Ikkinchi jahon urushidan so`ng (1945 – 1970 yillar) Lotin Amerika mamlakatlari.
Urushdan keyingi on yilliklar mintaqa mamlakatlarining tarixi jamoa taraqqiyotining konservativ, raformistk va alternativ inqilobiy kurash bilan boy edi.
Urush va urushdan keyingi yillari Lotin Amerika mamlakatlari uchun qulay tashqi iqtisodiy konyunktura mavjud bo`galganligi (ularning mahsulotlariga narxlarning yuqori bo`lishi) va sanoat sohasini muvofaqiyatli o`sib borishi, milliy sanoat burjuaziyasining kuchayishiga imkonyati yaratdi. Ular, chet kapitalini va agrar-xomashyo xo`jaligi bilan asosan bog‘liq bo`lgan ananaviy burjua-pomeshik olingarxiyasini siqib chiqarib, uning o`rniga milliy iqtisodiyotni jadal o`sishiga qulay vaziyatni yaratish uchun harakat qilganlar. Bunday niyat va harakatlar o`rta tabaqa, mayda burjuaziya va mehnatkashlar tomonidan ma’lum darajada qo`llab quvvatlandi.
Shu asosda Ikkinchi jahon urushidan so`ng ommaviy tarzda natsional-reformistik partiyalar va harakatlar faollashib ketdi. Ular, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotga va ijtimoiy adolatga erishish yo`lida hamda o`z mamlakatining suverenitetini mustaxkamlash maqsadida, millatni birdamligini ta’minlashga chaqirdilar.
Ommaviy va tasirchan bunday harakatlar Argentinagi peronizm – pokovnik, keyichalik esa general Xuan Domingo Peron boshchiligidagi harakat bo`ldi. Uning faol ishtiroki ostida 1943 yil 4 iyunda amlalga oshirilgan harbiy to`ntarishdan so`ng, Peron Argenita hukumatida yuqori pozitsilarni qo`lga kiritdi. Peron, siniflarni birlashishi asosoda mamlakatning qaramlik va qololigidan qutilishuchun hamda adolatli jamitni barpo etish maqsadida, argentina millatini jipslashishiga qaratilgan shiorlarni ilgari sura boshladi. Peron imperializmni va oligarxlarni tanqidlardi, kambag‘allarni esa ximoya qilish haqida so`z yuritirdi. U o`zini udabiron siyosatchi va ajoib orator sifatida namoyish etib, xalq ommasini o`z oqasidan yergashtiraoldi. Millionlab argentinalik mehnatkashlar ommasi Peronni o`zlarining ximoyaichi sifatida qabul qildilar. Mamlakatdagi milliy kasaba markaz – Umumiy mehnatkashlar konfederatsiyasi (UMK) Peronning asosiy tanchiga aylandi. Shu bilan birga Peron tadbirkorlarga hokimiyat boshchiligida ishchilar bilan hamkorlikni o`rnatish va ularni manfaatlarini ximoya qilish va’dasini berish yo`li bilan, tadirkorlar tomonidan o`zini qo`llab quvatlanishini ta’minladi.
1946 yil fyevral oyida Argentinada umumxalq saylovlari bo`lib o`tdi va unda Peronga qarshi konservatorlardan tortib kommunistlargacha mamlakatdagi barcha ananaviy partiyalar birlashdi. Shunga qaramay Peron 54 5% ovozga ega bo`ldi va prezident etib saylandi. Bu lavozimda Peron 9 yil (1946 yil iyun – 1955 yil sentabr) avtoritar metodga tayangan holda mamlakatni boshqardi. 1947 yil peronchilar harakati mamlakatda yetakchilik qiluvchi Peronistik yoki Xustisialistik (“xustisializm” so`zidan olingan va u “adolatni” anglatadi) partiyaga aylantirildi. UMK vakillari hukumat tarkibiga kirdi va Milliy kongrassda – parlamentda ishtirok etdi. Peron ishchilarning ish haqini oshirdi, umumiy pensiya ta’minotini va otpuska haqi to`lanishini kiritda. Mehnatkashlarning ijtimoiy huquqlari mamlakat konstitutsiyasida o`z aksini topdi. Peron hukumati chet kompaniyalaridan temir yo`llarni, telofonni, Markaziy bankni va bir nechta korxonalarni sotib oldi va natsionalizatsiya qildi. Iqtisodiy taraqqiyotni 5- yillik rejasi ishlab chiqildi, bir qator sanoat korxonalari va transport magistrallari qurildi, milliy kapita raxbatlantirildi.
50- yillar o`rtalariga kelib Argentina eksportiga rarxlar tushib ketdi va uning daromati qisqarishi natijasida iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni keng amalga oshirish imkoniyatlarini cheklab qo`ydi. Bunday sharoitda Peronning oppazitsion raqiblari 1955 yil sentabrda harbiy to`ntarishni amalga oshirdilar.
Meksikada esa milliy-roeformistik siyosat 40- yillarda o`rnatildi. Bunga L.Kardenas hukumati tomonidan o`tkazilgan o`zgartirishlar imkon ochib berdi. Kardenasdan keyin Meksika hukumatida milliy sanoat burjuaziyasining ma’nfatlari xukm surdi.
Yetakchi Institutsion-revolyutsion partiya (IRP) – 1946 yil boshlab avvalgi Meksika revolyutsion partiyasi nomlana boshladi – jamiyatning barcha tabaqalarining ommaviy tashkiloti sifatida mamlakatning siyosiy xayotida monopoliyalik qila boshladi. Respublika prezident partiyaning boshligi edi. U partiya tomonidan ko`tarilardi va umumxalq saylovida 6 yilga (qayta saylashish xukuqisiz) saylardi. IRPda yetakchilik rol partiya va davlat byurokratiyasiga tegishlkedi.
Mehnatkashlarning tashkilotlari va shu jumladan ko`p sonli Meksika mehnatkashlari konfederatsiyasi (MMK), IRP va hukumatning nazorati ostidaedi. Meksika ishchilari partiyalari orasida milliy reformizm ta’siri chuqur o`rnashib oldi. Mehnatkashlarga iqtisodiy yon bosishlar, kasaba uyushma vakillarini turli xil komissiyalarda ishtirok etishlari, ishchilarni daromatda ishtirok etishga jalb qilish yo`llari bilan reformistik konsepsiyalar mustaxkamlanib bordi.
Urushdan keyingi o`n yilliklarda Meksika hukumati mahalliy sanoat kapitalini faol ravishda qo`llab quvvatladi va agrar islohotlarni amalga oshirishni davom ettirdi.
Natijada urushdan keyingi yillarda Meksikada doimiy saylovlar va demokratik huquqlar asosidagi mustaxkam konstitutsion rejim shrnatildi. Ammo u avtoritar xususiyatlarga ega edi: prezidentning katta hukumronlik vakolatlarga ega bo`lganligi, davlat va jamiyatda IRPning gegemonlik roli, partiya va davlat byurokratiyasining kengayib borishi. Siyosiy apparat tarkibiga harbiy elita kiritilgan edi, ammo mustaqil rolidan maxrum edi. Bunday holat Meksikani mintaqadagi boshqi mamlakatlardan farqli ravishda ajratib turardi. Chunki mintaqadagi boshqa mamlakatlarda, armiya doim siyosiy xayotga aralashardi.
Mintaqaning bir necha mamlakatlarida (Gvatemala, Boliviya, Nikaragua, Salvador) urushdan keyingi o`n yilliklarda tarqqiyot yo`lida mavjud muammolarni radikal, revolyutsion yo`l bilan hal etish harakatlari bo`lib o`tdi. Kubadagi va Chilidagi inqiloblar 50–70- yillar muxum voqea bo`ldi.
Kubada 1953 yil Fidel Kastro boshchiligada bir guruh revolyutsion eshlar general Fulxensio Batistaning diktatorlik (1952-1959 yillar) rejimiga qarshi chiqish qildilar. Fidel Kastro boshchiligidagi otryad 1953 yil 26 iyulda Santyago shahridagi harbiy kazarmaga hujum uyushtirdi, ammo mag‘lubiyatga uchradi. 1956 yil dekabrda F.Kastro orolning sharqidagi tog‘larda partizan urushlarini tashkillashtirdi. Bu urush xalq tomonidan qo`llab quvvatlandi va 1959 yil 1 yanvarda diktaturani ag‘darilishi va inqilobning g‘alabasi bilan yakunlandi. Povstansiyalar Revolyuston hukumatni shakllantirdilar va unga 1959 yil fyevralidan Fidel Kastro boshchilik qildi. Kubada inqilobiy o`zgarishlar ro`y bera boshladi. F.Kastro boshchiligida inqilobchilarning radikal qismi aholining kambag‘al tabaqalari foydasi yo`lida jamitda o`rnatilgan iqtisodiy va ijtimoiy tartiblarni qat’iy buzishga harakat qildilar. Ularning fikricha, buni mehnatkashlarning ommaviy tashkilotlariga tayangan holda revolyutsion diktatura amalga oshirishi kerak edi.
Amo, revolyutsion rejim sharoitida Kubaning taraqqiyoti o`sib borayotgan qiyinchiliklar va qarama-qarshiliklar bilan to`qnash keldi. Kuba va AQSH o`rtasidagi iqtisodiy aloqalarning uzilishi vaziyatni yanada keskinlashtirib yubordi. AQSH Kubaga nisbatan iqtisodiy blokadani e’lon qildi. Natijada, 60- yillar boshida Kuba, o`z aholisini birinchi darajadagi ozoq-ovqat va ehtiyoj mollar bilan ta’minlashda kartochka tizimini joriy etishga majbur bo`ldi. Kuba hukumati 60- yillar boshlarida “kommunistik jamiyat” ga jadal ravishda o`tish yo`lini tanladi. Qishloqlarda xususiy xo`jaliklar (67 ga. ziyod) yo`qatildi. Barcha xo`jaliklarning 60 % ni dalat sektori o`z qo`liga oldi. Barcha mayda va xususiy xunarmandchilik sanoat korxonalari, sovo-sotq va xizmat ko`rsatish sohalari natsionalizatsiya qilindi. Bunday holat aholiga xizmat ko`rsatish va ta’minot masalasiga salbiy ta’sir ko`rsatdi. Bozor va mahsulot-pul munosabati yoqatildi. Maosh berish tizmida tenglik o`rnatildi va ishdan tashqari vaqitda bepul “kommunistik” mehnat joriy qilindi. Mamlakatda bir jadal industrlashtirishga , bir bor shakar mahsulotini ishlab chiqarishni ko`paytirish va eksport qilishga katta umidlar bilan qaralganedi. Ammo na unisi na bunisi o`ylagan natijjalarni bermadi.
1961 yil Kubaning asosiy inqilobiy siyosiy tashkilotlari birlashdi. YAgona partiya 1961 yil boshlab kommunistik partiya deb ataldi. Partiya Markaziy Komitetining birinchi kotibi Fidel Kastro bo`ldi. Shu vaqitdan boshlab u mamlakatda hokimiyat monopoliyasiga ega bo`lgan yagona partiyaga aylandi. Kubada F.Kastro boshchiligida va partiya rahbarligidagi davlat boshqaruvi, markazlashtirilgan davlat qaramog‘idagi iqtisodning vujudga kelishi, 60- yillar byurokratik totalitar so`l rejimning shakllanishiga olib keldi. Ommaviy tashkilotlar mehnatkashlar ustidan nazorat richagiga aylanib qoldilar.
Chilida 1970-1973 yillar boshqacha shakldagi inqilobiy rivojlanish ko`llanildi. Bu yerda so`l kuchlar – sotsialistlar, kommunistlar, radikallar va ularning ittifoqchilari – “Xalq birligi” blokiga birlashdilar va tinch, konstitutsion yo`l bilan hokimyaitga kelishga harakat qildilar. Ular sotsializmga kelishni o`zlarining bosh mahsadi etib e’lon qildilar va inqilobiy o`zgarishlarni amalga oshirishga kirishdilar. Bunday maqsadga demokratik erkinliklarni, ko`p partiyaviylikni va turli shakldagi mulkchilikni (davlat, kooperativ va xususiy) saxlab qolish yo`li bilan erishish ko`zda tutilganedi. Chilida 1970 yil 4 sentabrda prezident saylovlarida so`l kuchlar g‘alaba qozonib sotsialistlar vakili Salvador Alende (1970 yil noyabr – 1973 yil sentabr) prezidentligi boshchiligida “Xalq birligi” hukumatini shakllantirdilar. Bu hukumat hukumat o`z dasturida belgilangan vazifalarni bajarishga kirisha boshladi.
Mulkdor sinflarning qarama-qarshiligi, so`l kuchlar orasidagi kelishmovchiliklar, ular orasida inqilobiy sabirtoqatsizlik va ekstremizmningo`sib borishi, bulaning hammasi xalq orasidahukumatga nisbatan ishonchsilikni tug‘dirdi va “Chili eksperimentini” mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Bunday holat yuz berishida Alede hukumatiga nisbatan AQSH va chet el kapitalining salbiy pozitsiyasi hamda Chili qurolliy kuchlari dushman tarfiga o`tib ketganligi katta salbiy rol o`ynadi. 1973 yil 11 sentabrda harbiy to`ntarish natijasida Alende hukumati ag‘darib tashlandi. Uning o`zi esa prezident saroyini ximoya qilib halok bo`ldi. Natijada, Chilida general Augusto Pinochetning harbiy diktaturasi (1973-1990 yillar) o`rnatildi.
Lotin Amerik jamiyatidagi ananaviy asoslarini inqirozi hamda inqilobiy va demokratik harakatlarning ko`tprilishi, Vashingtonning bu mintaqaga bo`lgan siyosatining o`zgarishiga olib keldi. AQSH prezidenti Djon Kenedi ”Taraqqiyot maqsadida ittifoq” dasturini taklif etdi va bu dastur 1961 yil avgustda 19 Lotin Amerika respublikalari tomonidan qabul qilindi.
Dastur 10 yilga mo`ljallanganedi. U, jadal usullarda industirlashtirishni, iqtisodiyotda agrar-homashyo eksportidan hamda mashina va uskunalar importidan qaramligini kamaytirishni nazarda tutgan. Shuningdek, ijtimoiy-siyosiy xayotda demoratlashtirilish, agrar islohot, o`y joy qurulishi, sog‘liqni saxlash va xalq ta’lim tizimi yaxshilanishi amalga oshirilishi kerakedi. Dasturni amalga oshirish uchun AQSH 20 mlrd. dollar miqdorida kredit va boshqa turdagi yordam ko`rsatish vadasini bergandi.
60- yillar davlatning va chet elning ko`magida sanoat taraqqiyoti jadalashdi. 1966-1970 yillar qayta ishlash sanoat maxsulotining yillik o`rtacha o`sish tempi 7,3 % ko`tarildi. Avtomobillarni, elektro uskunalarni va radioapparaturalarni ishlab chiqorilish yo`lga qo`yildi.
Siyosiy xayotda demokratlashtirish sohasida ”Taraqqiyot maqsadida ittifoq” dasturi sezilarli darajada mofaqiyatga erishmadi. Aksincha. 60- yillar Pargvay, Gaiti va bir qator boshqa mamlakatlarda xali ham diktatorlik rejimlari sxlanib turgandi. 1963-1966 yillar to`ntarishlar natijasida harbiy diktatorlik rejimlari Gvatemalada, Gondurasda, Dominikan Respublikasida, Boliviyada, Braziliyada va Argentinada o`rnatildi.