Jamoat va tijorat tuzilmalari uchun Internetdan foydalanish imkoniyati oshgan sari provayderlar (Internet bilan aloqa oʻrnatishga xizmat koʻrsatadigan kompaniyalar), Internet informatsiyasi isteʼmolchilari soni ham koʻpaymoqda, informatsiya manbai va ommaviy axborot vositasi sifatida Internet ommalashmoqda.
PROVAYDERLAR
Telefon simlaridan tashqari, optik tolali kabellar, radio tarmogʻi yoki sunʼiy yoʻldosh orqali Internetga chiqish mumkin boʻldi. Buning uchun Internet bilan aloqa oʻrnatishga xizmat koʻrsatadigan kompaniyalar – provayderlar boʻlishi lozim.
O’ZBEKISTONDA INTERNET
Oʻzbekistonda Internetga ulashga doir informatsiya xizmatlari 1997 yildan koʻrsatila boshladi. Dastlab Naytov (http://www.naytov.com), Uznet (http://www.uznet.net) yoki Istlink (http://www.eastlink.uz) kabi provayder kompaniyalar faoliyat boshladi (1999
INTERNET
Oʻzbekistonda jadal rivojlanayotgan kompyuterlashtirish va avtomatlashtirish sohalari Internet tarmogʻining aloqa funksiyasidan keng foydalanishga imkon beradi.
Internetga ulangan abonent uydagi yoki ishxonadagi kompyuter orqali, aytaylik, Rossiya, Avstraliya yoki Afrikadagi kompyuterlarga kiritilgan xilma-xil mavzudagi maʼlumotlarni matn, surat yoki videotasvir koʻrinishida olishi mumkin. Bu maʼlumotlar Internet tizimiga oldindan kiritiladi
Dunyoning turli chekkalarida joylashgan maxsus ixtisoslashgan kompaniyalar qidiruvni tezlashtirishga yordam beradi.
INTERNET VARAQCHALARI
Ular "qidiruv tizimi" deb ataladi, maʼlumotlarning mundarijasini maʼlumotnoma (spravochnik) kabi saqlaydi va oʻsha maʼlumotlar joylashgan "Internet adresi"ni abonentga beradi. Mazkur adres boʻyicha maʼlumotlar "Internet varaqchalari"da saqlanadi.