10-Mavzu. Boshqarishda axborot va kommunikatsiya reja


Rahbarning yozishni bilishi



Yüklə 219,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix14.12.2022
ölçüsü219,33 Kb.
#74847
1   2   3   4   5   6   7   8   9
14-мавзу

Rahbarning yozishni bilishi - bu faqat savodli yoza bilishni emas, balki 
fikrni qisqa va ravon, davlat tilida badiiy, sodda bayon qilish demakdir. 
Rahbarlikda bu o‘z qarorini bo‘ysinuvchiga etkazish uslubidir. Ishlab chiqarishni 
boshqarishda yozish mumkin bo‘lgan hamma narsani yozib qo‘yishi kerak, degan 
qoida amal qiladi. Bu bo‘ysinuvchiga yozilganlarga qarab o‘z xatti-harakatini aniq 
tekshirib borish, rahbarga esa qarorning bajarilishini nazorat qilib turish 
imkoniyatini beradi. 
Rahbar o‘ziga axborot tayyorlovchi xodimlar mehnatini tashkil eta bilishi, 
ulardan omilkorlik bilan foydalanishi kerak. Noto‘g‘ri, past qiymatli axborot tufayli 
yomon boshqaruv qarori qabul qilishdan ehtiyot bo‘lishi, eng muhimi unga 
kelayotgan axborotlarni saralab olishi darkor. Funktsional xizmat xodimlari
yordamchilar, referentlar rahbarga eng zarur axborotlarni tekshirib berishi 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
4. 
Kommunikatsiya 
va 
kommunikatsion 
jarayon. 
Kommunikatsiya - bu kishilar o‘rtasidagi o‘zaro axborot almashuvidir. 
Rahbarlar qilayotgan hamma ishlar axborotlarning samarali almashishini talab 
qiladi. Yaxshi yo‘lga qo‘yilgan kommunikatsiya ish muvaffaqiyatini ta'minlaydi. 
So‘rovlar shuni ko‘rsatadiki, 73% amerikalik, 85% yapon, 63% angliyalik 
rahbarlar, kommunikatsiya, qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘lidagi bosh to‘siq deb 
hisoblaydilar. Yana bir boshqa so‘rovga ko‘ra 2000 turli kompaniyaning 250 ming 
xodimi korxonalarda axborot almashish eng qiyin masaladan biri deb biladilar. 
Umuman har bir rahbar 50 dan 90% gacha vaqtini kommunikatsiyaga 
sarflaydi. Shu sababli, shuni tasdiqlash mumkinki, menejer faoliyatining 
samaradorligi eng avvalo kommunikatsiya samaradorligiga, ya'ni: 

kishilar bilan yakkama-yakka suhbat olib borish qobiliyati; 

telefonda so‘zlashuv qobiliyati; 

rasmiy xujatlarni tuzish va o‘qiy olish qobiliyati; 


Tashkiliy kommunikatsiya 
Rahbar-bўysinuvchi 
Bo‘g‘inlararo 
kommunikatsiya 
Noformal 
Vеrtikal 
Gorizontal 

majlislarda qatnashish madaniyati kabilarga bog‘liq. 
Korxona (tashkilot) kommunikatsiyasi - bu o‘ta murakkab, ko‘p bosqichli 
tizim bo‘lib, o‘z tarkibiga nafaqat tashkilot ichidagi, shuningdek uning 
tashqarisidagi axborot almashuvini ham oladi (15-chizma). 
Tashqi 
Ichki 

Yüklə 219,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin