10-mavzu: MathCad dasturida dasturlash elementlari



Yüklə 173,68 Kb.
tarix24.10.2023
ölçüsü173,68 Kb.
#160689
10-mavzu MathCad dasturida dasturlash elementlari-fayllar.org


10-mavzu: MathCad dasturida dasturlash elementlari

10-MAVZU: MathCad dasturida dasturlash elementlari
Mathcad dasturida ayrim masalalarni yechishda dasturlash elementlaridan foydalanish mumkin. Dasturlash elementlarini Math panelidan olish mumkin 1-rasm.


1-rasm. Dasturlash elementlari.
1- rasmdan ko’rinadiki bu operatorlar yordamida dasturni boshlanishi, tugallanishi, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi jarayonlarni hosil qilish mumkin. Dasturlashda ifoydalaniladigan o’zgaruvchilar lokal o’zgaruvchi bo’lib dasturlashdan tashqarida tasir qilmaydi. 2- rasmda bunga doir misol keltirilgan.



2-rasm.


Dasturlash elementlaridagi har bir operatorning vazifasi.
  • Add Line – qora uzun vertikal chiziqdan iborat bo’lib, chiziqdan o’ng tomonda dasturni yozish uchun joy ajratadi va dasturni boshi va oxirini bildiradi.


  • ← - lokal o’zlashtirish operatori.


  • if – shart operatori.


  • for – takrorlash operatori.


  • while- shartli takrorlash operatori.


  • otherwise- boshqa hollarda.


  • break – to’xtatish.


  • continue- davom ettirish.


  • return- qaytarish.


  • on error- xatolik.




Add Line operatori.
Qora uzun vertikal chiziqdan iborat bo’lib, chiziqdan o’ng tomonda dasturni yozish uchun joy ajratadi va dasturni boshi va oxirini bildiradi. Bu chiziqdan dasturda ichma-ich bir necha marta joylashtirish mumkin, xuddi dasturlash tillaridagi Begin …. End; ga o’xshaydi.


if shart operatori.
Shart operatorining umumiy ko’rinishi quyidagicha. ifoda if shart.
Agar shart bajarilsa ifodani qiymatini qaytaradi. Masalan:

f(3)=1 , f(-2)=0 ga teng.

for takrorlash operatori.
Takrorlash operatorining umumiy ko’rinishi quyidagicha.


for x xmin .. xmax
bu yerda x o’zgaruvchi xmin x ning eng kichik qiymati xmax x ning eng katta qiymati.
Masalan n=1+2+….+100 ni takrorlash operatori orqali hisoblaymiz.



while shartli takrorlash operatori.
Umumiy ko’rinishi quyidagicha while shart . bajariladigan ifoda pastki bo’sh joyga kiritiladi. Bu yerda agar shart bajarilmasa pastki ifodani qiymatini qaytaradi agar shart bajarilsa takrorlash davom etaveradi. Misol s=2+4+…+100
Yig’indini hisoblashni while operatori orqali bajaramiz.

M=2550

otherwise operatori.
Bu operator if shart operatorida boshqa hollarda manosida ishlatiladi. Masalan f(x) funksiya agar x>0 bo’lsa 1 qiymat qaytarsin boshqa hollarda –1 qiymat qaytarsin shu misolni otherwise operatori orqali bajarishni ko’rib chiqamiz.


f(3)=1 , f(-4)=-1

break operatori.
break operatori if, for va while operatorlarida ishlash jarayonini to’xtatish maqsadida ishlatiladi .



bu misoldan ko’rinadiki A(2) deganda x=2 qiymat qabul qilyapti va s>2 bo’lsa yig’indini hisoblash jarayoni to’xtatilib natija sifatida s ning qiymati qaytarilyapti. Xuddi shunday A(3) hisoblanadi.


continue operatori.
Bu operator biror bir jarayonni davom ettirish uchun ishlatiladi. Ayniqsa for va while operatorlarida.


return operatori.
return operatori qiymat qaytarish vazifasida ishlatiladi. Masalan



Bu misoldan ko’rinadiki agar returnni ishlatmasak a(x) funksiyasi x argumentni qiymatini qaytaryapti, agar return operatorini ishlatsak a(x) funksiyaga shart bajarilsa 0 qiymat qaytaryapti.



3- rasm. Dasturlashga doir bir nechta misollar.

Agar ayrim misollarda natijani hisoblash cheksiz davom etsa uni [Esc] tugmasini bosish bilan to’xtatish mumkin.




4-rasm. Dasturlashga doir misollar.


11.1 Rekursiv funksiya.
Mathcad dasturida rekursiv funksiyalar hosil qilish imkoniyatiga ham ega. Funksiyani rekursiya orqali qiymatini hisoblash deganda funksiyani qiymatini hisoblashda funksiya ichida yana shu funksiyadan foydalanish tushiniladi. Buni n! ni hisoblash misolida ko’rib chiqamiz.
fakt(n):=if(n=0,1,n∙fakt(n-1)) fakt(3)=6, fakt(5)=120.

11.2 Satr ustida bajariladigan funksiyalar.
Mathcad dasturida o’zgaruvchilarning satrli tipi mavjud bo’lib ularning qiymatlari qo’shtirnoq ichida beriladi va ular ustida bir qancha amallarni bajarish mumkin. Quyida satr ustida bajariladigan funksiyalar keltirilgan.

  • concat(s1,s2) – s1 va s2 satrlarni birlashtiradi.


  • num2str(z) – z sonni satrga aylantiradi.


  • str2num(s) – s satrni songa aylantiradi.


  • str2vec(s) – s vektorni songa aylantiradi.


  • vec2str(v) – v vektorni satr ko’rinishda aniqlaydi.


  • strlen(s) – s satr uzunligini aniqlaydi.


  • search(s,s1,n) – s satrda s1 belgini n-marta qatnashgan o’rnini aniqlaydi.


  • substr(s,n,m)- s satrni n- belgisidan boshlab m- belgisigacha qirqib oladi.




1-rasm. Satr ustida bajariladigan funksiyalarga doir misollar.


http://fayllar.org
Yüklə 173,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin