1925-1941-yillarda O‘zbekistonda o‘tkazilgan aholini ko‘chirish
. Ko‘chirish tadbirlarining amalga oshirilishi
. 3 Mehnat qishloqlarining tashkiliy-xo‘jalik jihatdan bir tizimga solinish
kirish Mavzuning dolzarbligi. Yangi tarixiy davr ijtimoiy hayotida ro’y berayotgan yalpi ma’naviy yangilanish jarayoni tarixshunoslik sohasini ham qamrab oldi. Ma’naviy-ruxiy jihatdan yangilanishda tarixiy xotira masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «...o‘z tarixini bilmaydigan kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo’q".1 Respublika Prezidenti I.A.Karimov tarixni o‘rganish orqali mustamla-kachilik ta’sirida o‘zligini yo‘qotgan fuqaroni o’ygonishga, o‘zligi anglashga da’vat etadi: "...tarixiy xotira tuyg‘usi to‘laqonli ravishda tiklangan, xalq bosib o‘tgan yo‘l o‘zining barcha muvaffaqiyat va zafarlari, yo‘qotish va qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o‘rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo‘ladi".2Mustaqillik davrida tarixni obyektiv ravishda o‘rganishga, xususan, Rossiya imperiyasi va sovet mustamlakachiligi yillarida O‘zbek xalqi bosib o‘tgan yo‘lni qaytadan tahlil qilish, sharxlash, umumlashtirish, unga xolisona baho berishga chuqur ehtiyoj sezildi. O‘zbekistonning yangi tarixini yaratish umumdavlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 iyuldagi "O‘zbekistoi Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti faolyatini takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarori, "O‘zbekistonning yangi tarixi" uch kitobining nashr etilishi tarix fani taraqqiyotida mutlaqo yangi davrni boshlab berdi. "O‘zbek xalqi davlatchiligi tarixi konsepsiyasi»da1 mustabid sovet tuzumi davrini keng yoritish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Natijada O‘zbekistonda sovetlarning "sotsializm qurish" siyosati va uning ijtimoiy oqibatlari, kollektivlashtirish va quloqlashtirish, surgun tarixi muammoalarini mushohada qilish, xolisona yoritish sari dadil qadamlar tashlanmoqda.Mavzuning dolzarbligi, birinchidan, shunda ko‘rinadiki, aynan shu davrning ijtimoiy-siyosiy vokeligi bo‘lgan sovetlarning aholini ko‘chirish siyosati va uning oqibatlari masalasi sovet hamda mustaqillik davri tadqiqot-chilarning e’tiboridan chetda qoldi.Sovet davri tarixidagi urganilishi, muhim ilmiy xulosalar kilinishi lozim bulgan muammolardan biri - XX asrning ikkinchi choragida O‘zbekistonda amalga oshirilgan sovetlarning aholini ko‘chirish siyosati va uning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy oqibatlari masalasidir. Aholini ko‘chirish siyosati yangi yerlarni o‘zlashtirishga, paxta maydonlarini kengaytirishga, chorizmdan meros qolgan paxta monopoliyasini yanada kuchaytirishga, paxta mustaqilligiga erishishga qaratildi. Ushbu bilan bir qatorda respublikadagi mavjud demografik muammoni bartaraf etish, yakka dehqon xo‘jaliklarini kollektivlashtirish, respublikadagi qirg‘iz, qozoq, turkmanlarning ko‘chmanchi qismini utroqlashtirish kabi vazifalarning hal etilishi maqsadlashtirilgan edi.Shuningdek, mavzuning dolzarbligi shundaki, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi tarixida o‘zlashtirilmagan hududlarni o‘zlashtirish hamda aholini ko‘chirish tadbirlariga bag‘ishlangan fundamental tadqiqot yaratilmadi. Bu davr murakkabliklar va ziddiyatlarga boy bo‘lib, ularning mohiyat chuqurroq idrok etish uchun ham aholini ko‘chirish siyosati tarixini o‘rganish muhim vazifa sifatida qaralmoqda. Mazkur mavzuni ilmiy tadqiq qilish usha davrdagi qishloq aholisining qismati, taqdiri haqida fikr va tasavvurlarni to‘ldiradi va boyitadi.Bugungi kunda O‘zbekistan hukumati agrar siyosatni to‘g‘ri tashkil etish, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish yo‘lida sovetlar davri tarixidan nazariy ilmiy va hayotiy jihatdan muhim xulosalarga asoslanib ish tutmoqda. O‘tmishdagi xato va nuqsonlarni takrorlamaslik, xususan, boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usulidan voz kechib, demokratik tamoyillarni. keng ko‘llash, dexqonlarning manfaatlari bilan birinchi o‘rinda hisoblashish, qishloq taraqqiyoti va farovonligi uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlar tizimini takomillashtirish yo‘lida sovetlarning aholini ko‘chirish siyosati va amaliyoti tajribasidan saboq olish, uni e’tiborga olish muhim ahamiyatga egadir. Shu jihatdan ham mazkur mavzu nihoyatda dolzarb hisoblanadi.