Alohida monopol firma ega bo‘lgan salmoqli bozor xukmronligi unga narx va ishlab chiqarish xajmini belgilash shuningdek, narxli diskriminatsiya deb nomlanuvchi narx siyosatini o‘tkazish imkonini beradi.
―Diskriminatsiya (lotinchadan olingan bo‘lib, dicriminatio – farqlanish, turlanish) tushunchasi texnik atama hisoblanadi va salbiy ma‗noga ega emas.
Narxli diskriminatsiya – turli birliklarga har xil narxlar o‘rnatish amaliyoti.
Narxli diskriminatsiyaning maqsadi, umumiy xarajatlarining o‘zgarmas darajada ushlab turgan holatda firmaning qo‘shilgan daromadlarini maksimallashtirish hisoblanadi.
U yoki bu kompaniyaning narx strategiyasini tahlil qilayotganda har doim ham narxlardagi farqlanish narxli diskriminatsiyaning belgisi emasligini, yagona narx esa uning yo‘qligi darakchisi emasligini xisobga olish muhimdir.
Shunday qilib, masalan, bir xil (bitta) tovarni turlicha narxlarga turli mintaqalarga, turli vaqt oraliqlarida (fasllarda), turli sifatlarda va
h.k. yetkazib berish narxli diskriminatsiya hisoblanmaydi. Shuning bilan birgalikda alohida (o‘ziga xos) holatlarda turli (har xil) yerda joylashgan xaridorlarga bir xil (bitta) tovarni yagona narx bo‘yicha yetkazib berish narxli diskriminatsiya sifatida ko‘rilishi mumkin.
Monopolist tomonidan narxli diskriminatsiyaning amalga oshirilishi uchun ba‗zi shartlarning bajarilishi zarur, hususan, tovarga bo‘lgan narxli talab egiluvchanligi turli xaridorlarga jiddiy ravishda turlicha bo‘lishi va xaridorlarning o‘zi oson tenglashishi, shuningdek, tovarga qiziqqan shaxslarga keyingi olib sotishning imkoni bo‘lmasligi kerak.
Narxli diskriminatsiya tushunchasini iqtisodiyot nazariyasiga birinchi bo‘lib ingliz iqtisodchisi Artur Pigu (1877-1959) kiritgan. U uning 3 bosqichi (darajasi) ni farqlashni taklif etdi.
Birinchi darajali narx diskriminatsiyasi (yoki mukammal narxli diskriminatsiya) tovarning har birligi firma tomonidan uning talab bahosi bo‘yicha, ya‗ni xaridor to‘lashga tayyor bo‘lgan maksimal narx bo‘yicha sotilganda o‘z o‘rniga ega. Ba‗zida bunday siyosatni xaridor daromadlari bo‟yicha narxli diskriminatsiya deb atashadi. Bundan tashqari, Iste‗mol hajmiga ko‘ra narxlar diskriminatsiyasi, Tovarlar kategoriyasiga ko‟ra narx diskriminatsiyasi degan siyosatlar ham mavjud.