10-mavzu: Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda Yevropa va Amerika mamlakatlari ikkinchi jahon urushidan keying davrdan bugungi kunga qadar aqsh va Lotin Amerikasi davlatlari reja



Yüklə 83,54 Kb.
səhifə2/10
tarix24.10.2023
ölçüsü83,54 Kb.
#161150
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
10-mavzu

2. XX asr 60- yillardagi reformizm.
1950- yillar oxiriga kelib Eyzenxauer ma’muriyati tomonidan, Makkarti boshchiligida senat komissiyasi tomonidan demokratik faoliyatni kuzatuv kompaniyasiga chek qo`yildi. Davlat departamentining rahbari Dalles iste`foga chiqdi. Uning nomi bilan “urush yoqasida muvozanatni saxlash” va “yopirilma qasos” nomli o`ta xavfli konsepsiya bog‘liqedi.
Amerika yangilanishda muxtojedi,va 1960 yil prezident saylovida demokratlar bunday taklifni ilgari surdilar. Natijada ular, Djon Kennedi ilgari surgan “yangi marralar” shiori ostida g‘alaba qozondilar. Kennedit keynsian nazariyasi va davlatning iqtisodiy hamda siyosiy funksiyasini faollashtirish siyosati tarafdoriedi. Uning “yangi marralar” siyosiy-iqtisodiy dasturi keynsian nazariyasining “samarali ehtiyoj” yo`lidan bordi va ommaviy ishlab chiqarishni hamda ommaviy ehtiyojlarni qoniqtirish balansini taminlashni ko`zda tutaredi.
1963 yil 22 noyabrda Kennedining o`limi Oq o`y rahbarining almashuviga sabab bo`ldi. Prezident lavozimiga vitse-prezident Lindon Djonson tayinlandi. U, o`zidan oldingi prezident olib borgan siyosatni davom etirdi. AQSHda muhim ijtimoiy islohotlar amalga oshirildi. “Kambag‘al­lik bilan kurash” dasturi asosida kam daromat oluvchi oyilalarga yordam to`g‘risidagi qonun qabul qilindi, arzon o`ylarni qurish, ta’lim tizmini rivojlantirish dasturi amalga oshirildi, qarigan fuqarolar uchun meditsina sug‘urtasi kiritildi, kambag‘allik chegarasidan past daromat oluvchi oyilalar meditsina xizmatini olish imtiyoziga ega bo`ldilar. Irqiy diskriminatsiyani cheklash bo`yicha muhim va real qonunlar qabul qilindi. Bunday qonunlarning qabul qilinishi, ijtimoiy norozilik harakatiga va qora tanli amerikaliklarnidiskriminatsiyaga qarshi qaratilgan namoyishla­riga javob bo`ldi. Haraktni Martin Lyuter King boshqardi. Qabul qilingan qonunlar orasida eng muhimlaridan biri - ishga olishda va jamoa joylarida xizmat ko`rsatish jarayonida diskriminatsiyani taqiqlash to`g‘risidagi 1964 yilgi qonun edi. 1965 yilqora tanli amerikaliklarni saylash huquqlarini ximoyasi to`g‘risidagi qonun qabul qilindi. 1968 yida esa, o`yni sotishda va ijaraga topshirishda irqiy diskriminatsiyani taqiq­lov­chi qonun qabul qilindi.
Mehnat munosabatlari bo`yicha ham bir qator ijobiy o`zgarishlar ro`y berdi – “Adolatli ishga qabul qilish va mehnat sharoiti to`g‘risidagi qonun” kuchga kirdi.Ijtimoiy dasturlarning amalga oshirilishi davlat harajat­larining birmuncha oshirilishini talab etdi. Ijtimoyi maqsadlarni amalga oshirish yo`lida 60- yillar oxirida federal byudjetning 40%gacha sariflandi.
Ammo ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish, AQSHday boy mamlakat uchun ham jiddiy to`sqinliklarga va cheklangan imkoniyatlarga duch kelindi. Bular mamlakatning tashqisiyosiy muammolari bilan bo`g‘liqedi. 60- yillar oxirida AQSHdan minglab kelometr narida joylashgan Veinamda 500 minglik amerika harbiylari urushda qatnashayotganedi. AQSHning Vetnamga qilgan intervensiyasi navbatdagi prezident saylovida va kongressda demokratlar uchun mag‘lubiyat olib keldi.

Yüklə 83,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin