DavIat olib boradigan iqtisodiy siyosatning asosiy zaruriy ahamiyati ham samarali talabni shakllantirishdan iborat.
Chunki sof bozor mexanizmining o'zi bajara olmaydigan masalalarda davlatning aralashuvi zaruratga ayIanadi.
Samarali talabni shakllantirish masalasida - bu talabning jamg'armalar hajmining kengayishi bilan qoplanadigan investitsiya qismi g’oyat muhim ahamiyatga ega.
2000-2015-yillarda yalpi ichki mahsulot va yalpi ichki jamg‘armalar dinamikasi joriy baholarda. (mlrd. so‘m)
Bilib qo’ying!
Agar mamlakat miqyosida jamg‘armalar hajmi investitsiyalar hajmidan ortsa, unda jamg‘armalarning investitsiyalardan ortgan qismi mamlakat tashqarisiga chiqib ketishi mumkin, ya`ni sof capital chiqimi 0 dan katta bo`ladi.
Agar investitsiyalar hajmi jamg‘armalar hajmidan ortiq bo‘lsa, unda kapitalning sof chiqimi 0 dan kichik bo`ladi, bu mamlakatda kapital yetishmovchiligi yuz berayotganini bildiradi.
1. O‘zbekistonda jamg‘armalar hajmi yildan-yilga o‘sib boryapti, bu iqtisodiyotda makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minlashda muhim omil hisoblanadi.
2. O‘zbekistonda jamg‘armalar va investitsiyalar o`rtasidagi muvozanat ijobiy holatda, demak ushbu muvozanat ham muhim makroriqtisodiy muvozanatlardan biri
ya'ni
investitsiyalar iqtisodiy rivojIanishning asosiy omiliga aylanadi va davlatning iqtisodiy siyosatida bu masaIaga alohida e'tibor berilishi kerak