10-Mavzu: O‘qituvchi va talabalar o‘rtasidagi munosabatlarning shaxsiy, huquqiy jihatlari


Talabalarning xulq madaniyatini shakllantirishda ijobiy ta’sir



Yüklə 25,45 Kb.
səhifə2/2
tarix05.05.2023
ölçüsü25,45 Kb.
#108164
1   2
10-mavzu

Talabalarning xulq madaniyatini shakllantirishda ijobiy ta’sir


etadigan vositalar:

  1. inson hissiyoti bilan bog‘liq, uning idroki, tafakkuri, tasavvuri mahsuli bo‘lgan madaniy estetik manbalar (adabiyotlar, tasviriy san’at asarlari, musiqa, ilm-fan, diniy manbalar va h.k);

  2. illyustratsiya materiallari, madaniy meros sifatida qadrlanadigan geografik xaritalar, (Al-Xorazmiy yaratgan xarita), matematik- astronomiya jadvallari (Beruniy, Ulug‘bek), miniatyuralar (Behzod), xalq amaliy san’ati namunalari, milliy kiyimlar va h.k;

v) tabiiy o‘lkashunoslik materiallari: tarixiy me’morchilik obidalari, muqaddas qadamjolar, ma’rifiy maskanlar, uy-muzeylar va h.k;
g) obrazli-ta’sirchan ifoda vositalari (ma’naviy meros haqida diafilm, kinofilm, sahna asarlari, radio eshittirishlari, oynayi-jahon ko‘rsatuvlari, matbuot materiallari);
d) o‘quv-tarbiyaviy, ijodiy ko‘rgazmali vositalar, talabalar yoki pedagog tomonidan tayyorlanadigan jadvallar, har xil ijodiy ishlar, referat, ma’ruza, konspekt, kichik-kichik poetik asarlar, manzaralar tasviri va h.k.
Bu vositalardan dars jarayonida unumli foydalanish, noan’anaviy dars shakllarining amaliyotga keng joriy etish imkoniyatini yaratadi, talabalarning darsga qiziqishini oshiradi, o‘rganiladigan mavzularning mohiyatini chuqur anglab yetish imkonini beradi, mustaqil fikrlash, og‘zaki va nutqni boyitish kabilarni shakllantiradi. Mustaqil ishda talaba o‘z ustida mehnat qiladi, ijodiy izlanadi, o‘z nuqtayi nazari, qarashlarini shakllantiradi, dunyoqarashi va ma’naviy saviyasini namoyon etadi. Dars jarayonida ma’naviy meros manbalaridan foydalanish natijasida talabalarda ma’naviy merosga muhabbat, sadoqat, milliy o‘zligini anglash, milliy g‘urur shakllanib boradi. Bu esa, o‘z navbatida, talabalarda xulq madaniyatini shakllantirishga zamin bo‘lib xizmat qiladi. Shunday qilib, dars talabalarning xulq madaniyatini shakllantirishning muhim shakli bo‘lib, ma’naviy merosdan foydalanishda ta’lim-tarbiya tizimining asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Ta’lim-tarbiya jarayonida ma’naviy meros manbalaridan foydalanish darsni samarali va qiziqarli tashkil etish, turli ko‘rgazmali qurollardan, darsda noan’anaviy vositalardan foydalanish talabalarda xulq madaniyatini shakllantirishga ta’sir etuvchi muhim omillar bo‘lib hisoblanadi. Albatta, bunda pedagogning darsni tashkil etishi ham muhim ahamiyatga egadir. Xulosa qilib shuni aytish kerakki, o‘qib- uqqan, chuqur odob-axloqli, adolat va adolatsizlikning farqini tushungan inson qaysi yo‘ldan borayotganligiga tushunib yetadi. Yurtiga nisbatan mehr, g‘urur paydo bo‘ladi. Natijada u ham Vatanning ravnaqiga munosib farzand sifatida o‘z hissasini qo‘shadi. Ajdodlarimiz yashab o‘tgan, meni o‘z bag‘riga olib ulg‘aytirayotgan Vatan uchun men nima qila oldim, meni go‘dakligimdan yedirib- ichirgan ota-onam, ona zamin, qonlari tomirimda jo‘sh urayotgan ajdodlarimiz sha’niga munosib ishlar qilayapmanmi, degan savollarini o‘z vijdoni oldiga ko‘ndalang qo‘yadi. Demak, har bir talaba qaysi mutaxassis egasi bo‘lishidan qati nazar Vatanga muhabbatli, iymonli, adolatparvar bo‘lishi muhimdir. Bunday fazilatlarni o‘zida kasb etgan yoshlar qanday vaziyatda bo‘lmasin hamma vaqt o‘ziga to‘g‘ri yo‘l tanlay oladi. Mustaqil jamiyatimizning kamol topishida o‘zlarining chuqur bilimlari va adolatli xatti-harakatlarini ko‘nikmaga aylantirishi bunday nufuzli talaba yoshlarning asosiy vazifalaridir.


NAZORAT UCHUN SAVOLLAR





  1. Pedagogning kasbiy potensialini nimalar tashkil etadi?

  2. Pedagogik faoliyatning maqsadida qanday ijtimoiy pedagogik vazifalar yechimini topishi lozim?

  3. Kasbiy pedagogik faoliyat mazmunini ayting.

Yüklə 25,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin