Matn mazmunining qisqacha bayoni (rezyume) Rezyume fransuzcha “résumé” so'zidan kelib chiqqan va sodda qilib aytganda qisqacha izoh ma’nosini bildiradi. Rezyume ishga topshirayotgan inson to'g'risida ma’lumotni taqdim etadi, ya’ni uning ismi, ma’lumot darajasi, ish tajribasi, qizishlari va hokazo.
Rezyume hozirgi kunda ish qidirishda eng muhim hujjat hisoblanadi.O'zbek tilida bunday hujjat “tarjimayi hol” va “shaxsiy ma’lumotnoma” deb ham atalishi mumkin, lekin rezyumening shakli bu hujjatlardan biroz farqlidir. Rezyume asosan ish izlovchilar tomonidan ishga topshirayotganda yuboriladigan hujjat hisoblanadi, lekin u boshqa maqsadlarda ham ishlatilishi mumkin. Masalan, tashkilot direktori yoki loyiha menejerining rezyumesi grant taklifi bilan birgalikda donor tashkilotga topshiriladi.
Rezyumening asosiy qismlari quyidagilardan iborat: 1. Shaxsiy ma’lumot
a. Ism-sharif (talab qilinadi)
b. Murojaat manzillari: telefon, email, yashash joyi (talab qilinadi)
c. Jins (majburiy emas)
d. Millat (majburiy emas)
e. Tug'ilgan sana (majburiy emas)
2. Qisqacha mazmun va yoki professional maqsad (ixtiyoriy)
a. Bir yoki ikki gap bilan qisqacha eng muhim jihatlarini sanab o'tish.
Amaliy mashg‘ulotlar uchun vazifalar : O‘zingiz qiziqqan mavzuda matn tuzib, uni tahlil qiling.
Mavzuga doir slaydli taqdimot tuzing.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar : 1. Matn va turlarini tavsiflab bering.
2. Xizmat xatlari va uning turlarini izohlab bering.
3. Matnning tahlili va tahriri haqida nimalarni bilasiz?
4.Rezyumening asosiy qismlarini qanday turlardan iborat?