10-mavzu. Kompyuter grafikasi. Grafik dasturlarning imkoniyatlari(Corel Draw va Photoshop dasturlari) Ma’ruza rejasi



Yüklə 15,79 Kb.
tarix23.02.2022
ölçüsü15,79 Kb.
#52994
7-mavzu javobi


10-mavzu. Kompyuter grafikasi. Grafik dasturlarning imkoniyatlari(Corel Draw va
Photoshop dasturlari)
Ma’ruza rejasi:
1. CorelDraw dasturi haqida
2. CorelDraw dasturida turli asboblar bilan ishlash
3. Adobe Photoshop dastiri haqida
4. Adobe Photoshop dasturida turli asboblar bilan ishlash
Qisqacha nazariy ma’lumotlar:
CorelDRAW vektorli grafik dasturini ishga tushirish uchun quyidagi amallar ketma-ketligi
bajariladi: ПускВсе программы – CorelDRAW Graphics Suite X4 – CorelDRAW X4. Natijada
dastur oynasi quyidagi ko’rinishni oladi:
Topshiriq. Corel Draw dasturida olimpiada halqalari hosil qilinsin va halqa bo’ylab matn
kiritilsin.
Ishni bajarish tartibi:
1-qadam. Corel Draw dasturini ishga tushiriladi va asboblar panelidagi
shakl yordamida 5 ta aylana chizib olinadi:
2
.
2-qadam. Endi, uskunasi yordamida halqa chiziqlarini
qalinlashtiriladi va unga kerakli rang berilishi uchun <Перо абриса> xususiyatidan <Цвет>
buyrug’i tanlanadi, so’ngra quyidagi oyna hosil bo’ladi. Bu yerdan kerakli rangni tanlab
tugmasiga ta’sir etiladi, natijada halqaning rangi tanlangan rangga o’zgaradi:
3-qadam. Natijaga yaqinlashmoqdamiz, hosil bo’lgan halqalarni ishchi sohada tartib bilan
joylashtiriladi (Olimpiada halqalari kabi):
3
4-qadam. Halqalar bo’ylab matn kiritish uchun dastlab, asboblar panelidan (yoki F8
tugmasi) piktogrammasi tanlanadi va <Текст> menyusidan <Текст вдол пути> bandi tanlanib
kerakli
matn kiritiladi, hamda kutilgan natijaga erishiladi (natijadan zavqlaning):
.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar:
Adobe Photoshop esa rastrli grafik muharriri bo’lib, Windows muhitida ishlovchi
kompyuterlari uchun mo’ljallangan elektron ko’rinishdagi fototasvirlarni tahrirlovchi dasturdir.
“Adobe Photoshop” tasvir tahrirlagichi yordamida fotosuratlarga qo’shimchalar kiritish,
fotosuratdagi dog’larni o’chirish va eski rasmlarni qayta ishlash va tiklash, rasmlarga matn kiritish,
qo’shimcha maxsus samaralar bilan boyitish, bir fotosuratdagi elementlarni ikkinchi fotosuratga
olib o’tish, suratdagi ranglarni o’zgartirish, almashtirish mumkin. “Adobe Photoshop” imkoniyatlari
keng qamrovli bo’lib, u gazeta va jurnallarni turli-tuman rasmlar bilan boyitishda juda katta
qulayliklar yaratadi.
Dastur Пуск->Все программы->Adobe Photoshop CS5 buyruqlar ketma-ketligi asosida
ishga tushiriladi va dastur interfeysi quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
Hosil bo’lgan interfeys chap tomonida asboblar paneli elementlari, o’ng tomonida esa
ishlash uchun qulaylik yaratish maqsadida Окно menyusidan kerakli band tanlanib ekranga chiqarib
olinadi.
4
Topshiriq. Photoshop dasturida bargli matn kiritilsin va ularga effektlar berib tasvir yanada
boyitilsin.
Ishni bajarish tartibi:
1-qadam. Photoshop dasturini ishga tushiramiz va Файл menyusidan Создатъ (Сtrl+N)
bandi tanlanadi. Natijada quyidagi oyna ko’rinishi hosil bo’ladi, bu yerda yangi hujjat o’lchamlari:
ya’ni eni 15 sm, bo’yi 10 sm lar kiritilib, tugmasiga ta’sir etiladi:
2-qadam. Endi, Cлои menyusidan yangi qatlam hosil qilish uchun Новый→Скопироват на
новый слои (yoki klaviaturadan tugmalari) va hosil bo’lgan qatlamning <Добавить
стиль слоя> xususiyatidan <Наложение узора> buyruqlari tanlanadi. So’ngra quyidagi oyna
ko’rinishi hosil bo’ladi. Bu yerdan bironta fonni tanlab tugmasiga ta’sir etiladi, natijada
yangi qatlamning foni o’zgaradi.
3-qadam. Navbatdagi qadamda esa yangi oynaga matn kiritish uchun Инструмент lar
panelidan piktogrammasi tanlanadi va hosil qilingan fondagi sohaga (o’rtadan tekislangan
holda) kerakli matn kiritiladi:
5
4-qadam. Natija sari yaqinlashish uchun xotiradan har xil ko’rinishdagi barg tasvirlarini
tanlab, ularni kiritilgan matn ustiga joylashtirib chiqiladi:
5-qadam. Oxirgi qadamda esa bizdan faqat barglar yordamida hosil qilingan matnni
qoldirish talab etiladi. Buning uchun <Слои> oynasiga o’tib,
INFORMATIKA KAFEDRASI> qatlami oldida <Указывает на видимость слоя> buyrug’i
tanlanadi va kutilgan natijaga erishiladi:
Ushbu amaliy ishni hosil qilishdan maqsad, dasturning keng imkoniyatlaridan birini
ko’rsatib berish edi. Ishni yanada boyitish sizning fantaziyangizga havola!

Yüklə 15,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin