Tushunchalarni umumlashtirish va chegaralash
Hajmi kichikroq tushunchalarni hajmi kattaroq tushunchalarga kelishini mantiqda umumiylash deyiladi. Tushunchalarni umumiylashtirish fanda katta ahamiyatga ega bo‘lib, eng umumiy tushunchalar kategoriyalar deb ataladi. Kategoriyalar ob’ektiv borliqdagi predmet va hodisalarning eng umumiy xususiyatlarini, aloqa va munosabatlarini aks ettiruvchi eng umumiy tushunchalardir.
Hajmi kattaroq tushunchalarni hajmi kichikroq tushunchalarga keltirish mantiqda chegaralash deyiladi. Tushunchalarni chegaralash orqali yakka tushunchalarga, predmetlarga boramiz. Masalan: Abror - o‘zbek - odam - tirik organizm
ToshDAU - agrar ilmgohi- ilmgohi - oliy o‘quv yurti
Tushunchalar umumlashtirilayotganda tushuncha hajmi ortadi, ularni chegaralaganda esa, hajm kichrayadi, mazmun esa boyib boradi.
Dostları ilə paylaş: |