10-mavzu: Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda Yevropa va Amerika mamlakatlari ikkinchi jahon urushidan keying davrdan bugungi kunga qadar aqsh va Lotin Amerikasi davlatlari reja



Yüklə 83,54 Kb.
səhifə3/10
tarix24.10.2023
ölçüsü83,54 Kb.
#161150
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
10-mavzu

3. XX asr 70- yillarida AQSH.
1970 yillarda AQSH boshqa kapitalistik mamlakatlar singari yirik tarkibiy o`zgarishlarni boshidan kechirdi. Bunday o`zgarishlar jahon miqyosidagi iqtisodiy va tarkibiy inqirozlar, ilmiy-texnikariy inqilobning keng yoyilgan yangi boskichiga o`tishi, iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni almashuvidagi muhim davr bo`lganligi bilan bo`g‘liq edi. Bu davrda AQSHda ham siyosiy janjallar va Vetnam urushidagi (“vetnam sindromi”) mag‘lubiyatni boshdan og‘ir kechirish jarayonlari o`rin topdi.
1968 yil o`tkazilgan saylovda respublikachilar partiyasi g‘alaba qozondi va prezident etib Richard Nikson saylandi.1972 yil u qayta prezident lavozimiga saylandi. Ammo 1974 yil R.Nikson iste`foga ketishga majbur bo`ldi (saylov davrida demokratlar partiyasi joylashgan shtab-kvartirasida Nikson odamlari tomonidan eshituvchi moslamalar o`rnatilganligi anig‘langandan so`ng “Uotergeyt janjali” yuzaga keladi). Shundan so`ng, navbatdagi saylovga qadar prezident lavozimi vitse-prezident D.Ford qo`liga o`tdi. Mamlakatda 1976 yil o`tkazilgan saylovda demokratlar partiyasi g‘alaba qozondi va prezident etib Djimmi Karter tayinlandi.
Amerika hukumatining iqtisodiy siyosatida keynsianlikdan to neoko­n­ser­vatizmgacha bo`lgan jiddiy silkinishlar ro`y berdi. 70- yillarda yangicha ijtimoiy tizim keng yoyildi: rasmiy kambag‘allik chizig‘idan kam daromat oluvchi oyilalar davlatdan ijtimoiy posobiya olish huquqiga ega bo`ldilar. Ushbu posobiyalar ijtimoiy sug‘urtani to`ldiraredi. Bundan tash­qari, oziq-ovqat talonlarini berish tizimi mavjudedi. 70- yillarning o`rtalariga kelib hukumatning turli tarmog‘laridan yordan oluvchilarning umumiy soni 33 mln. kishini tashkil etdi. Shu bilan birga Nikson ma’muriyati kasaba uyushmalarga qarshi qaratilgan siyosatni olib bordi. Jumladan, kasaba uyushmalar faoliyatini cheklovchi bir qator qonunlar qabul qilindi.
Respublikachilar ma’muriyatining tashqi siyosatdagi faoliyati ham qarama-qarshi harakterga ega edi. Vetnamdagi urushni, g‘alaba qozonilmagan bo`lishiga qaramay, 1973 yil to`htatishga majbur bo`ldi.
70- yillarda sovet-amerika munosabatlarida jiddiy o`zgarishlar ro`y berdi. SSSR va AQSH o`rtasida raketaga qarshi mudofa tizmini cheklash to`g‘risidagi shartnoma va strategik hujum qurollarini (OSV-1) cheklash sohasida ayrim tadbirlar to`g‘risidagi vaqtinchalik kelishuvMoskva shahrida imzolanganedi. Keyinrog‘ esa strategik qurollarni qisqartirish (OSV-2) to`g‘risidagi shartnoma imzolandi.



Yüklə 83,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin