4. R.Reygan prezidentlik davri (1980 - 1988).“Reyganomika”. 1980 yil respublikachilar partiyasining g‘alabasi va prezident lavozimiga sobiq Koliforniya gubernatori va gollivud akteri Ronald Reyganni saylanishi, mamlakatning ichki va tashqi siyosatida ko`proq konservatizm tomon burilishni anglataredi. Reygan ma’muriyati harajatlarni qisqartirish va muvozanati sahlangan budjetning monetaristik yo`lini qattiq qo`llik bilan olib bordi. Shuningdek, davlat tomonidan boshqaruv sohasi qisqartirildi, bu esa narxlarni nazorat qilishdan, tadbirkorlik faoliyati cheklovini olib tashlashda, atrof muxitni ximoya qilish to`g‘risidagi belgilangan qonunlardan bosh tortishda o`z ifodasini topdi. 1983 yil boshlab amerika iqtisodiyoti inqirz holatidan chiqdi va yangi texnologiya hamda ilmiy kashfiyotlar joriy etilishi asosida uning jadallik bilan rivojlanishi boshlandi. Ishsizlar soni 10 milliondan 7 million kishigacha kamaydi. Yuzdan ortiq ijtimoiy dasturlar shtatlar tasarrufiga o`tkazildi va unifikatsiyalashtirildi. Ammo ijtimoiy siyosatning qisqartirish holati ro`y bermadi. Ilgarigidek 30 milliondan ortiq amerikaliklar davlat tomonidan ko`rsatiladigan yordamga muxtojedilar.
Reygan ma’muriyati kasaba uyushmalarga nisbatan qatiq qo`llik siyosatini olib bordi. Namoyishlar qo`pol ravishda bostirildi, kasaba uyushmalar tarqatib yuborildi, namoyish ishtirokchilari ishdan bo`shatildi. O`z navbatida bu kasaba uyushmalarga nisbatan jiddiy zarbaedi.
Reyganning tashqi siyosatida ikki davr yaqqol ko`zga tashlanadi. 80- yillar birinchi yarmidaAQSH o`z tashqi siyosatida vaziyatni keskinlashtirish tendensiyasini namoyish qilidi, SSSR va AQSH o`rtasidagi qaramaqarshiliklar, ayniqsa 1979 yil Afg‘onistonga sovet qo`shinlari kiritilishidan so`ng va Polshada 1981 yil harbiy holat o`rnatilishidan hamda SSSRning g‘arbiy hududlarida va Janubiy-Sharqiy Yevropadagi sotsialistik mamlakatlarida SS-20 raketalarining joylashtirilishidan so`ng zo`rayib ketdi. Bu davrda qurollanish poygasining yangi bosqichi koinotga ham ko`chish xavfi tug‘ildi. AQSH G‘arbiy Yevropada qanotli raketa va o`rta masofaga uchuvchi raketalarni o`rnata boshladi. Faqat 80- yillarning ikinnchi yarmida boshi berk ko`chadan chiqish yo`lini kelishuvlar orqali izlash bosqichi boshlandi.
1986 yil Reykyavikdagi SSSR va AQSH davlat rahbarlarining uchrashuvidan so`ng tub burilishga asos solindi. 1987 yil dekabrida Vashingtonda SSSR va AQSH o`rtasida o`rta va kichik masofaga uchuvchi raketalarni yo`q qilish to`g‘risidagi shartonma imzolandi. Shundan so`ng, 1991 yil Moskvada Dj. Bush ma’muriyati davrida ikkala tomonning strategik xujim qilish qurollarining tahminan o`ch qismini qisqartirish to`g‘risidagi shartnoma imzolandi. Bunday siyosatni yuritilishi ikki buyuk davlat o`rtasida keskinlashuvdan hamkorlik va tinchlik yo`liga o`tish davri boshlanganligidan dalolat berdi. Buning natijasida, 1988 yil fyevral oyida Afg‘onistondan sovet qo`shinlari olib chiqib ketila boshlanishi, 1989 – 1991 yillar sobiq sotsialistik mamlakatlardagi demokratik inqiloblar yangi geosiyosiy vaziyatni yuzaga kelishiga sabab bo`ldi va “sovuq urush” siyosatiga barham berdi.
1988 yil prezident saylovida respublikachilar partiyasi g‘alaba qozondi. Reyganning siyosatini Dj. Bush davom ettirdi. U Reygan ma’muriyatida vitse-prezident lavozimini egallagan edi.