10-Mavzu. Axloqshunoslik fanining tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari Reja



Yüklə 141,27 Kb.
səhifə7/7
tarix14.12.2023
ölçüsü141,27 Kb.
#179014
1   2   3   4   5   6   7
10-MAVZU

Amaliy yo’nalishdagi vazifalari;
1) Axloqiy bilimlarni inson shaxsi dunyoqarashi, e’tiqodiga aylantirish;
2)Har bir shaxs axloqiy ongi va faoliyatini uyg’unlashtirish orqali uning axloqiy madaniyatini shakllantirish;
3) Axloqiy tarbiyani boshqa tarbiya yo’nalishlari bilan uzviy aloqadorlikda olib borishni amalga oshirish.
Axloqshunoslik fani hozirgi paytda mamlakatimizda o’ziga xos modeldagi fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etish borasidagi vazifalarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki bunday jamiyat ijtimoiy munosabatlarning mukammal uyg’unligini taqozo etadiki, bunga milliy istiqlol g’oyasini o’zida mujassamlashtirgan ma’naviy-axloqiy me’yorlar, tamoyillarning hayotga tadbiq etilishi orqali erishiladi.
Jamiyatimizdagi hozirgi yangilanish jarayonida axloqshunoslikning o’z o’rni bor. Uning oldida yangi demokratik va huquqiy davlat barpo etishga kirishgan mamlakatimiz fuqarolarining, ayniqsa, yoshlarning axloqiy darajasiga mas’ullik va har tomonlama kamol topgan zamon kishisi tarbiyasini nazariy asoslashdek ulkan vazifalar turibdi. Ularning faqat qadimiy va har doim zamonaviy bo’lib kelgan axloqqa yangicha yondashuvlar asosidagina amalga oshirsa bo’ladi.
Yangicha yondashuvlardan biri – axloqshunoslikda milliy g’oya va mustaqillik mafkurasiga e’tiborni kuchaytirish bilan bog’liq. Chunki zamonaviy komil inson an’anaviy axloqiy qadriyatlar bilan yo’g’rilgan yangicha mafkuramizni o’zida mujassam etgan, milliy g’oyani o’z ruhiy olamiga singdirgan yetuk shaxs bo’lmog’i lozim.
Uning qalbida axloq mafkuraviylikni va mafkura axloqiylikni uyg’unlashtirgan ma’naviy hodisalarga aylanmog’i kerak. Chunki, mafkura bir yoqlama, mahdud, o’ta siyosiylashtirilgan g’oyalar tizimi emas, u ham xuddi axloq kabi axloq bilan yonma-yon turib insonni yuksak ma’naviy parvozlarga da’vat etuvchi botiniy kuchdir. Prezident I.A.Karimov buni teran mantiqiylik bilan shunday ifodalaydi: «U (milliy mafkura – A.M.) insonga faqat moddiy boyliklar va moddiy ne’matlar uchun emas, avvalo, Olloh taolo ato etgan aql-zakovat, iymon-e’tiqod tufayli yuksak ma’naviyatga erishish uchun intilib yashash lozimgini anglatadigan, bu murakkab va tahlikali dunyoda uning taraqqiyot yo’lini yoritadigan mayoqdir».
Zero, milliy g’oya bilan umumbashariy qadriyatlar muvozanatini baraqaror saqlashni yashash sharti bilan deb bilgan mustaqillik mafkurasi axloqni to’ldiruvchi va boyituvchi hodisa sifatida o’zining bosh maqsadini axloqiy vazifalarga hamohang tarzda amalga oshiradi.

«Xalqni buyuk kelajak va ulug’vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan millati, tili va dinidan qat’iy nazar har bir fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati uchun doimo ma’suliyat sezib yashashga chorlash ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an’analarimizga munosib bo’lishga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da’vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoyilikni hayot mezoniga aylantirish – milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir» I.A.Karimov



Bundan tashqari, axloqshunoslikning hozirgi kunda umumjahoniy global muammolarni hal qilishdek muhim vazifasi ham borki, u haqida alohida to’xtalmaslikning iloji yo’q. Bu muammolardan biri, eng muhimi, Ma’lumki, yuzlab asrlar mobaynida inson kichik biologik olam sifatida katta biologik olam ichida, uning bir parchasi, jonli organizmlar podshosi, oqil va hukmron qismi sifatida yashab kelmoqda.
Istiqlol mafkurasining g’oya, mazmuniga axloqiy me’yor, tamoyillar ruhi singdirilgandagina ular kishilar tomonidan botiniy e’tiqod, dunyoqarash darajasida o’zlashtiriladi. Boshqacha qilib aytganda, milliy istiqlol g’oyasi ixtiyor erkinligi, axloqiy tanlov orqali o’zlashtirilgandagina o’zgartiruvchi intellektual-axloqiy kuchga aylanadi.
Mavzuni takrorlash, mustahkamlash va uni mustaqil o’rganish uchun interaktiv rejimidagi savol va topshiriqlar.
1. Axloqning kelib chiqishi haqida qanday qarashlar mavjud? Siz ularning qaysi biriga qo’shilasiz va buning sababini izohlab bering.
2. “Axloq”, “odob”, “xulq” tushunchalari mazmunini ochib bering (muhim belgilarini ajratib ko’rsating) va ularni konkret misollar bo’yicha izohlab berishga harakat qiling.
3. Axloqshunoslikning falsafiy fan ekanligi nima bilan belgilanadi?
4. Axloqni obyektiv xarakterga ega deyish mumkinmi?
5. Axloqdagi umuminsoniy va milliylik jihatlarini qanday tushunasiz?
6. Milliy istiqlol g’oyasining tamoyillari bilan axloqiy me’yor, tamoyillarning umumiyligini va farqini izohlab berishga harakat qiling.


1Қаранг: П. А. Кропаткин. Справедливость и нраветвенность. // Этика М., Политиздат, 1991. С.270-271.

2 Ўша жойда.

3 Абу наср Форобий. Фозил одамлар шаќри. Т.,Абдулла Љодирий номидаги нашриёт, 1993, 188- бет.

4 Ўша китоб. 87- бет

5Абу Али ибн Сино. Зафарнома. Самарљанд, “Сўgдиёна”, 1993, 10-бет.

6 Аxмад Яссавий. Девони ќикмат. Т., Ғафур Ғулом номидаги нашриёт., 1992, 17- бет

7 Ўша китоб, 57- бет

8Kаранг: Абул Муќсин Муќаммад Боkир ибн Муќаммад Али. Баќоуддин Балогардан.Т., «Ёзувчи», 1993, 13-14 бетлар.

9 Ўша китоб. 58-59-бетлар.

10 Абдурахмон Жомий. Т., g’афур Gулом номидаги нашриёт. 1971, 323-бет.

11 Ўша китоб, 149-бет.

12 Алишер Навоий. Маќбуб ул-љулуб. Т.Gафур Gулом номидаги нашриёт, 183, 23-24- бетлар.

13 Ўша китоб.44-бет

14 Ўша китоб.48- бет

15 Ўша китоб. 57- бет

16 Ўша китоб. 61- бет

17 Ўша китоб. 69- бет

18Кант И. Соч. В. 6 Т. – М., 1965, Т. 4, с. 260.

Yüklə 141,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin