XX asr oxrgi choragida Lotin Amerika mamlakatlari.
1973 yil Chilidagi so`l kuchlarning mag‘lubiyatga uchrashi, Lotin Amerikadagi umumiy vaziyatga katta ta’sir ko`rsatdi. O`ng kuchlar mintaqadagi boshqa mamlakatlarda ham hujumga o`tishdi. 70- yillar o`rtalaridan boshlab mintaqaning ko`p qismi repressiv harbiy diktatura hukumronligi ostida bo`ldi (Braziliy 1964 yildan, Argentina 1976 yildan boshlab qayta, Chili, Boliviya, Urugvay, Paragvay, Markaziy Amerika mamlakatlarining ko`pchiligi). Ammo iqtisodiy siyosatda jiddiy o`zgarishlar ro`y berdi.
Mintaqadagi ko`pchilik mamlakatlardagi hukumron doiralar “erkin bozor iqtisodiyotining” “neoliberal” iqtisodiy konsepsiyasi bilan qurollandilar. Iqtisodiyotning rivoji va modernizatsiyasi, xususiy tadbirkorlik va savdoni erkinlashtirish (“liberallashtirish”), davlat sektorini va davlatning iqtisodiy funksiyalarini qisqartirish, proteksionizmdan voz kechish, chet el kapitali bilan faol hamkorlik qilish bilan bog‘liq edi. Bunga asosiy sabab, 70- yillarda yuksak darajada rivojlangan davlatlarda keng yoyilgan texnologik inqilobga va jahon xo`jalik kompleksiga maksimal darajada qo`shilish edi.
Mumtazam va shavqatsiz ravishda bunday siyosat harbiy diktatorlik rejimlari tomonidan 70-80- yillarda olib borildi. Ularning mofaqiyati, oppozitsiyalarni zo`ravonlik yo`li bilan bartararaf etish va aholining ko`p qismini turmush darajasi keskin tushib ketishi evaziga ta’minlandi.
Konstitsutsion, demokratik hukumatlar mavjdud mamlakatlarda bunday variantdagi siyosatni amalga oshirish qiyin edi. U yerlarda 80- yillarga qadar avvalgi milliy-reformistik ruhdagi modernizatsiya siyosati davom etardi.
Modernizatsiya siyosati, mashinasozlik, energetika, elektrotexnika, atom va elektron sanoatida zamonaviy ishlab chiqarishning jiddiy siljishlariga va ilmiy-texik taraqqiyotga olib keldi. 1980 yil Lotin Amerika mamlakatlarining umumiy yalpi ichki maxsulot 1960 yil darajadan 3 barobar oshdi.
Chet eldan ommaviy ravishda kirib kelgan zaym va kreditlar tashqi qarzni nixoyatda yuqori darajada o`sishiga olib keldi (1970 yil 20 mlrd. dollardan 1980- yillar 400 dan ko`p mlrd. dollargacha).Ko`pincha olingan mablag‘lar samarali ishlatilmas edi: hukumron doiralarni bo`yishiga, qurol asnaxalarni sotib olinishiga.
Diktator tuzumining ijtimoiy-iqtisodiy siyosati va uning oqibatlari va ayniqsa 1981 – 1982 yillar iqtisodiy inqirzlar natijasida, jamiyatda keskin holatni va norozilikni yuzaga kelishiga sabab bo`ldi. Buni ustiga demokratik erkinliklarni mavjudemasligi, inson huquqlarini poymon qilinishi, ommaviy qatag‘onlar, vaziyatni yanada keskinlashishiga olib keldi. Diktatura orqali o`z pozitsiyalarini mustaxkamlab, hukumron siniflar harbiy kuchga tayangan holda liberal-demokratik shakldagi boshqaruvga yon bosdilar.
80- yillar davomida harbiy-diktatorlik hukumatlar birin ketin siyosiy maydonni tark eta boshladilar va ularning o`rniga konstitutsion hukumat keldi, demokratik erkinliklar tiklana boshladi. Bunday holat 1983 yil dekabrda Argentinada, 1985 yil martda Braziliya va Urugvayda sodir bo`ldi. Janubiy Amerikada oxirgi bo`lib, Pargvayda (1989 yil fyevral) 35 yil davomida general Stressner diktaturasi va Chilida (1990 yil mart) general Pinochet diktaturasi yoqatildi. Bu davrga kelib konstitutsion rejimlar Markaziy Amerikada ham g‘alaba qozondi.
Bir vaqtning o`zida vakilliy demokratiya rejimini (Gaiti va Kubadan tashqari) o`rnatilishi, Lotin Amerika qitasi tarixida birinchi marta ro`y berdi. Bu tasodifiy holat emasedi, aksincha o`zoq vaqit davom etib kelgan jarayonning natijasi bo`ldi. Bir necha o`n yilliklar davomida Lotin Amerika jahon xo`jaligining agrar-xomashyo o`lkasidan birmuncha etuku sanoat va ishlab chiqarish ifratuzilmasiga ega hududga aylanish yo`lida olg‘a qadam qo`ydi. Taraqqiyot va aholini ijtimoiy tarkibi murakablashuvi, fuqarolar salmog‘ining o`sishi (90- yillar boshida Lotin Amerikaliklarning 70% ortig‘i), savodlikni, aholini umumiy siyosiy madaniyatini o`sishi, ijtimoiy-siyosiy sohada ro`y berayotgan o`zgarishlar bilan kuzatilardi.
Keng xalq ommasining
Partiya, kasaba uyushma, va turli jamoa tashkilot va harakatlarning faoliyatida keng xalq ommasining sezilarli darajada ishtiroki tufayli, ularning jamoa-siyosiy xayotdagi roli kuchayib bordi.
Ananaviy diktatorlikva oligarxik rejimlar o`tmishga aylandi. 60-80- yillar harbiy-avtoritar rejimlar, avvalgi diktaturadan farqli ravishda, yangi ijtimoiy va iqtisodiy holat bilan, modernizatorlik omillar bilan ko`proq bog‘liq edilar. Ammo ular ham asta sekin saxnadan tusha boshladi. Lotin Amerika mamlakatlari uchun harakterli bo`lgan buzg‘unli shaldagi siyosiy kurash yoqala bordi va un o`rnini konstruktiv, konstitutsion kurash egallay boshladi.
Og‘ir iqtisodiy sharoitda hokimyat tepasiga kelgan konstitutsion hukumatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo`liga jiddiy o`zgarishni kiritaolmadila. 1981-1983 yillar iqtisodiy inqiroz Meksika va Venesuela neft xotirjamligiga chek qo`ydi va ularni avvalgi milliy-reformistik siyosatdan chekinishga majbur etdi. Moliya mablag‘lariga keskin ehtiyoj yuzaga kelgan sharoitida, qarzdor davlatlar zayom olish va qarzlarni to`lanish mudatini uzaytirish uchun, davlat korxonalarini sotishga, ishchilar sonini, davlat tomonidan mablag‘ ajratilishini cheklashga, ijtimoiy harajatlarni qisqartirishiga, mehnat haqlarini yaxlatib qo`yilishiga majbur bo`ldilar.
80- yillar oxiri – 90- yillar boshida ko`p hukumatlar cho`zilib borayotgan inqiroz holatidan chiqish maqsadida, iqtisodni va tashqi savdoni nisbatan dadil “erkinlashtirishga”, nisbatan dadil tejamkorlik va inflyasiya bilan kurashishga, jadal usullarda davlat sektorini privatizatsiya qilishga majbur bo`ldilar. 90- yillar boshida ko`pchilik mamlakat iqtisodiyotning o`sishga va 1992 yil mintaqa bo`yicha o`rtacha hisobda 41%gacha inflyasiyani pasayishiga erishaoldilar.
Ammo bunday yutuqlarning ko`lga kiritilishi aholining ko`p qismining turmush darajasini pasayib borishi evaziga bo`ldi. 1992 yil oxirida (BMTning kriteriyasiga ko`ra) 442 mln. Lotin Amerika aholisining 46% kambag‘allik chizig‘idan pas darajada yashardi. Hokimyatning eng yuqori tabaqasida korrupsiya, narkobiznes, terrorizm keng yoyildi.
Butunlay boshqacha vaziyat Chilida yuz berdi, Bu yerda 80- yillar o`rtalarida boshlangan iqtisodiy jonlanish (Pinochet rejimining so`ngi yillari) uning o`zoq mudatli o`sishiga o`tdi. Chilida so`l sentristik hukumat, Patrisio Eylvin (1990–1994) prezidenti boshchiligidagi xristian demokratlar, sotsialistlar va bir qancha boshchqa partiyalar ishtirokida, mintaqadagi iqtisodiy o`sishning eng yuqori tempini (1992 yil 10,5%gacha) va uning asosida to`planib qolgan ijtimoiy muammolarni echimini topishni birga olib borish udasidan chiqdilar. Buning natijasida inflyasiya yiliga 10–12%gacha tushdi. Ishsizlar soni kamaydi, har yili mehnat haqi o`sib bordi. Aholi daromatidagi tafovudning kamayib borish, kambag‘allik chizig‘idan past darajada yashovchilarning (deyarli aholini yarmidan - uchdan bir qismigacha) ulushi qisqarish tendensiyasi belgilandi. Bunday holat respublikada ijtimoiy va siyosiy barqarorlikni yuzaga keltirdi. 1993 yil dekabrda o`tkazilgan umumiy saylovlarda hukumat bloki g‘alaba qozondi.
90- yillar oxiriga kelib Lotin Amerikasidagi iqtisodiy vaziyat keskin ravishda yomonlashdi. Birinchi Meksika, undan so`ng Braziliya og‘ir iqtisodiy inqiroz zonasiga aylandilar.
Kuba o`ziga hos taraqqiyot yo`liga ega edi. Bu yerda Fidel Kastro boshchiligidagi partiyaviy davlat qo`lida mujassamlashgan va davlat qaramog‘idagi iqtisodiyotga asoslangan “sotsialistik” totalitar rejim sahlanib qolmoqdaedi. 80- yillar oxiriga kelib ma’muriy buyruqvozlik tizimi samarasiz ekanligi ayon bo`lib qoldi.
Kubada yuzaga kelgan vaziyat 1993–1994 yillar Fidel Kastro va uning yon atrofdagilarni nixoyat iqtisodiy islohotlarga kirishishga majbur etdi. Chet el kapitali bilan qo`shma korxonalarni yaratish qo`llab quvvatlana boshladi. Mamlakatga chet el valyutasining kirib kelishiga ruxsat berildi. Emigrantlarga Kubadagi o`z qarindoshlari bilan uchrashish imkoni yaratildi. Mayda tadbirkorlik va chakana savdo qonunlashtirildi. Kuba AQSH bilan munosabatlarini yaxshilantirish istagini bildira boshladi.
Shuni ham alohida takidlash joizki, Lotin Amerika respublikalarining harakatida ikkita parallel va bir biri bilan bog‘liq tendensiya belgilandi. Ulardan biri – umumiy manfaatlarni ximoya qilishda harakatlarni birlashtirish edi. Buning natijasida mintaqa davlatlarida – Braziliya, Meksika va Argentinada – Lotin Amerikada yetakchilik qilish uchun ishtiyoqi yuzaga keldi. Janubiy Amerikada integratsiya polyusini 1986 yil iqtisodiy ittifoq to`g‘risidagi shartnomani imzolagan hamda ko`p yillar davomida bir biri bilan raqib bo`lgan Braziliya va Argentina tashkil etdi. 1991 yil martida u Braziliya, Argentina, Urugvay va Pargvay (Janubiy Amerika hududining 70%) tarkibidagi Janubiy Amerika umumiy bozoriga aylantirildi.
Ikkinchi yangi tendensiya – AQSH bilan yaqinlashish va kelajakda u bilan G‘arbdagi yarim er sharida umumiy erkin savdo zonasini yaratishgacha ko`zda tutilgandi. 1992–1994 yillar AQSH, Kanada va Meksika ishtirokida Shimoliy Amerika erkin savdo zonasi (NAFTA)ni tashkil topishi, bu yo`ldagi dastlabki qadam bo`ldi. Meksikadan so`ng AQSH bilan savdo shartnomasini imzolash istagini Venesuela, Kolumbiya, Chili va bir qancha boshqa mamlakatlar bayon etdilar.