2-tajriba ishi. Matlab dasturiy paketidagi ishchi oynada amallar bajarish. Matlab dasturiy paketida massivlar bilan ishlash. Matlab dasturiy paketida grafiklar qurishni о‘rganish
2-TAJRIBA ISHI. MATLAB DASTURIY PAKETIDAGI ISHCHI OYNADA AMALLAR BAJARISH. MATLAB DASTURIY PAKETIDA MASSIVLAR BILAN ISHLASH. MATLAB DASTURIY PAKETIDA GRAFIKLAR QURISHNI О‘RGANISH. SIMULINK QISM DASTRURIDA ODDIY MODELLAR QURISH, STRUKTUR SXEMALAR TUZISH, SISTEMALARNING VAQT XARAKTERISTIKALARINI TADQIQ QILISHNI О‘RGANISH, MAXSUS BLOKLARDAN FOYDALANGAN HOLDA AMALLAR BAJARISH. MATLAB DASTURIY PAKETIDA ANIMATSION ROSTLASH KONTURLARINI QURISH (4 soat)
Ishdаn mаqsаd. matlab dasturiy paketidagi ishchi oynada amallar bajarish. matlab dasturiy paketida massivlar bilan ishlash. matlab dasturiy paketida grafiklar qurishni о‘rganish. simulink qism dastrurida oddiy modellar qurish, struktur sxemalar tuzish, sistemalarning vaqt xarakteristikalarini tadqiq qilishni о‘rganish, maxsus bloklardan foydalangan holda amallar bajarish. matlab dasturiy paketida animatsion rostlash konturlarini qurish
O'tkinchi jаrаyonni qurish bilаn tаnishish. Tipik dinаmik zvеnоlаr vа ulаrning o'tkinchi hаmdа impulsli o'tkinchi
jаrаyon хаrаktеristikаlаrini qurish.
Jihоzlаnish Pentium tipidаgi shахsiy EHM vа MATLAB dаsturi.
1. MathCAD va Maple tizimi imkoniyatlari va uning interfeysi MathCAD
Zamonaviy kompyuter matematikasi matematik hisoblarni avtomatlashtirish uchun butun bir birlashtirilgan dasturiy tizimlar va paketlarni taqdim etadi. Bu tizimlar ichida Mathcad oddiy, yetarlicha qayta ishlangan va tekshirilgan matematik hisoblashlar tizimidir.
Umuman olganda Mathcad – bu kompyuter matematikasining zamonaviy sonli usullarini qo`llashning unikal kollektsiyasidir. U o`z ichiga yillar ichidagi matematikaning rivojlanishi natijasida yig`ilgan tajribalar, qoidalar va matematik hisoblash usullarini olgan.
Mathcad paketi muxandislik hisob ishlarini bajarish uchun dasturiy vosita bo`lib, u professional matematiklar uchun mo`ljallangan. Uning yordamida o`zgaruvchi va o`zgarmas parametrli algebraik va differentsial tenglamalarni yechish, funksiyalarni tahlil qilish va ularning ekstremumini izlash, topilgan yechimlarni tahlil qilish uchun jadvallar va grafiklar qurish mumkin. Mathcad murakkab masalalarni yechish uchun o`z dasturlash tiliga ham ega.
Mathcad interfeysi Windowsning barcha dasturlari intefeysiga o`xshash. Mathcad ishga tushurilgandan so`ng uning oynasida bosh menyu va uchta panel vositasi chiqadi: Standart (Standart), Formatting (Formatlash) va Math (Matematika). Mathcad ishga tushganda avtomatik ravishda uning ishchi hujjat fayli Untitled 1 nom bilan ochiladi va unga Workshet (Ish varag`i) deyiladi. Standart (Standart) vositalar paneli bir necha fayllar bilan ishlash uchun buyruqlar to`plamini o`z ichiga oladi. Formatting (Formatlash) formula va matnlarni formatlash bo`yicha bir necha buyruqlarni o`z ichiga oladi. Math (Matematika) matematik vositalarini o`z ichiga olgan bo`lib, ular yordamida simvollar va operatorlarni hujjat fayli oynasiga joylashtirish uchun qo`llaniladi. Quyidagi rasmda Mathcadning oynasi va uning matematik panel vositalari ko`rsatilgan (1- rasm):
1-rasm. Mathcad paketi oynasi va uning matematik panel vositalari.
Calculator (Kalkulyator) – asosiy matematik operatsiyalar shabloni; Graph (Grafik) – grafiklar shabloni; Matrix (Matritsa) – matritsa va matritsa operatsiyalarini bajarish shabloni; Evluation (Baholash) – qiymatlarni yuborish operatori va natijalarni chiqarish operatori; Colculus (Hisoblash) – differentsiallash, integrallash, summani hisoblash shabloni; Boolean (Mantiqiy operatorlar) – mantiqiy operatorlar; Programming (Dasturlashtirish) – dastur tuzish uchun kerakli modullar yaratish operatorlari; Greek (Grek harflari) -symbolik belgililar ustida ishlash uchun operatorlar.
Matematik ifodalarni qurish va hisoblash
Boshlang`ich holatda ekranda kursor krestik ko`rinishda bo`ladi. Ifodani kiritishda u kiritilayotgan ifodani egallab olgan ko`k burchakli holatga o`tadi. Mathcadning har qanday operatorini kiritishni uchta usulda bajarish mumkin:
menyu buyrug`idan foydalanib; klaviatura tugmalaridan foydalanib; matematik paneldan foydalanib.
O`zgauvchilarga qiymat berish uchun yuborish operatori “:=” ishlatiladi. Hisoblashlarni amalga oshirish uchun oldin formuladagi o`zgaruvchi qiymatlari kiritiladi, keyin matematik ifoda yozilib tenglik “=” belgisi kiritiladi, natijada ifoda qiymati hosil bo`ladi (2-rasm).
2-rasm. Oddiy matematik ifodalarni hisoblash.
Mathcad 200 dan ortiq o`zida qurilgan funksiyalariga ega bo`lib, ularni matematik ifodalarda ishlatish uchun standart panel vositasidagi Insert Function (Funksiyani qo`yish) tugmasiga bog`langan muloqot oynasidan foydalaniladi. Mathcad hujjatiga matn kiritish uchun bosh menyudan Insert →Text Region (Qo`yish→Matn maydoni) buyrug`ini berish yoki yaxshisi klaviaturadan ikkitali kavichka (“) belgisini kiritish kerak. Bunda matn ma'lumotini kiritish uchun ekranda matn kiritish maydoni paydo bo`ladi. Matn kiritish maydoniga matematik ifodani yozish uchun matematik maydonni ham qo`yish mumkin. Buning uchun shu matn maydonida turib Insert→Math Region (Qo`yish→Matematik maydoni) buyrug`ini berish kifoY. Bu maydondagi kiritilgan matematik ifodalar ham oddiy kiritilgan matematik maydon kabi hisoblashni bajaradi.
Mathcadda foydalanuvchi funksiyasini tuzish hisoblashlarda qulaylikni va uning effektivligini oshiradi. Funksiya chap tomonda ko`rsatilib, undan keyin yuborish operatori (:=) va hisoblanadigan ifoda yoziladi. Ifodada ishlatiladigan o`zgaruvchi kattaliklari funksiya parametri qilib funksiya nomidan keyin qavs ichida yoziladi (3-rasm).
3-rasm. Hsoblashlarda foydalanuvchi funksiyasini tuzish.
Maple
Maple sistemasi - kompyuterda turli yo’nalishdagi: iqtisodiyot, mexanika, matematika, fizika, muhandislik
masalalarining analitik va sonli yechimlarini aniq, tez, samarali hal etish uchun mo’ljallangan sistemadir. Unda 4000 dan ortiq buyruqlar mavjud bo’lib, bu buyruqlar matematika fanining Algebra, Geometriya, Matematik tahlil, Matematik statistika kabi turli sohalari masalalarini hal etishga mo’ljallangan. Quyidagi rasmda Maple tizimining asosiy oynasi ko’rsatilgan:
Maplening ishchi maydoni uch qismga bo’linadi:
Kiritish maydoni - buyruqlar satridan tashkil topgan. Har bir buyruq satri > simvoli bilan boshlanadi;
Chiqarish maydoni–kiritilgan buyruqlarni qayta ishlangandan so’ng hosil bo’lgan ma'lumotlar (analitik ifodalar, grafikrlar va xabarlar)ni o’z ichiga oladi;
Matnli izohlar maydoni - roy bergan xatoliklar yoki bajarilgan buyruqlarga izohlar, turli xarakterdagi xabarlar.
Buyruqlar satrini matnl rejimiga o’tkazish uchun uskunalar panelidan sichqoncha yordamida ni tanlaymiz.
Buyruqlar satriga o’tish uchun esa uskunalar panelidan tanlaymiz.
Maple-bu komp`yuterdа аnаlitik vа sonli hisoblаshlаrni bаjаruvchi, 2000 dаn ko'proq komаndаlаrni o'z ichigа olgаn vа аlgebrа, geometriya, mаtemаtik аnаliz, differensiаl tenglаmаlаr, diskret mаtemаtikа, fizikа, stаtistikа, mаtemаtik fizikа mаsаlаlаrini dаstur tuzmаsdаn yechish imkoniyatini beruvchi mаtemаtik tizim (sistemа)-pаketdir. Аytish mumkinki, Maple bu yuqoridа sаnаb o'tilgаn sohаlаrdigi mаtemаtik mаsаlаlаrni yechib beruvchi kаttа kаl`kulyatordir. Maple tаkomillаshib bormoqdа, hozir uning Maple 9.5, Maple 11-versiyalаri keng tаrqаlgаn.
Maple-simvolli vа sonli hisoblаshlаrni tez vа effektiv bаjаrish uchun mo'ljаllаngаn hаmdа elektron xujjаtlаrni tаyyorlаsh vа grаfik vizuаllаshtirish, interаktiv vositаlаrigа egа bo'lgаn komp`yuter mаtemаtikаsining yetаkchi tizimlаridаn biridir. Maple tizimidаn jаxondаgi 300dаn ortiq eng kаttа universitetlаrdа o'quv jаrаyonidа foydаlаnilmoqdа vа murаkkаb fizik jаrаyonlаrni, tizimlаrni vа qurilmаlаrni modellаshdа keng qo'llаnilmoqdа. Hozirgi kundа fаqаt hisobgа olingаn, ushbu tizimdаn foydаlаnuvchilаrning soni 1mln dаn ortiq.
Maple yadrosidаn Mathematika, MATLAB, Mathcad vа boshqа tizimlаr simvolli hisoblаrni аmаlgа oshirishdа foydаlаnmoqdаlаr. Marle tizimini Kаnаdаning Waterloo Marle Inc firmаsi yarаtgаn vа u uzoq dаvom etgаn rivojlаnish vа sinovdаn o'tish dаvrini bosib o'tgаn. Аlbаttа, Maple tizimi hаli judа qudrаtli emаs, u аyrim sohаlаrdа boshqаlаr kаbi oqsаmoqdа.
O'zining jiddiy mаtemаtik hisoblаrgа yo'nаltirilgаnligigа qаrаmаsdаn Maple tizimi studentlаr, o'qituvchiаr, аspirаntlаr, ilmiy xodimlаr vа shuningdek mаktаb o'quvchilаri uchun hаm zаrurdir. Maple tizimi mаtemаtikаni o'rgаnishdа interаktiv vositа bo'lib xizmаt qilishi mumkin. Maple tizimining interаktiv imkoniyatlаri Tools>Assistants, Tools>Tutors menyusidа joylаshgаn. Uning Calculus>Single-Variable, Calculus>Multi-Variable, Calculus>Linear Algebra bo'limlаri borki, ulаr yordаmidа bir o'zgаruvchili, ko'p o'zgаruvchili funksiyalаr, differensiаl tenglаmа, chiziqli аlgebrаgа oid ko'pginа mаsаlаlаrni interаktiv usuldа tаlаbаlаrgа o'rgаtish mumkin. Jumlаdаn, hosilаni geometrik mа`nosi yordаmidа tushuntirish mumkin: funksiya, nuqtа berilаdi, komp`yuter kesuvchi o'tkаzаdi, uning limit holаti urinmа bo'lаdi. Yoki, аniq integrаlni integrаl yig'indining limiti sifаtidа аniqlаshdа funksiyani tаnlаsh, nuqtаlаr soni vа ulаrni turli xil usullаrini tаnlаsh, ommаbop tаqribiy usullаrdаn foydаlаnish imkoniyatlаri mаvjud. Komаndа berilgаch integrаl yig'indining qiymаti vа integrаlning аniq qаymаti kelib chiqаdi. Komp`yutersiz bu ishni fаqаt chiziqli funksiyalаr uchun bаjаrish mumkin xolos. Qаnchаlik foydаli vа qulаy imkoniyat. Shuning uchun, Maple-studentpаrvаr dаsturiy tizim.
2. MATLAB tizimi imkoniyatlari va uning interfeysi
MATLAB sistemasi - kompyuterda turli yo’nalishdagi: mexanika, matematika, fizika, muxandislik va boshqaruv masalalarini yechish, turli xil mexanik, energetik va dinamik sistemalarni modellashtirish, loyihalash, tavsiflash va tahlil qilish masalalarining aniq, tez, samarali hal etish uchun mo’ljallangan sistema va turli xil sohali foydalanuvchilarga muljallangan dasturiy paketi.
MATLAB tizimining yaratilishi professor Kliv B.Mouler (Clive B.Mouler) va MathWorks firmasi prezidenti Djek Litl
(Jack Little) lar faoliyati bilan bog’liq. Bir necha yillar Nyu-Mexiko, Michigan va Stenford universitetlarining matematika kafedrasi va kompyuter markazlarida ishlagan Kliv Mouler, keyinchalik faoliyatini MathWorks firmasida davom ettirgan. 1984-yilda u, Fortran tizimida matrisali hisoblashlar va chiziqli algabra masalalarini yechish paketlarini yaratish ishlarida qatnashgan va birinchi marta "MATLAB" atamasini kiritgan. “MATLAB” so’zi inglizcha “Matrix Laboratory” so’zlarining qisqartirilgan ifodasidir.
Dastlab, MATLAB paketi matrisali hisoblashlar, dasturlar kutubxonasi uchun qulay qobiq sifatida qo’llanilgan bo’lsa, keyinchalik yuzlab yuqori malakali matematiklar va injener-texnik dasturchilar tajribasida, o’ziga xos laboratoriya sharoitida uning imkoniyatlari ancha kengaydi va hozirga kelib, ilmiy-texnikaviy dasturlash tili sifatida kompyuter algebrasi tizimlarining ilg’or vakillaridan biriga aylandi.
MATLAB tizimining integrallashgan muhiti(interfeysi) universal-interfaol rejimda ishlaydi. Bir tomondan, MATLAB tizimidan dasturlash tili sifatida foydalanib, hisoblash jarayonlarini o’ta tez va yuqori aniqlikda olish mumkin bo’lsa, ikkinchi tomondan, virtual laboratoriya sifatida yuqoridagi tizimlarni modellashtirish, loyihalash, tavsiflash va tahlil qilish mumkin. Bundan tashqari, MATLAB dasturiy tizimi bilan Microsoft Office, Maple sistemasi va boshqa bir qancha dasturlarga bevosita bog’lash orqali shu dasturlarda ishchi varag’ida MATLABda mavjud buyruqlardan “jonli” ravishda foydalanish mimkin. Masalan Microsoft Office Excelda MATLAB buyruqlaridan foydalanish orqali undagi ishlarni osonlashtirish mumkin. Microsoft Office Wordda(Word+Notebook) esa MATLAB tizimi buyruqlaridan foydalanib, “jonli” elektron darsliklar, qo’llanmalar, prezentatsiyalar va turli ko’rinishdagi “jonli” elektron hujjatlar yaratish imkoniyatlari mavjud.
1-rasm. MATLAB tizimining asosiy oynasi MATLAB tizimi interfeysi.
MATLAB tizimining asosiy oynasi quyidagicha ko’rinishda bo’lib, quyidagi bo’limlardan iborat:
Sarlavha satri;
5.
Komandalar ishchi varag’i;
Asosiy menyular satri;
6.
Oxirgi yozilgan komandalar royxati;
Uskunalar paneli;
7.
Holat satri.
Ishchi soha;
Asosiy menyular satri quyidagi menyulardan iborat.
File — fayllar bilan ishlash menyusi
Edit — tahrirlash menyusi
View — uskunalar panelini chiqarish va yopish menyusi
Web — Internet manbalari menyusi
Windows — oynalar bilan ishlash menyusi
Help — ma’lumotnoma menyusi
Menyu buyruqlari:
Fayllar bilan ishlaydigan standart buyruqlarni o’z ichiga olgan File menyusining 1-bandi New buyrug’i bo’lib, unda Mfile, Figure, Model, GUI bandlari mavjud.
New+M-file – yangi M-file yaratish
New+Figure – yangi figura(grafik oyna) yaratish
New+Model – yangi model yaratish
New+GUI – yangi FGI( Foydalanuvchining Grafikli Interfeysi)ni yaratish
…
Izoh: Qolgan menyu va menyu bandlaridagi buyruqlarini mustaqil o’rganish, Windows sistmasida ishlay oladigan foydalanuvchilar ixtiyoriga havola qilamiz.
MATLAB ning ishchi varag’i tom ma’noda uch qismga bo’linadi:
Buyruqlarni kiritish maydoni – buyruqlar satridan tashkil topgan. Har bir buyruq satri >> simvoli(bu simvol avtomatik tarzda buyruqlar satrining boshida bo’ladi va uni yozish shart emas) bilan boshlanadi;
Natijani chiqarish maydoni – kiritilgan buyruqlarni qayta ishlangandan so’ng hosil bo’lgan ma'lumotlar (analitik ifodalar, natijalar va xabarlar) ni o’z ichiga oladi;
Matnli izohlar maydoni - roy bergan xatoliklar yoki bajarilgan buyruqlarga izohlar, turli xarakterdagi xabarlar. Buyruqlar Enter tugmasini bosish (bir marta) orqali amalga oshiriladi.
3. MATLAB dasturlash tili alifbosi va oddiy arifmetik amallar.
MATLAB dasturlash tilida boshqa dasturlash tillari kabi lotin alifbosining A dan Z gacha barcha katta va kichik harflari,
0 dan 9 gacha arab raqamlaridan foydalaniladi. Katta va kichik harflar, xuddi C++ dasturlash tilidagidek, ham o’zgaruvchi sifatida, ham ozgarmas sifatida bir-biridan farq qiladi. Lotin alifbosi harflaridan tashqari, klaviaturadagi barcha maxsus belgilardan foydalaniladi.
Buyruqlar Enter tugmasini bosish (bir marta) orqali amalga oshiriladi. O'zgaruvchi nomi nechta va qanaqa belgi yoki belgilardan iborat bo'lishidan qat'iy nazar, lotin harflaridan boshlanib, 63 ta belgidan oshmasligi shart. Katta va kichik harflar bir-biridan farq qiladi. Agar buyruq o'zgaruvchi nomi yozilmay bajarilsa, buyruq natijasi maxsus ans(inglizcha answer-javob) o'zgaruvchisi orqali beriladi. Ishchi sohadagi o’zgaruvchilar haqidagi ma’lumotlarni who yoki whos buyruqlari orqali ko’rish mumkin.
MATLAB da barcha ma’lumotlar matritsa yoki massiv ko’rinishida(“MATLAB” so’zi inglizcha “Matrix Laboratory”, yani “Matritsali Laboratoriya” so’zlarining qisqartirilgan ifodasidir) tasvirlanadi. Hattoki, skalyar o’zgaruvchilarni umumiy holda 1x1 o’lchovli massiv(matritsa) deb qarash qabul qilingan. Shuning uchun ham massiv va matritsalar ustida ishlash, MATLAB da samarali ishlashda muhim ahamiyatga ega.
Massiv – bir turdagi ma’lumotlarning raqamlangan va tartiblangan to’plamidir. Massivning nomi bo’lishi shart. Massivlar o’lchovi yoki o’lchami bilan bir-biridan farq qiladi: bir o’lchovli, ikki o’lchovli, ko’p o’lchovli. Massiv elementlariga murojaat qilish indekslar orqali amalgam oshriladi. MATLAB da massiv elementlarini raqamlash bir(1)dan boshlangani uchun indekslari birga teng yoki katta bo’ladi.
MATLAB da arifmetik amallar yetarlicha kengaytirilgan, hamda matritsaviy va arifmetik amallarni o’z ichiga oladi. Quyida arifmetik va matritsaviy amallar keltirilgan:
o’zgarmaslar
O’lchovlari bir xil massiv mos elementlari buyicha bo’lish
.^
Massiv mos elementlari buyicha darajaga ko’tarish
\
Martitsaviy chapdan o’ngga bo’lish
.\
Massiv mos elementlari bo’yicha chapdan o’ngga bo’lish
'
Qo’shma matritsani hisoblash
.'
Transponerlash
MATLAB da matematik ifodalar ma’lum bir bajarilish tartibiga asosan bajarililadi. Avval mantiqiy amallar, so’ngra arifmetik amallar: avval daraja, keyin ko’paytirish va bo’lish, undan keyin esa qo’shish va ayirish bajariladi. Agar ifodada qavslar bo’lsa, avval qavs ichidagi ifoda yuqoridagi tartibda bajariladi.
munosabat amallari:
T. R
Operator(sintaksis)
Amal belgilari aytilishi
= = ; (x = = u)
Teng
= ; (x = u)
Teng emas
; (x u)
Kichik
; (x u)
Katta
= ; (x = u)
Kichik yoki teng
= ; (x = u)
Katta yoki teng
mantiqiy amallar:
T. R
Operator(sintaksis)
Amal belgilari aytilishi
; and (and (a, b))
va
; or (or (a, b))
yoki
; not (not (a, b))
inkor
xor (xor (a, b))
any (any (a))
all (all (a))
Butun, ratsional va kompleks sonlar.
MATLABda sonlarni haqiqiy (o’zgarish diapozonlari [10-308; 10308] va [10-4950; 104950], double, real) va kompleks (complex) ko’rinishlarda tasvirlash mumkin. Kompleks sonlar algebraik shaklda yoziladi, ya'ni z=x+iy va u buyruqlar satrida >>z=x+i*y yoki >>z=x+yi ko’rinishda( ushbu >>z=x+iy buyuq xato hisoblanadi) bo’ladi.
Haqiqiy sonlar esa butun (integer) va ratsional sonlarga bo’linadi. Ratsional sonlar 3 xil ko’rinishda tasvirlanishi mumkin:
ratsional kasr ko’rinishida, masalan, 35/36; qo’zg’aluvchan vergulli (float) ko’rinishida, masalan: 4.5; ko’rsatkichli shaklda, ya'ni 6,02·10-19 sonni 6.02*10^19 ko’rinishda tasvirlash mumkin.
Yunon alfavitining harflarini MATLABda yozish uchun esa shu harfning nomini yozish tavsiya etiladi. Masalan, ni hosil qilish uchun pi yozuvi yoziladi.
4. MATLAB buyruqlari. Standart funksiyalar
MATLABning standart buyruqlarining umumiy ko’rinishi quyidagicha: buyruq(p1, p2, …) yoki buyruq(p1, p2, …);
Bu yerda, buyruqning nomi, p1, p2,… - uning parametrlari. Buyruq yozilgach natijni olish uchun (odatda MATLAB da buyruq oxirida nuqta vergul yoki ikki nuqta kabi belgilar qoyilmaydi) Enter tugmasini bosish (bir marta) yetarli. Har bir buyruq oxirida (;) belgisi bo’lishi, buyruq bajarilsada natijani ekranda namoyon etilmaslikni anglatadi va Enter tugmasi bosilganda jimlik qoidasiga asosan buyruq bajarilib, keyingi buyruqqa o'tiladi. Bunda natija EHM hotirasida qoladi. MATLAB dasturi buyruqlarni help buyrug’i bilan chaqirib olinishi mumkin. MATLABning asosiy amaliy buyruqlari maxsus kengaytirilgan paketlar(kutubxonalar)ida, yani Toolbox(“Toolbox” inglizcha - “uskunalar qutisi” ma'nosini bildiradi)larida joylashgan bo’ladi.. Bu buyruqlarni MATLAB tizimi ma'lumotnomalaridan yoki help buyrug’i bilan chaqirish mumkin. Masalan: Simvolli hisoblashlarni bajarish paketi buyruqlarini Symbolic Math Toolbox paketini chaqirish orqali ko'rish munkin:
>> help Symbolic Math Symbolic Math Toolbox.
Version 2.1.3 (R13) 28-Jun-2002
Calculus.
diff - Differentiate. int - Integrate. limit - Limit. taylor - Taylor series. jacobian - Jacobian matrix. symsum - Summation of series.
…
Linear Algebra.
diag - Create or extract diagonals. triu - Upper triangle. tril - Lower triangle. inv - Matrix inverse. det - Determinant. rank - Rank. rref - Reduced row echelon form.
null - Basis for null space. colspace - Basis for column space. eig - Eigenvalues and eigenvectors. svd - Singular values and singular vectors. jordan - Jordan canonical (normal) form. poly - Characteristic polynomial. expm - Matrix exponential.
Simplification.
simplify - Simplify. expand - Expand. factor - Factor. collect - Collect. simple - Search for shortest form. numden - Numerator and denominator. horner - Nested polynomial representation. subexpr - Rewrite in terms of subexpressions.
subs - Symbolic substitution.
Solution of Equations.
solve - Symbolic solution of algebraic equations.
dsolve - Symbolic solution of differential equations.
finverse - Functional inverse. compose - Functional composition.
Variable Precision Arithmetic.
vpa - Variable precision arithmetic. digits - Set variable precision accuracy.
Integral Transforms.
fourier - Fourier transform. laplace - Laplace transform. ztrans - Z transform. ifourier - Inverse Fourier transform. ilaplace - Inverse Laplace transform. iztrans - Inverse Z transform.
Conversions.
double - Convert symbolic matrix to double. poly2sym - Coefficient vector to symbolic polynomial.
sym2poly - Symbolic polynomial to coefficient vector. char - Convert sym object to string.
Basic Operations.
sym - Create symbolic object.
syms - Short-cut for constructing symbolic objects. findsym - Determine symbolic variables. pretty - Pretty print a symbolic expression. latex - LaTeX representation of a symbolic expression.
ccode - C code representation of a symbolic expression.
fortran - FORTRAN representation of a symbolic expression.
…
Access to Maple. (Not available with Student Edition.) maple - Access Maple kernel. mfun - Numeric evaluation of Maple functions. mhelp - Maple help.
procread - Install a Maple procedure. (Requires Extended Toolbox.)
Izoh: MATLAB tizimi ma'lumotnomasida barcha Toolboxlar, ularning buyruqlari va ularni ishlatishga doir ayrim ko'rsatma hamda namunaviy misollar berilgan bo'lib, foydalanuvchini o'ziga kerakli bilimlarni mustaqil egallashida muhim ahamiyatga ega.
Quyidagi jadvalda asosiy standart funksiyalar va ularning MATLABdagi yozilish qoidalari keltirilgan.