10 mavzu: Odam genetikasining usullari dermotoglifika usuli. Mashgʼulotni oʼtkazish joyi, jihozlash



Yüklə 19,59 Kb.
səhifə2/5
tarix07.01.2024
ölçüsü19,59 Kb.
#209205
1   2   3   4   5
10 mavzu Odam genetikasining usullari dermotoglifika usuli. Mas-fayllar.org

Populyatsion-statistik usul. Bu usul Hardi-Vaynberg qonuniga asoslangan. Qonun quyidagicha ifodalanadi. Ideal sharoitlarda populyatsiyalarda allellar va genotiplar muvozanati avlodlarda deyarli o‘zgarmaydi. Ideal sharoitlar:
a) mutatsiyalar uchramasligi,
b)tanlash ta'siri kuzatilmasligi,
v)migratsiya, immigratsiya kuzatilmasligi
v)panmiksiya mavjudligi
g)hamma genotiplarning yashovchanligi va avlod qoldirish imkoniyati bir hilligi
d)populyatsiyaning ko‘p sonliligi. Hamma ko‘rsatilgan sharoitlar ichida eng asosiysi populyatsiyaning ko‘p sonligidir. Odam populyatsiyalari asosan ko‘p sonli bo‘lganligi uchun bu qonun odam populyatsiyalarini o‘rganishda keng qo‘llaniladi.
Populyatsion-statistik usul quyjidagilarga imkon beradi.
1. Olingan ma'lumotlarni statistik tahlil qilishga.
2. Populyatsiyada allellar va genotiplar chastotasini aniqlashga.
3. Populyatsiyada irsiyj belgilarni o’rganishga.
4. Populyatsiyaning genetik strukturasi va genofondini aniqlashga.
5. Belgining rivojlanishida muhit va irsiyat rolini aniqlashga.
6. Irsiy moyilligi bo‘lgan kasalliklarni aniqlashga.
7. Antropogenezning genetik omillarini aniqlashga.
Bu usulni amaliyotda quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi.
1.Populyatsiyaning bir qismi ajratib olinadi.
2.Tibbiyot muassasalari arxivi o‘rganiladi.
3.Anketalar tarqatib, ma'lumotlar to‘planadi.
4.To‘plangan ma'lumotlar statistik tahlil qilinadi
Statistik tahlil qilishda quyidagi Hardi-Vaynberg tenglamalaridan foydalaniladi: I.p+q=1(100%) II.p2 +2pq+q2 =1(100%) Bunda: p-dominant allel chastotasi q-resessiv allel chastotasi p 2 -dominant gomozigot genotip chastotasi 2pq-geterozigot genotip chastotali q 2 -resessiv gomozigot genotip chastotasi
Molekulyar-genetika usullari-uch xil usuldan iborat:
1.Sekvenirlash
2.DNK-zondlari
3.Gen daktiloskopijasi (genotiposkopija)
A)Sekvenirlash - DNKda nukleotidlar ketma-ketligini aniqlash usuli. DNK-zondlari tayyorlash, genlarni klonlashtirishda, biotehnologiyada, gen terapiyasida qo'llaniladi.

Yüklə 19,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin