10-mavzu. Ishlab chiqarish korxonalarini shamollatish va yoritish tizimi. R e j a


bu yerda: F – yorug’lik oqimi, lm; S – yoritilayotgan yuza, m2. Ravshanlik



Yüklə 23,99 Kb.
səhifə7/9
tarix14.12.2023
ölçüsü23,99 Kb.
#178807
1   2   3   4   5   6   7   8   9
10-mavzu. Ishlab chiqarish korxonalarini shamollatish va yoritis-azkurs.org

bu yerda: F – yorug’lik oqimi, lm;
S – yoritilayotgan yuza, m2.
Ravshanlik –yuza birligidan taralayotgan yorug’lik kuchi; o’lchov birligi bir kv.m2 ga tushayotgan kandella, kd/ m2.
Ish yuzasining ravshanligi nafaqat yorititlayotganlikka, balki bu yuzaning aks ettirish koeffistientiga ham bog’liq; yuza o’ziga tushgan nurlarni qaytarish xususiyati qancha yuqori bo’lsa, ravshanligi ham shuncha katta bo’ladi.ortiqcha ravshanlik–yaltirash noxush hodisa, ko’zlarni qamashtiradi.
Ishlab chiqarish binolar ichi va ishchi yuzalarni yoritish uchun tabiiy va sun’iy yoritishdan foydalaniladi. Tabiiy yoritish 3 xil: yonlama (oynalar orqali), tepadan, qurama.
Sun’iy yoritish ham 3 xil: umumiy, mahalliy va qurama. Bundan tashqari, ishlab chiqarish binolari, saqlash zonalari, ochiq hudud va omborlarni sun’iy yoritish quyidagilarga bo’linadi: ishchi, avariyaviy, evakuastiya, qo’riqlash, navbatchilik.
Avariyaviy yoritish ishchi yoritish manbaiga bog’liq bo’lmagan manbadan (akkumulyator batareyalari, maxsus generatorlar, shaxsiy yuritmali generatorlar va boshqalar) ishlaydi, ishchi yoritishning belgilangan me’yorlarining 10-15 % darajasida yoritadi.
Avariyaviy va evakuastiya yoritishga cho’g’lanuvchi yoki lyuminestent lampalar ishlatiladi; yuqori bosimli, rangi o’zgartirilgan yoyli simob lampalarni (ruscha: DRL), ksenon (DKsT), metallogaloidli (DRI) va natriyli (DNaO) lampalarni ishlatish mumkin emas.
Tabiiy va sun’iy yoritish me’yorlari, bino ichidagi yoki ochiq maydondagi ish o’rinlari va ishlarni tavsifini hisobga olgan holda , qurilish me’yorlari va qoidalarida (ruscha: SNiP II-4-79) berilgan.
Tabiiy yorug’lik odam uchun biologik va gigienik jihati bilan qimmatli. Yuqori darajada yoyilganlik (diffuziyalik) xususiyati uchun ko’rish organlariga juda qulay. Tabiiy yorug’likni raqam bilan tavsiflash maqsadida nisbiy ko’rsatkich –tabiiy yoritilganlik koeffistienti–e (t.yo.k.) qabul qilingan. Bu koeffistient bino ichidagi qandaydir bir nuqtani tabiiy yoritilganligi (Eu) ni ochiq osmon ostidagi gorizontal yuzaning yoyilgan yorug’lik bilan yoritilganligi (Em) ga nisbati orqali, foizlar bilan hisoblanadi:
Tabiiy yoritilganlikning sifati t.yo.k.ning bino ichi bo’yicha notekislik darajasi bilan aniqlanadi.
Sun’iy yoritilganlik, yoritilganlikning ko’rsatkichi pulslanish koeffistienti, ko’zni qamashtirish ko’rsatkichi va notekisligi bilan tavsiflanadi.




Yüklə 23,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin