zukko, hazin, qizg‘in, azim, badiiy-kitobiy so‘zlarda mavjud.
Xullas, badiiy-kitobiy so‘zlar badiiy nutq uchun tabaqalangan, badiiy nutq mohiyatini ochib beruvchi asosiy lug‘aviy vositalardan bo‘lib, ularning xususiyatlari badiiy matn jarayonlarida ochiladi.
on, lahza, mag‘rur, burkanmoq, ulug‘vor, mash’um, ohista, toabad, muntazir, vazmin, beixtiyor, teran, boqmoq, kezmoq, unsin, so‘nik, ma’sum, xayolan, baralla, uzra, sukunat, durkun, otash, shuur, beadad, mungli, shafaq kabi ko‘pgina
So‘zning leksik-semantik va stilistik birlik sifatidagi imkoniyatlari o‘zbek tilini tadqiq etish va o‘qitishga bag‘ishlangan qator darsliklarda, monografik va ilmiy-ommabop broshyuralarda, dissertatsion ishlarda va ko‘plab maqolalarda o‘rganilgan.
Ma’lumki, so‘z tilning eng muhim belgisi sanalib, uning vazifasi voqelikdagi tushunchalarni, narsa va hodisalarni, ijtimoiy hayotda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni ifodalash ekan, ularning barchasi, birinchi navbatda leksikada, tilning lug‘at boyligida o‘z ifodasini topadi.
So‘zlarning asosiy — denotativ ma’nosi bilan bir qatorda konnotati ma’nolarga egaligi ularning funksional va ekspressiv-emotsional chegaralanishlarni ham keltirib chiqaradi. «Tilning asosiy funksiyasi kommunikativ funksiya bo‘lsa-da, biroq kishilar aloqa aralashuv protsessida ifodalanayotgan fikrga o‘zlarining turli tipdagi emotsional munosabatlarini ham ifoda etadilar, — deb yozishadi X.Doniyorov va A.Hojiyevlar. — Tilda bularni ro‘yobga chiqarish imkoniyatlari ham mavjud.
Buni leksikada ham ko‘rish mumkin: lug‘at sostavida ifodalangan fikrga so‘zlovchining turlicha munosabatini anglatishga xizmat qiladigan, shunga xoslangan so‘zlar bor. Ana shu xoslanganlik nuqtai nazaridan o‘zbek tili leksikasini ikki asosiy gruppaga ajratish mumkin: 1) emotsional- ekspressiv buyoq nuqtai nazaridan o‘zbek tili leksikasi; 2) stil (uslub) nuqtai nazaridan o‘zbek tili leksikasi.»
Umumiste’moldagi so‘zlar ijtimoiy hayotning turli jabhalarida faol ishlatiladigan ota, ona, aka, uka, ona, singil, bola, er, xotin, yor, dust, osh, non, tuz, suv, guruch, yog‘, sabzi, piyoz, bug‘doy, arpa, don, satits, sut, oy, yulduz, quyosh, tog‘, qor,yomzir, bulut, tuman, daryo, ko‘klam, kuz, yoz, qish kabi kishilar va jonivorlarni, predmetlar va hodisalarni anglatadigan, chiroyli, xunuk, baland, past, uzoq, yaqin, qattiq, yumshoq, keng, tor, katta, kichik, oq, qora, ko‘k, sariq, yashil, qizil, shirin, achchiq kabi ularning belgilarini ko‘rsatuvchi, yurmoq, turmoq, o‘tirmoq, yotmoq, bormoq, kelmok, yemoq, ichmoq, olmoq, bermoq, sotmoq singari harakatlarni ifodalaydigan elementlardir.
Qadimdan tilimizda yashab kelayotgan bunday birliklarni barcha so‘z turkumlarida ko‘plab uchratish mumknn. E. Begmatov bu kabi so‘zlarni «funksional normativ so‘zlar» deb qaragan bo‘lsa, G. Muhammadjonova «qo‘llanish doirasiga ko‘ra chegaralanmagan leksika» deb ataydi. Ularni funksionallik nuqtai nazaridan «neytral so‘zlar» deb ham nomlaydilar.
Bu tipdagi birliklar, qanday nomlanishidan qat’iy nazar, bir butunimohiyati bilan — qo‘llanish chastotasining faolligi, keng ko‘lamda iste’molda bo‘lishi, barcha funksional uslublar uchun bab-baravar xizmat qilishi bilan tilimizdagi barcha leksik guruhlardan keskin ajralib turadi.
Shu bilan birga, har qanday sharoitda, har qanday matnda ham o‘zining asosiy — kommunikativ hamda leksik-grammatik ma’nolarini saqlab qoladi. Buning ustiga kontekstual qurshovda ma’lum funksional uslub, faraz qilaylik, badiiy nutqning uzviy a’zosiga aylanar ekan, u endi shu paytgacha ega bo‘lmagan xususiyatga — bir emas, bir necha ma’nolarni anglatish xususiyatiga, turlicha sintaktik konstruksiyalarda turlicha emotsional-ekspressiv ma’no anglatish imkoniyatlariga ega bo‘lishi mumkin, bu narsa so‘zga yangicha salobat va qudrat bag‘ishlaydi.
Quyidagi parchalarga e’tibor beraylik: - Sizlarniki qiziq-ku, juda? Muttahamgarchilikning bari sizlardami, deb qo‘ydim! Uyat emasmi?! Men sizni o‘n yildan beri bilaman axir! Sizga achinaman! Nega lallayasiz ammamning buzog‘idek?! Yoki qo‘rqadigan joyingiz bormi? Yoki sizlarning ilmingizda birovnikini birov qo‘rqmay yeb ketaveradimi?! Y, astag‘furullo, umrimda ko‘rmagan odamlarim nega sizga sherik chiqishyapti, nega sizni talashadi?! Nima degan gap bu axir? Uyat, insofbormi o‘zi? Kasalman, noiloj tusholmadim. Bo‘lmasa!.. (O‘.Usmonov.Girdob).
Matnda kitobxonga tanish bo‘lmagan bironta ham so‘z yoki ibora yo‘k, hammasi oddiy o‘zbek kishisining tilida faol qo‘llaniladigan birliklar.
Parchadagi olimlar dunyosini ifodalovchi - sizlar, umumlashtiruvchi- dialektal — bari, suhbatdoshning sustkashligiga ishora qilgan-lalaymoq, ammamning buzog‘i, nom ko‘chish natijasida borolmaslik ma’nosini berayotgan— tusholmadim, hayratlanishni ko‘rsatayotgan — yo, astag‘furullo kabi so‘z va iboralar, birining ketidan ikkinchisi hayajon bilan aytilayotgan gaplar — bularning hammasi so‘zlovchining ijtimoiy ahvolidan, hatto kichik matni asarning katta matnidan ajratib olganimizda ham, dalolat beradi. Oddiy so‘z va jumlalar, sodda tuzilgan gaplar, ammo ulardagi chuqur bir samimiyat va rostgo‘ylik, qolaversa uyat va insofni o‘rtaga qo‘yish gap muallifining haqiqattalab, jo‘shqin kishi ekanligini sezdirib turadi. Darhaqiqat, tasvirlanishicha, bu gaplarni aytgan kishi Muhammad chatoq ham hayotda aslida shunday odam. Ko‘rinadiki, badiiylikka xizmat qilish faqatgina emotsional-ekspressiv bo‘yog‘i yaqqol sezilib turadigan birliklarninggina vazifasi emas. Badiiy asardagi ifodaning umumiy ruhi, tafsilotlar oqimi undagi har bir birlikni badiiy-estetik manzarani yaratishga xizmat qiluvchi uzviy a’zoga aylantira oladi.
Undan tashqari, leksik birliklar orasida shunday elementlar mavjudki, ular ana shu muhim vazifani bajarishga boshqa birliklarga qaraganda ko‘proq xizmat qiladi. Chunki ularning ma’no ottenkasi tabiati shuni taqozo etadi. Bu holatni E. Begmatov birmuncha kengroq tarzda izohlab beradi: «...boshqa funksional stillar uchun xos bo‘lgan leksika (masalan, ilmiy va rasmiy ish uslubiga xos bo‘lgan terminlar) ning badiiy stilda keng qo‘llanilmasligi va faqat badiiy stilda qo‘llanuvchi maxsus vositalarning mavjudligi badiiy stilga xoslangan leksikani alohida ajratishga asos bo‘ladi.» Darhaqiqat, «O‘zbek tiliningizohli lug‘ati» (M., 1981) 1 tomiga ko‘z yugurtnrishniig o‘ziyoq bu fikrni to‘la tasdiqlaydi. Masalan, unda «poetizmlar» belgisi bilan quyidagi so‘zlar berilgan: abru, albat, armugon, bazmaro, balsimots, bahoriston, boda, bo‘ston, gavharafshon, giryon, gulbahor, guliston, gulro‘, gulshan, deboch, dilafro‘z, dilxona, dolg‘a, durafshon, duto, jahonbaxsh, jondosh, jo‘shmoq, jo‘shqin, kabk, kuylamoq, -la, libos, lolagun, lo‘livash, maygun, mardonavor, mastona, mahvash, mahpora, moviy, moh, mujda, mug, mayfurush, naylayin, nash’a, nash’ali, netay, nuqra, otashlanmoq, otashqalb, paymona va boshqalar.
Agar bu qatorga «kitobiy» va «eskirgan kitobiy» belgilari bilan
ajratilgan so‘zlarni ham kiritsak (kiritishimiz kerak, albatta), ular tilimizda salmoqli o‘rinni tashkil qiladi. Emotsional-ekspressiv ma’no ottenkasini ifoda etish asosiy o‘lchov sanaladigan badiiy uslubga xos chegaralanganlik ana shu tarzda namoyon bo‘ladi. Bir narsa yoki voqea-hodisani anglatuvchi tushunchaning tilda bir necha xil ifodasi mavjud bo‘lishi bunday chegaralanish, boshqacha aytganda, qamrov va tanlash doirasini yana ham kengaytiradi. Shuning natijasi o‘laroq, tilimizda yuzaga kelgan poetik leksika hamda kitobiy leksika deb ataluvchi guruhdagi so‘zlarning aksariyat qismi badiiy uslubniig funksional uslublar orasida o‘z qiyofasiga ega bo‘lishida asosiy poydevor sifatida qaraladi.
11 Ҳожиев А. Ўзбек тили синонимларининг изоҳли луғати. –Т.: 1974. 195- бет.