10-MAVZU: MAPLE DASTURIDA DASTURLASH ELEMENTLARI
Reja:
1.
Maple dasturida dasturlash elementlari
2.
Maple dasturida sodda dasturlar tuzish
Maple dasturlashining asosiy tashkil etuvchilari.
Maple da faqat faol hisob kitoblar bilan
chegaralanmay qolmay, u o‟zining
dasturlash tiliga ega, biz unga Maple tiliday murojaat qilamiz. Maple da protsedurani
chaqirish xuddi o‟rnatilgan buyruqlarga murojat qilish bilan teng.
Dastur tuzishda kerakli bo‟lganlar bu, protsedurani yozish,
albatta unda Maple
operatorlari orasida
proc() va end proc
kalit so‟zlar qatnashadi,
agar u masalani
yechishda foydalanuvchiga kerak bo‟lib qolsa uni kutubxonada saqlash kerak.
Endi Maple tilining boshqa tillarga nisbatan farqli tomonlarini qaraylik.
Boshqa tillarga nisbatdan unda ko‟p turdagi algoritmlar yaratilgan, qaysiki boshqa
tillarda bu uchun yuzlab yoki minglab kod satrlari kerak bo‟ladi, bizga tanish
bo‟lganlardan biri, bu
solve(), int(),
va boshqalar.
Maple dasturida tarmoqlanuvchi yoki takrorlanuvchi
jarayonlarni loyihalashda
mumkin bo‟lgan buyruqlarni ishlatish mumkin.
Maple dasturlashiga kirish.
Maple tili.
Ixtiyoriy tilni o‟rganish uning alfavitidan, leksemidan, ma‟lumotlarni tipidan va ular
ustida berilgan amallarni bajarishdan boshlanadi. Keyin sikl va tarmoqlashni
loyihalash, protseduralarni yaratish, ob‟ektlarni(agar o‟rganilayotgan shakl ob‟ektga
mo‟ljallangan til bo‟lsa) va kiritish chiqarish bilan tugaydi.
Biz
ham shunday boshlaymiz, bu bobda sizni Maple tilining boshlang‟ich
tushunchalari bilan tanishtiramiz. Bu yerda barcha ma‟lumotlar sistemalashtirilgan
ko‟rinishda ko‟rsatiladi.