10-mavzu: Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda Yevropa va Amerika mamlakatlari ikkinchi jahon urushidan keying davrdan bugungi kunga qadar aqsh va Lotin Amerikasi davlatlari reja



Yüklə 83,54 Kb.
səhifə7/10
tarix24.10.2023
ölçüsü83,54 Kb.
#161150
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
10-mavzu

7. XXI asr boshlarida AQSH.
AQSHda 2000 yildagi prezidentlik saylovlari fojiali harakterga ega bo`ldi. Demokratlar hukmronligi davrida ko`zga tashlangan iqtisodiy muvaffaqiyatlar ularning nomzodi, vitse-prezident Albert Gorning g‘alabasiga umid uyg‘otadi. Respublikachilar ham g‘alaba ishtiyoqida edilar. Ular jamiyatning an’anaviy qadriyatlarini himoya qilish shiori ostida saylovchilarni o`zlari tomon og‘dirish uchun hamma imkoniyatlarni ishga soldilar. Saylov natijalariga kura respublikachilar partiyasi vakili Kichik Jorj Bush g‘alaba kildi.
Kichik Jorj Bush preziden etib tayinlanishi bilan mamlakat bir qator ichki va tashqi muammolarga duch keldi. 2001 yil 11 sentabrda Nyu-York shahrida bo`lgan terroristik harakat tufayli 3000ga yaqin kishining halok bo`lishi, 2001 yilning oxirlarida AQSHda boshlangan iqtisodiy inqiroz, tashqi siyosatda terrorizmga qarshi kurash, AQSHning tashqi siyosatdagi g‘olibona yurishini ta’minlash, xususan Afg‘oniston va Iroqdagi antidemokratik rejimlarni ag‘darib tashlash bahonasida u joylarda AQSHning pozitsiyasini mustahkamlash kabi muammolar echimini topish kerak edi. Ikki yildan beri davom etayotgan iqtisodiy inqirozdan 2003 yil oxirlariga kelib qutila boshlandi. AQSH Federal zahira tizimi (FZT)ning ma’lumotiga qaraganda 2003 yilning oxiriga kelib FZTning 12 ta okrugidan 10 tasida iqtisodiy o`sishga erishildi. Sanoat ishlab chiqarishi yo`lga qo`yildi, chakana savdo hajmlari oshdi, ko`chmas mulk bozorida jonlanish ro`y berdi. 2004 yilda yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi 4,4 foiz o`sdi. Ushbu ko`rsatkich 1999 yildan beri eng yuqori natija edi. Bu esa jahon YAIM ko`rsatkichlaridan atigi 0,4 foizga ko`p bo`ldi xolos. Bu ko`rsatkich AQSH iqtisodiyotining zaif bo`g‘ini hali ham ortiqcha ishlab chiqqarish quvvatlarining mavjudligidan, korxonalar foydasining pastligidan darak berardi. Shu bilan birga iqtisodiyotdagi jiddiy muammo taqchillikning tez o`sib borayotganligi bo`lib, 2004 yilda eng yuqori ko`rsatkichga - 550 mlrd. dollarga etdi. Bunday taqchillik tashqi savdoning holatini aks ettirdi va import va eksport qilinadigan mahsulotlar va xizmatlar qiymati o`rtasidagi farqni kuchaytirdi.
2004 yil 2 noyabrda bo`lib o`tgan prezident saylovlari kichik Jorj Bushning g‘alabasini ta’minladi va o`z prezidentligining ikkinchi muddatida oldingi 4 yilda bajarolmay qolgan ishlarini bajarishni maqsad qilib qo`ydi. Bushning ikkinchi prezidentlik davri AQSH iqtisodiyotining o`sishi davriga to`g‘ri keldi. XXI asrning boshida dunyo miqyosida yaratilgan zamonaviy texnika va texnologiyalarning 35,8 % AQSH hissasiga to`g‘ri keldi (bu ko`rsatkich Yaponiyada 17,6 %, Germaniyada-6,6 %, Buyuk Britaniyada- 5,7 %, Fransiyada-5,1 %, Xitoyda - 1,6 % ni tashkil etdi.
Biroq kichik Jorj Bush prezidentligining oxirgi yili 2008 yilning yozida AQSHda iqtisodiy inqiroz boshlandi. AQSH jahon iqtisodiy inqirozining o`chog‘i bo`lib qoldi. Dunyo ma’nan ikkinchi depressiyaga tayyorgarlik ko`ra boshladi. Haqiqatan ham, Ikkinchi jahon urushidan so`ng jahon iqtisodida bunday pasayish ro`y bermagan edi. Xalqaro Valyuta Fondi ma’lumotlariga qaraganda, jahonda iqtisodiy o`sish so`nggi 60 yil ichida birinchi marta 2009 yilda 1,06 foizga qisqardi, ya`ni o`sish to`xtab, chegara chizig‘idan pastga tushdi. Taqqoslash uchun aytib o`tish lozimki, dunyo iqtisodi og‘ir buhronni boshidan kechirgan 1982 yilda ham yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish 0,9 foizga o`sgan edi.
2008 yilgi prezidentlikka saylovlarda demokratlar partiyasining nomzodi Xusayn Barak Obama g‘alaba qildi. Uning prezidentlik kursisiga o`tirishi AQSHda moliyaviy va iqtisodiy inqirozning avj olayotgan pallasiga to`g‘ri keldi.


  1. Yüklə 83,54 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin