog’inishi, ularni yovuzlikka boshlash yaratuvchining atributlariga kirmaydi.
O’rta asrlar musulmon Sharqida tasavvuf diniy-falsafiy ta’limoti VIII asr boshi va IX asr boshlarida Markaziy Osiyoga keng yoyila boshlaydi va u Abduxoliq G’ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro kabi bir qator mashhur mutasavvuflar tomonidan o’ziga xos ma’naviy-axloqiy ta’limot sifatida rivojlantiriladi.
Ahmad Yassaviy (taxm. 1103-1166) axloqiy qarashlarini teran falsafiylik bilan yo’g’rilgan “Devoni hikmat” nomli o’git-pandnomasida bayon etadi. Uningcha, Xudoga-Haqiqat, Ezgulik timsoliga erishish uchun nima xizmat qilsa, ularning barchasi axloqiy fazilatlardir.
Yassaviy Xudoga yaqinlashish, uning vasliga vosil bo’lish yo’liaxloqiy fazilatlarni o’zida mujassamlashtiruvchi faqrlikdir deb biladi. Ya’ni: «Faqr Haq taoloning bog’i vaslidin daraxte turur, ul daraxtning butog’i aql tutur, reshasi hidoyat turur…
Faqr martabasi yetti turur: javonmardlik turur, sipohiylik turur, xirqa turur, sabr turur, shukr turur, tavakkul turur.
Faqr maqomi sakkiz turur: tavba turur, ibodat turur. Muhabbat turur, sabr turur, shukr turur, rizo turur, zuhd turur, orifliq turur».6
Uning barcha hikmatlari ana shu faqr maqomi, martabasi tamoyillari bilan yo’g’rilgan pandnomalardir. Masalan:
Diydorini italab qilsang, ey zokirlar,
Jondin kechib xalqa ichra ko’ring diydor,
Shavqing bila Alloh aytib, rostga qaytib
Tun uyqusin harom aylab, bo’lgil bedor.
Nafsing seni, boqib tursang, nelar demas,
Zori qilsang, Alloh sari bo’yun sunmas.
Qo’lga olsang, yabon qushdek qo’lga qo’nmas,
Qo’lga olib, tun uyqusin ilgil bedor.
Sendin burun o’ronlaring qayon ketti,
Bu dunyog’a mayl qilmay, yig’lab o’tti,
Umring oxir bo’ldi, navbat senga yetti,
Gunohingga tavba qilg’il, ey badkirdor.7
Tasavvufning Yassaviya yo’nalishi uning nomi bilan atalib kelinadi.
Abduxoliq G’ijduvoniy (1103-1220) insonni ma’naviy-axloqiy komilikka olib boruvchi yo’llar (rashha)larni ishlab chiqadi va bular keyinchalik naqshbandiya tariqati uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Ushbu tamoyillar to’rtta bo’lib, ular: 1. Hush dar dam: zikr vaqtida har bir chiqayotgan nafas hushyorlik bilan chiqmog’i, g’aflatga tushmaslik lozim, har nafas olib chiqarish paytida Allohni zikr qilish darkor. 2. Nazar bar qadam: solik (tariqat a’zosi) qayerda bo’lmasin har bir qadamiga nazar solishi, ogoh bo’lib yurmog’i lozim. 3. Safar dar vatan: solikning yomon odatdan xushxulqlikka yo’nalishi. 4. Xilvat dar anjuman: zohiran xalq bilan, botinan Haq bilan bo’lish zarurligi.
Bahouddin Naqshband (1318-13890) tasavvufni ma’naviy-axloqiy ta’limot darajasiga ko’targan mutasavvufdir. U asos solgan naqshbandiya tariqati Markaziy Osiyo xalqlarining ma’naviy hayotidan chuqur o’rin egallaydiki, bugungi kunda ham u ma’naviyatimizni shakllantirishda, milliy mafkuramizni kishilar qalbiga singdirishda katta ahamiyatga egadir.
Naqshbandiya tariqati G’ijduvoniy ta’limotining takomili bo’lib, uning asosida “Dil ba yoru dast ba kor” (“Ko’ngil Xudoda, qul esa ishda bo’lsin”) degan diniy (ilohiylik)lik va dunyoviylikni o’zida mujassamlashtiruvchi shior yotadi. Mazkur shiorning mazmuni shundaki, axloqiylik insonning baxt-saodatiga yo’naltirilgan bunyodkorlik ishlarida namoyon bo’ladi va bunday axloqiylik esa ilohiylik bilan yo’g’rilgan bo’lishi lozim.
Naqshband G’ijduvoniyning insonni komillikka olib boruvchi yo’l (rashha)larni yanada to’ldirib, mukammallashtiradi. Uning bunday rashhalari quyidagilar:
- « Yodkard», bu zikri lisoniy (til zikri) yoki zikri qalbiy ( dil ziri) dir. Bunga ko’ra Solik zikrni faqat tili bilan emas, balki ko’ngli bilan atadi.
- «Bozgasht» zikr aytuvchi tili va dilida kalimai tayyiba (Lo iloha)ni aytganda bu kalima orqasidan «Xudovando, mening maqsudim» sensan» kalimasini aytadiki, bu bozgasht kalimasidir. Bu bilan u yomon fikrlarni o’zidan haydaydi.
- «Nigohdosht» - har xil keraksiz yomon fikrlardan xalos bo’lishi, fikrni jamlash. Aytishlaricha, Xoja ubaydullohAhror nigohdoshtda shunday malaka hosil qilgan ekanlarki, kun chiqishdan avval to choshgohgacha ko’nglini o’zga narsalarning fikridan saqlay olar ekanlar.
- « Yoddosht» - Allohni doimo zavqu shavq bilan yodda tutib, ogoh bo’lishdir.8
Naqshbandiya tariqatining barcha raxshalari insonni sevmasdan Allohni, Alohni sevmasdan esa insonni qadrlab, unga yaxshilik,ezgulik ko’rsatib bo’lmaydi degan g’oya bilan sug’orilgan. Bu o’rinda Naqshband hazratlarining holati haqidagi hikoyatni keltiramiz. Naql qilishlaricha, ul zot daladan o’tayotganlarida uni tanimagan bir dehqon polizdan bir sapchani unga peshkash qiladi. Bu ish ularga juda maqbul bo’ldi.
Bir necha vaqtdan so’ng Xazrati Xoja shunday deydilar: «Hali xalq bizni tanimagan paytda bir dehqon bizga nisbatan haqqini o’tkazdi. Yaxshilikkka yaxshilik qilish ulug’ ishlardan hisoblanadi. Ikki musulmon har vaqt bir-biri bilan uchrashib qolsa, birinchisi avval salom bersa, ikkinchisi to hayot ekan, uning salomi haqqini ado etaolmaydi».9
Najmiddin Kubro (1154-1226)ning axloqiy qarashlari “Sharxus-sunna val-misolihu”, “Usuli ashari”, “Favoinhul-jamol” nomli asarlarida bayon etilgan. Kubraviya tariqatining mohiyati quyidagi o’nta axloqiy qoidalarda mujassamlashgan:
Dostları ilə paylaş: |