10-mavzu. Monopoliya va monopsoniya darsning o‟quv maqsadi


) resurslarning oqilona taqsimlanmasligi



Yüklə 304,13 Kb.
səhifə4/6
tarix30.09.2023
ölçüsü304,13 Kb.
#151342
1   2   3   4   5   6
10-mavzu monopoliya monopsoniya

3) resurslarning oqilona taqsimlanmasligi. Bu holat monopoliyalarning yuqori foyda ketidan quvib, sun‗iy ravishda ishlab chiqarishni cheklash vositasida narxlarni ko‘tarishi, mahsulotlarning u qadar yaxshi bo‘lmagan turlarini, past texnikaviy darajasini, past sifati hamda sotishning yomon sharoitlarini vujudga keltirishi orqali namoyon bo‘ladi. Natijada, raqobat sharoitida amal qiluvchi iqtisodiyot samaradorligini bozor vositasida tartibga solish mexanizmi ishdan chiqadi. Monopoliyalar bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy faoliyatlar erkin hamda oqilona tanlov imkoniyatidan mahrum bo‘ladi, monopoliyalarning iqtisodiy jihatdan asoslanmagan shart-sharoit va narxlari tazyiqiga chiday olmaydi, ish faolligini pasaytirib, ba‗zi hollarda xonavayron bo‘ladilar.
Oqibatda ishlab chiqarish qisqarib, ishsizlik va inflyatsiya o‘sadi, xo‘jalikning izdan chiqishi kuchayadi. Jamiyat boyligi resurslarning oqilona raqobatli-bozor taqsimoti sharoitida qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan miqdoriga qaraganda kamayib ketadi;

  1. daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi. Bu holat ham narxlarning monopol tarzda oshirilishi (pasaytirilishi) hamda yuqori foyda olinishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu aholi qolgan qismi daromadlarining nisbatan kamayishiga olib keladi;

  2. iqtisodiy turg‟unlik va fan-texnika taraqqiyotining sekinlashuvi. Bunday holatning vujudga kelishi monopolistlarning raqobatchilar bosimini sezmasliklari hamda aksariyat hollarda yuqori foydani qo‘shimcha urinishlarsiz o‘zlarining bozordagi hukmronliklari hisobiga olishlari mumkin. Bu esa ularni ishlab chiqarishni rasionallashtirish, uning samaradorligini oshirish imkoniyatlarini qidirish, mahsulot sifatini oshirish, uning assortimentini kengaytirish, FTTni rivojlantirish va xaridorlar manfaatlari to‘g‘risida qayg‘urish kabi xatti-harakatlardan qaytaradi;

  3. iqtisodiyotda demokratik harakatlarning to‟sib qo‟yilishi. Monopolistlar iqtisodiyotdagi erkin va halol raqobatga to‘sqinlik qilib, nisbatan kuchsiz bo‘lgan korxonalarni o‘zlariga bo‘ysundirishlari, jamiyatga o‘z ishchilarining mehnatiga pasaytirilgan miqdorda haq to‘lash, past sifatli tovarlarni ishlab chiqarish, o‘ta darajada oshirib yuborilgan sotish narxlari (yoki pasaytirilgan xarid narxlari), o‘z mahsulotini iste‗mol qilishga bilvosita usul orqali majburlash kabi o‘zlarining kamsituvchi shartlarini ko‘ndalang qo‘yishlari mumkin. Bundan ko‘rinadiki, monopolistik faoliyat iqtisodiy rivojlanishiga ancha jiddiy ta‗sir ko‘rsatishi, taraqqiyot yo‘liga g‘ov bo‘lishi ham mumkin. Shunga ko‘ra, bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida monopoliyalarni davlat tomonidan tartibga solish chora- tadbirlari qo‘llanilib, bu monopoliyaga qarshi siyosat deb ataladi. Davlatning monopoliyaga qarshi siyosati asosini monopoliyaga qarshi qonunchilik tashkil etadi.

3. Monopolistning ishlab chiqarish tog’risidagi qarori
Monopolist korxona yoki firma o‘z mahsulotining yagona ishlab chiqaruvchisi va sotuvchisi bo‘lsa ham narxlarni o‘z-o‘zicha belgilay olmaydi, chunki bozorda u yagona istemolchi talabiga emas, bozor talabiga duch keladi. Bozordagi talab narx ortib boraversa, pasayib ketishi mumkin. Shuning uchun monopolist firma optimal ishlab chiqarish xajmini ishlab chiqishi lozim. Bu ishlab chiqarish xajmi o‘tgan mavzuda ta‗kidlanganidek, chekli daromad bilan chekli xarajat
b ir-biriga teng bo‘lganda foyda maksimal qiymatga erishadi. MC MR foydani maksimallashtirish sharti. Bu holatni quyidagi jadvalda ko‘rishimiz mumkin.


Yüklə 304,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin