10-Mavzu. Ishchi kuchi va uning bandligi Reja


Ishchi kuchi bandligi to‘g‘risidagi turli konsepsiyalar sharhi



Yüklə 34,61 Kb.
səhifə6/9
tarix12.10.2023
ölçüsü34,61 Kb.
#154429
1   2   3   4   5   6   7   8   9
10-Mavzu. Ishchi kuchi va uning bandligi

4. Ishchi kuchi bandligi to‘g‘risidagi turli konsepsiyalar sharhi
Ishchi kuchining bandligi to‘g‘risidagi nazariyalar bir-biridan muammoga nisbatan yondoshuv, qo‘llanilgan tadqiqot usullari va vositalari jihatidan farqlanadi. Darslik va o‘quv qo‘llanmalarda ishchi kuchi bandligi bo‘yicha neoklassiklar, keynschilar, monetarizm, institutsional-sotsiologik va boshqa ilmiy maktab vakillarining qarashlari bayon etiladi.
Neoklassik maktab konsepsiyasi A.Smitning klassik nazariyasi qoidalari asosida shakllantirilib, D.Gilder, A.Laffer, M.Feldstayn, R.Xoll kabi bir qator olimlarning fikr-mulohazalari orqali namoyon bo‘ladi. Bu maktab namoyandalari ishchi kuchi bozorini maxsus qonunlarga bo‘ysunuvchi aloqalar tizimi sifatida ko‘rib chiqib, ular bozor mexanizmi orqali boshqarilishini ta’kidlaydilar. Ish haqi darajasi ishchi kuchining narxi sifatida ko‘rsatiladi va unga bo‘lgan talab va taklifga ta’sir ko‘rsatib, ular o‘rtasidagi nisbat va zarur muvozanatni ta’minlaydi. Ishchi kuchining narxi bozor kon’yunkturasiga tezlik bilan javob qaytaradi, ya’ni bozordagi talab va taklifning o‘sishi yoki kamayishiga qarab o‘zgaradi. SHunga ko‘ra, ishchi kuchi bozoridagi taqchillik yoki taklif ortiqchaligi ish haqi darajasini o‘zgartirish orqali bartaraf etiladi. Ishchi kuchi bozorining klassik modeli uning o‘zini-o‘zi tartibga solish tamoyiliga asoslanadi.
Keynscha maktab vakillari ishchi kuchi bozorini harakatsiz, o‘zgarmas tizim sifatida baholab, unda ishchi kuchining narxi qat’iy belgilangan bo‘lishini ta’kidlaydilar. Bandlik va ishsizlik darajasi, ishchi kuchiga bo‘lgan talab, real ish haqi darajasi kabi asosiy ko‘rsatkichlar ishchi kuchi bozori orqali emas, balki tovar va xizmatlar bozoridagi samarali talab miqdori orqali belgilanadi. Ishchi kuchi bozorida esa faqat ish haqi darajasi va unga bog‘liq bo‘lgan ishchi kuchi taklifi miqdori shakllanadi. Biroq ishchi kuchi taklifi amaldagi bandlikning shakllanishida etakchi rolni o‘ynamay, balki faqat uning ish haqining muayyan hajmidagi eng yuqori mumkin bo‘lgan darajasini tavsiflaydi. Ishchi kuchiga bo‘lgan talab yalpi talab, investitsiya va ishlab chiqarish hajmi orqali tartibga solinadi. Ishsizlikning mavjud bo‘lishi yalpi samarali talabning etishmasligi bilan shartlanib, uni byudjet va pul-kredit siyosatining iqtisodiy faollikni oshiruvchi chora-tadbirlari orqali bartaraf etish mumkin. Davlat yalpi talabni kengaytirish tadbirlarini amalga oshira borib, ishchi kuchiga bo‘lgan talabning o‘sishiga imkon yaratadi va buning natijasida bandlikning o‘sishi hamda ishsizlikning qisqarishi ro‘y beradi.
Monetar maktab namoyandalari (M.Fridmen, E.Felps va boshqalar) bozor iqtisodiyotini o‘z-o‘zidan tartiblanuvchi tizim sifatida baholab, uning narx mexanizmining o‘zi bandlikning oqilona darajasini belgilab berishini ta’kidlaydilar. Bunday tizimga davlat tomonidan har qanday aralashuv bozorning o‘zini-o‘zi tartibga solish mexanizmini ishdan chiqaradi. Davlatning pul vositasida yalpi talabni rag‘batlantirishi esa pirovardida inflyasiya jarayonlarining kuchayishini keltirib chiqaradi.
Monetaristlar iqtisodiyotda doimo ma’lum darajada ishsizlik mavjud bo‘lishini ta’kidlab, uni «ishsizlikning tabiiy me’yori» deb ataydilar. Bandlikning bu «tabiiy daraja»dan chetlanishi faqat qisqa muddatli tavsif kasb etadi. Agar bandlik darajasi muvozanat darajasidan ortiq bo‘lsa, bu inflyasiyaning jadallashuviga, agar kam bo‘lsa, deflyasiyaning jadallashuviga olib keladi. Bandlikni barqarorlashtirish bo‘yicha siyosat ishsizlik darajasini uning tabiiy me’yoridan chetlanishiga, ishlab chiqarish hajmi va band bo‘lganlar sonining tebranishlariga qarshi kurashga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Ishchi kuchi bozorini muvozanatga keltirish uchun monetaristlar asosan pul-kredit siyosati dastaklaridan foydalanishni tavsiya etadilar.

Yüklə 34,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin