Tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlar
Tushunchalar o‘rtasida biror - bir munosabat ularning o‘zaro muayyan belgilarga ega bo‘lishi yoki o‘zaro muayyan belgilarga ega bo‘lishi yoki bo‘lmasligiga ko‘ra o‘rnatilishi mumkin.
Ana shu mezonga ko‘ra tushuncha qiyoslanadigan va qiyoslanmaydigan bo‘ladi. Qiyoslanadigan tushuncha o‘zaro biror - bir umumiy belgalari mavjud bo‘lgan buyumlarda in’ikos etadi. Masalan, «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi» tushunchasini olib tahlil qilganda mazkur tushuncha barcha mamlakatlarda qo‘llanilayotgan umumiy asosiy qonunlarga egaligi bilan boshqa davlatlar konstitutsiyalariga bog‘lanib turadi. Shuning bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasining o‘ziga xos, uning o‘z tarixiy o‘tmish an’analariga mos keladigan, aynan o‘ziga taalluqli jihatlari konstitutsiyamizda aks etgandir. Zotan, har bir mamlakatda shu mamlakatning xalqlari manfaatlaridan kelib chiqib konstitutsiya qabul qilingan bo‘lib, odamlar shu asosda yashaydilar.
Qiyoslanmaydigan tushuncha o‘zaro umumiy jihatlari bo‘lmagan buyumlar o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi. Masalan, «musiqa» va «tarvuz», «yurak» va «qonun», «traktor» va «yosh go‘dak.» tushunchalari orasida bog‘liqlik yo‘q, ammo bo‘lganda ham juda - juda uzoqdir. Shu bois, ularni taqqoslab bo‘lmaydi.
Mantiq faqat umumiy jihatlari mavjud bo‘lgan tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganadi, munosabatlar sig‘ishadigan va sig‘ishmaydigan turlarga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: |