10-mavzu: O‘zbekiston respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar. Reja



Yüklə 58,47 Kb.
səhifə2/3
tarix18.06.2022
ölçüsü58,47 Kb.
#61764
1   2   3
10-mavzu O‘zbekiston respublikasida ta’lim sohasida amalga oshi

Mavzu bo’yicha GLOSSARY

MAKTAB TA'LIMINI RIVOJLANTIRISH DAVLAT UMUMMILLIY DASTURI

– Kadrlar tayyorlash milliy dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirishning muhim sharti sifatida maktab ta'limining orqada qolishiga barham berish xamda maktablarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va uzluksiz ta'limning yagona tizimini shakllantirish bilan bog‘liq mavjud jiddiy muammolarni bartaraf etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 21-maydagi «2004-2009 yillarda maktab ta'limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi to'grisida»gi Farmoniga muvofiq kuchga kirgan. Mazkur Farmonga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-sentyabrda PF-3661-son Farmoniga muvofiq o'zgartirishlar kiritilgan.

KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI

– «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'grisida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta'lim to'grisida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo'lib, milliy tajribaning tahlili va ta'lim tizimining jahon miqyosidagi yutuqlari asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-xunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy xayotda mustaqil ravishda mo'ljalni to'gri ola bilish mahoratiga ega bo'lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va xal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo'naltirilgan.

MUTAXASSISLIK

— malaka berish bilan yakunlanadigan muayyan kasbiy tayyorgarlik turining nomi.

TARBIYA

— aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, ma’naviy ahloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon.

TA’LIM

— ta’lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko’nikmalar berishga, shuningdek ularning umumta’lim va kasbiy bilim, malaka hamda ko’nikmalarini shakllantirishga, qobilyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon.


Yüklə 58,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin