10-mavzu: Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda Yevropa va Amerika mamlakatlari ikkinchi jahon urushidan keying davrdan bugungi kunga qadar aqsh va Lotin Amerikasi davlatlari reja



Yüklə 83,54 Kb.
səhifə1/10
tarix24.10.2023
ölçüsü83,54 Kb.
#161150
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
10-mavzu


10-mavzu: Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda Yevropa va Amerika mamlakatlari ikkinchi jahon urushidan keying davrdan bugungi kunga qadar AQSH va Lotin Amerikasi davlatlari
REJA :

  1. Avvalgi holiga qaytish va davlat siyosatida urushdan keyingi yo`lni tanlash.

2. XX asr 60- yillardagi reformizm.
3. XX asr 70- yillarida AQSH.
4. R.Reygan prezidentlik davri (1980 - 1988). “Reyganomika”.
5. Katta Jordj Bush prezidentlik davrida AQSH.
6. Prezident Klinton va uning dasturi.

  1. XXI asr boshlarida AQSH.

  2. Ikkinchi jahon urushidan so`ng (1945 – 1970 yillar) Lotin Amerika mamlakatlari.

  3. XX asr oxrgi choragida Lotin Amerika mamlakatlari.

AQSH Ikkinchi jahon urushdan kapitalistik davlatlar orasida iqtisodiy va harbiy jihatdaneng qudratli mamlakat sifatida chiqdi. Kapitalistik dunyosidagi jami sanoat ishlab chiqarishining yarmidan ko`pi AQSHda ishlab chiqarildi. Amerika harbiylari Germaniya, Yaponiya, Italiya va boshqa mamlakatlarda joylashtirildi. Dunening barcha burchagida AQSHning 500 dan ortig‘ harbiy bazalari o`rnatildi. Okean va dengizlarda amerika harbiy floti suzib yuraredi. AQSH atom quroli monopoliyasiga egaedi. F.Ruzvelt o`limidan so`ng 1945 yil 12 aprelda AQSH prezidenti lavozimiga o`tirgan Garri Trumen, “dune javobgarligini” AQSH o`z bo`yniga oladi deb e’lon qildi. “Neytrallik” va 30- yillar uchun hos bo`lgan izolyasionizm siyosatiga barham berildi. Bundan buyog‘ AQSH jahon siyosatining markazidan o`rin egalladi.





  1. Avvalgi holiga qaytish va davlat siyosatida urushdan keyingi yo`lni tanlash.

Avvalgi holatga qayitish nomi ostida tinchlikka va tinch xayotga o`tish, davlat siyosatida va o`nglab million amerikachilar xayotida tub burilishni anglataredi. Millionlab soldatlar o`z oyilalariga va jamoa xayotiga qayitib keldilar. 1947 yil 12 million soldatdan armiyada 1 millioni qoldi. Demobilizatsiya qilingan soldat va ofitsyerlarni joylashtirish urushdan keyigi qayta qurishning eng asosiy muammolaridan biriga aylandi. Urush ishtirokchilarini joylashtirish bo`yicha ko`plab qonunlar va davlat qarorlari qabul qilindi.
Qator yirik qarorlar qabul qilindi: urush davridagi narxlar va ish haqqi ustidan nazoratni asta sekin olib tashlash, “to`la bandlik”, soatboy ish haqini to`lashni oshirish,solig‘larni qayta ko`rib chiqish haqidagilar.
Urushdan keyin avvalgi holatga qayitish masalasida muhim o`rinni egalagan va ko`plab tortishuvlarga sabab bo`lgan – urush yillarida qurilgan davlat korxonalarining taqdiri bo`ldi. Ya`ni, amerika iqtisodiyotida davlat sektorining taqdiri haqida so`z ketaredi. Urushning besh yili maboynida sanoatning qayta ishlabchiqarish zavodlarining qurilishiga davlat tomonidan 17 mlrd. dollardan ortiq mablag‘ aratilganedi. 2800 ortiq korxonalar qurilganedi. Bir yildan so`ng deyarli davlat zavodlarining barchasi arzon narxda sotib olgan 250 korporatsiyalar qo`liga o`tdi.
AQSHda yirik biznes kapital ishlab chiqarishning asosiy vakili bo`lib qoldi. Aytish joizki AQSHda Yevropadan farqli ravishda kapital ishlab chiqarish sohasida davlat sektori mavjud emasedi. Ammo urushdan keyingi yillari mayda va o`rta korxonalar sektori birmuncha kengaydi. Mamlakatda 9 mln. shaxsiy mulk firmalari mavjudedi.
G.Trumen ma’muriyatining ichki siyosatidagi kursi zidiyatli holat bilan ajralib turaredi. 1946 yil saylov oldi va qayta saylov natijasida, kongressda demokratlarning reformistik siyosati va Ruzveltning islohotiga ochiqdan-ochiq qarshi chiqqan respublikachilarning pozitsiyasi kuchaydi. 1947 yil kongress Taft-Xartli qonunini qabul qildi. Bu qonun kasaba uyushmalarning faoliyatini va tashkil etishga, namoyishlarga va xokazolarga qaratilgan huquqlarini birmuncha cheklab qo`ydi. Bu esa AQSHning siyosiy xayotida o`nga siljishning umumiy namoyishi bo`ldi. Bunga yana Sovet davlatiga qarshi boshlangan kompaniyani, ya`ni Makkarti senatori tomonidan loyallik (to`g‘rilik) nomi ostidagi tekshiruvni tashkil etilganligini qo`shimcha ravishda aytish mumkin (50- yillarda hukm surgan “makkartizm” siyosati).
1948 yil prezidentlikka o`tkazilgan saylovda G.Trumen “adolatliy kurs” dasturi bilan chiqish qildi. Xatto saylov arafasida Trumen, Taft-Xartli qonuniga taqiqlash kiritish va umuman uni taqiqlab qo`yish hamda ijtimoiy ta’minotni kengaytirish va’dasini berdi. Ammo Taft-Xartli qonuni prezident taqiqlashiga qaramay yana qayta kongres tasdig‘idan o`tdi. Shuningdek kongresda, qora tanli amerikaliklarning fuqarolik huquqlari to`g‘risidagi, meditsina sug‘urtasini kiritish to`g‘risidagi, o`quv dargoxlari­ga davlat tomonidan ko`rsatiladigan yordam to`g‘risidagi va boshqa shunga o`xshash bir qator qonunlar qabal qilinmadi.
Boshlanib ketgan “sovuq urush” siyosati, SSSR bilan avj olib borayotgan qarama-qarshiliklar va Yevropada kapitalizm asoslarini qayta tiklash to`g‘risidagi g‘amxorlik, mamlakat ichidagi islohotchilik faoliyatni cheklab qo`ydi. Oxir oqibatda, 1950 yil iyun oyida boshlangan Koreya urushigaAQSH qo`shildi.
1952 yil prezident saylovi arafasida demokratlar partiyasi, Ruzvelt siyosati natijasida mamlakatga qoldirib ketgan islohotchilik bagajning asosiy qismini qo`ldan boy berdilar. Respublikachilar partiyasida esa ko`p yillik oppozitsiya holatidan so`ng hokimiyat tepasiga kelish imkoni paydo bo`ldi. Respublikachilar, avvalari hech qaysi partiyaga ta’luqli bo`lmagan general D.Eyzenxauerninomzodlikga taklif etdilar. U, o`z navbatida Koreyaga borib mantiqsiz urushni tezda tugatish vadasini berdi. Bu esa o`z navbatida saylovda respublikachilar g‘olib chiqishiga olib keldi. 1956 yil D.Eyzenxauer yana qayta prezident etib saylandi. Shu yillarda (1952 - 1960) respublikachilar ma’muriyati va demokratlar partiyasi oppozitsion holatda bo`lishiga qaramay, siyosiy yo`nalishda katta farq kuzatilmadi.

Yüklə 83,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin