MYTEST DASTURIDA TEST YARATISH USLUBIYOTI
Ta’lim jarayonida talabalar bilimini nazorat qilishda, oraliq va yakuniy nazoratlarni o’tkazishda, tashkil qilishda vaqtni tejovchi, adolatli va haqqoniy testni o’tkazish vositasi-test olish hisoblanadi. Testlarni electron tarzda olish, kompyuter vositasida test dasturlari yordamida o’tkazish esa maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi kunda juda ko’p test dasturlari yaratilgan.Bu sohada horijiy ishlanmalar EuasyQuizy dasturi, Amerika dasturchilari orqali yaratilgan MyTest, Rossiya ham MyTest dasturi yaratilgan. iSpring Sute paketidagi iSpring QuizMaker dasturlari hammaga ma’lum.
Biz sizga Rossiya dasturchilari tomonidan yaratilgan MyTest dasturi haqida bayon etamiz. Bu test dasturi dasturlar paketidan iborat. MyTest dasturlar paketida dastur tuzish, uni ishlatish va on-line yoki internet tizimida ishlatish uchun uchta alohida dasturlar mavjud.
Bularga: MyTestEditor.exe, MyTestStudent.exe, MyTestServer.exe dasturlari kiradi. MyTest dasturi ushbu uchta dasturlardan tashkil topgan. MyTestEditor.exe dasturi orqali testni kiritish va tahrir etish,savol va javoblarni kiritish, to‘g’ri javobni belgilash va testni saqlash mumkin.
Bu dasturga kirib Bosh menyudan keying paneldan turtinchi piktogrammani bossak, test yozish uchun oyna faollashadi va testni kitishimiz mumkin.
Topshiriq turini tanlanadi, Bir javobli testmi, ko’p javob variantli testmi va h.z. shuni belgilab, OK tugmasi bosiladi.
Undan keyin ekranda test yaratish uchun yani uni kiritish uchun oyna hosil bo’ladi, savol va unga javoblar kiritish uchun alohida sohalar ajratilgan bo’ladi.
Yuqoridagi katta oynaga savol matni kiritiladi. Pastga raqamlar berilgan sohalarga test savolining javobi beriladi. Undan keyin esa pastda “Dobavit variant otveta” orqali savolga javob variantini ko’paytirish mumkin.Testni kiritamiz.
To‘g’ri javobni belgilaymiz, pastda”Soxranit zadanie” bo’limini bosamiz yoki bosh menyudan keying menyu satrdan 6-chi piktogrammani yani topshiriqni saqlash piktogrammasini bosamiz. Ekranning chap panelida birinchi savol belgisi paydo bo’ladi. Uni yana saqlab nushasiga ikkinchi savolni kiritish mumkin, uni ham saqlashga mos piktogramani bosib, ikkinchi savolni ham saqlaymiz. Shu tariqa 10ta, 20ta 100ta, 200ta test yaratib, dasturni ishlatamiz.
MyTestEdit dasturi MyTest paketining-matn redaktori hisoblanib, unda testni kiritib, tahrirlar ekanmiz.Testni saqlaymiz, yahshi o’rganish uchun avval uni Ishchi stolga saqlash mumkin. Yaratilgan testni ishlatish uchun MyTestStudent.exe dasturini ishlatib, uni Ishchi stoldan Open bulimi orqali ochib olamiz, Ishchi stoldan nomini topib, uni ochamiz. Test MyTestStudent.exe dasturida ochiladi. Bu dastur ochilgan so’ng savol javoblari bilan tepada chiqadi. Uni joylash uchun menyudan zangor rangli tugmani bosamiz va savol hamda javoblar to‘g’ri joylashadi. Rasmda kurinib turibdiki, savol va javoblari tepa qismida hammasi joylashib qolgan, menyudan zangor tugma bosilib, savol va javob variantlarini o’rniga quyiladi.
Dostları ilə paylaş: |