10-Mavzu. Ishchi kuchi va uning bandligi Reja


O‘zbekistonda ishchi kuchi bandligini ta’minlash va ishsizlarni



Yüklə 34,61 Kb.
səhifə8/9
tarix12.10.2023
ölçüsü34,61 Kb.
#154429
1   2   3   4   5   6   7   8   9
10-Mavzu. Ishchi kuchi va uning bandligi

5. O‘zbekistonda ishchi kuchi bandligini ta’minlash va ishsizlarni
ijtimoiy himoyalash borasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari.
Bozor munosabatlariga o‘tish davrida davlatning ijtimoiy siyosati faqat jamiyat a’zolarining manfaatlarini ishonchli ravishda himoya qilishdangina iborat bo‘lmasdan, balki mehnatga yaroqli aholining ish bilan bandligini ta’minlashni ham o‘z ichiga oladi. Ayniqsa, aholining o‘sishi yuqori sur’atlar bilan borayotgan va o‘ziga xos aholi tarkibiga ega bo‘lgan bizning Respublikada ish bilan bandlik masalasi eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. Iqtisodiy islohotlar davrida ushbu masalani hal etish uchun respublikada bir qator tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Birinchidan, keng faoliyat turlari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlikni kengaytirish uchun sharoit yaratish. Birinchi navbatda qishloq xo‘jalik xom ashyosini qayta ishlash, xalq iste’mol mollarini, mahalliy xom ashyodan qurilish materialllari tayyorlovchi xususiy kichik korxonalarni faol rivojlantirishni rag‘batlantirish.
Qishloq joylarda aholiga ko‘rsatilgan pullik xizmatlarning salmog‘i 21,0 foizga teng bo‘lib, ularning deyarli 85,0 foizi uy-joy va kommunal xo‘jaligi, yo‘lovchi transporti va maishiy xizmat sohalariga to‘g‘ri keladi.
Uchinchidan, qishloqda keng tarmoqli ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratib, shu orqali yangi ish joylarini ochish, yangi ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish.
Bu vazifalarni amalga oshirish uchun Respublikada qishloq ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha ishlar uzluksiz davom ettirilmoqda.
To‘rtinchidan, ishdan bo‘shagan xodimlarni qayta tayyorlash va qayta o‘qitishni tashkil etishni tubdan o‘zgartirish. Bunda ishdan bo‘shayotgan va ixtisosi bo‘lmagan shaxslarga qisqa davrda, bozor iqtisodiyotiga hamda iqtisodiyotning o‘zgarib borayotgan tuzilishiga muvofiq keluvchi kasbkorni o‘rgatishga e’tibor qaratish. SHu maqsadda maxsus maslahat va o‘quv markazlari, biznes maktablarning keng tarmog‘ini yanada rivojlantirish ko‘zda tutiladi.
Beshinchidan, vaqtincha ishga joylashtirish imkoni bo‘lmagan mehnatga yaroqli aholini davlat tomonidan ishonchli ravishda ijtimoiy himoyalash. Bu siyosat ularning o‘ta zarur ehtiyojlarini qondirish va kafolatli tirikchilik manbalariga ega bo‘lishga qaratiladi.
Ishchi kuchining ish bilan bandligi muammosi ko‘p qirrali bo‘lib, u barcha odamlarga o‘z qobiliyatlarini ishga solish, o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun dastlabki teng imkoniyatlarni ta’minlovchi davlat va bozor mexanizimini vujudga keltirish; ishchi kuchini unumli va samarali ish bilan band qilish; zarur hollarda ishchi kuchini iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari o‘rtasida qayta taqsimlash kabi masalalarni ham o‘z ichiga oladi.



Yüklə 34,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin