10 Mavzu: Qishloq xo’jaligida tavakkalchilikni boshqarish Reja



Yüklə 168,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix21.12.2023
ölçüsü168,04 Kb.
#188715
1   2   3   4   5   6
Lecture - 10

2
 
Tavakkalchilik turlari. 
Amaliyotda rahbar yoki tadbirkor o’z faoliyatida: 

mol-mulk talafotiga; 

moliyaviy yo’qotishlarga; 

daromadlarning kamayishiga; 

foyda darajasini aniqlashdagi xatoliklarga yo’l qo’ymaslik va shu jihatlarni 
yaxshilash maqsadida turli-tuman tavakkalchilikka boradilar. Shunday sharoitda 
qaysi bir turdagi tavakkalchilikni tanlash, qaysi biri ko’proq samara berishi 
mumkinligini aniqlash ko’p jihatdan tavakkalchilik turlarining ilmiy asoslangan 
tavsifnomasini bilishni taqozo etadi. 
Sof tavakkalchilik salbiy (zarar, ziyon) yoki nol natijaga erishish ehtimolini 
bildiradi. Bunday turdagi tavakkalchilikka tabiat, ekologiya, siyosat, transport va 
qisman tijorat bilan bog’liq tavakkalchiliklar kiradi. 
Chayqovchilik (spekulyativ) tavakkalchilik ham salbiy (zarar, ziyon), ham 
ijobiy natija (yutuq, foyda)ga erishish ehtimolini bildiradi. Bu turdagi 
tavakkalchilikka moliya bilan bog’liq bo’lgan ikki turdagi, ya’ni investitsiya va 
pulning sotib olish qobiliyati bilan bog’liq bo’lgan tavakkalchiliklar yutadi. 
Sof tavakkalchilik, yuqorida ta’kidlaganimizdek, tabiatga, ekologiyaga, 
siyosatga, transportga va qisman tijorat bilan bog’liq bo’lgan tavakkalchilik turlarini 
o’z ichiga oladi (12.3-chizma): 
1.
Tabiat bilan bog’liq tavakkalchilik turiga tabiiy ofatlar oqibatida ehtimol 
(tavakkal) qilinadigan zararlar kiradi, masalan, yer qimirlashi, suv toshqini, dovul, 
epidemiya va boshqalar tufayli ko’rilgan zarar darajasi. 
2.
Ekologiya bilan bog’liq tavakkalchilik - bu atrof-muhitning ifloslanishi 
oqibatida ehgimol (tavakkal) qilinadigan zarar yoki qo’shimcha xarajat. 
3.
Siyosat bilan bog’liq tavakkalchilik — bu siyosiy beqarorlik oqibatida 
ehtimol qilinadigan moddiy (moliyaviy) zararlar. Bu tavakkalchilik korxona 
faoliyatiga emas, balki mamlakatdagi sotsial-siyosiy barqarorlikka bog’liq. Bunga 
ommaviy tartibsizliklar, ish tashlashlar, g’alayonlar, embargoni joriy qilish, 
hukumatning oldingi shartnomalarini bajarishdan bosh tortish kabi oqibatlar 


Tavakkalchilik turlari
natijasida ko’rilishi tavakkal qilinadigan zararlar kiradi. 
4.
Transport bilan bog’liq tavakkalchilik — bu avtomobil, temir yo’l, dengiz, 
havo transportlarida yuklarni tashish jarayonida ehtimol (tavakkal) qilinadigan 
zararlar. 
5.
Tijorat bilan bog’liq tavakkalchilik — bu xo’jalik sub’yektlarining 
tadbirkorlik faoliyati oqibatida ehtimol (tavakkal) qilinadigan zararlar. Bunday 
turdagi tavakkalchilik o’z navbatida ishlab chiqarish, savdo va qisman moliya bilan 
bog’liq bo’lgan tavakkalchiliklarga bo’linadi. 
6.
Ishlab chiqarish bilan bog’liq tavakkalchilik — bu ishlab chiqarish 
jarayonining to’xtab qolishi yoki bir maromda ishlamayotganligi, texnologiyaning 
buzilishi, sifatsiz xomashyo oqibati yoki xodimlarning sifatsiz ishlashlari evaziga 
ehtimol (tavakkal) qilinadigan zarar yoki qo’shimcha xarajatlardir. 
Moliya bilan bog’liq 
tavakkalchilik 
Investitsiya 
Pulning sotib 
bilan bog’liq 
olish qobiliyati 
tavakkal- 
bilan bog’liq 
chilik 
tavakkalchilik 
• tizimli 
• inflyatsiya bilan 
• selektiv 
bog’liq 
• kreditga oid 
tavakkalchilik 
• hududga 
• valyuta bilan 
oid 
bog’liq 
• tarmoqqa 
tavakkalchilk 
oid 
• korxonani
tugatishga 
oid 
• innovatsiya
ga oid 


Moliya bilan bog’liq tavakkalchilik — bu ehtimol qilinadigan moliyaviy 
zararlar bo’lib, u o’z navbatida investitsiya va pulning sotib olish qobiliyati bilan 
bog’liq bo’lgan, oxirgisi esa o’z navbatida, 
*inflyasiya va 
*valyuta bilan bog’liq bo’lgan tavakkalchilik turlariga bo’linadi. 
Inflyasiya bilaya bog’liq tavakkalchilik — bu olingan daromadlarning qadri 
yuqori inflyasiya oqibatida tezroq qadrsizlanishini bildiradi. 
Valyuta bilan bog’liq tavakkalchilik — bu chet el valyutasi kursining o’zgarishi 
oqibatida ko’riladigan katta zararni bildiradi. Bu tavakkalchilik eskport-import 
operasiyalarini, shuningdek, valyuta operasiyalarini baholashda o’ta zarurdir. 
Investitsiya bilan bog’liq tavakkalchilik quyidagi turlarga bo’linadi: 
Tizimli tavakkalchilik — bu, u yoki bu bozorda konyunkturaning yomonlashishi 
yoki tushib ketishi oqibatida ehtimol qilinadigan zarar. Bu tavakkalchilik 
investitsiyaii aniq bir ob’yektga emas, balki muayyan bozor (masalan, valyuta bozori, 
qo’zgalmas mulk bozori va boshqalar) uchun barcha qo’yilgan mablag’ bo’yicha 
tavakkalchilikni ifodalaydi. Bunda investor katga zarar yetkazmasdan turib o’z 
mablag’ini qaytara olmaydi. 
Tizimli tavakkalchilik usulida investitsiyani qaysi bir aktivga (aytaylik, 
qimmatli qog’ozlargami yoki qo’zg’almas mulkka) tavakkal qilib sarflash maqsadga 
muvofiqligi aniqlanadi. 
Selektiv tavakkalchilik — bu u yoki bu bozorda investissh ob’yektini noto’g’ri 
tanlab olinishi oqibatida ko’riladigan tavakkal zarar yoki boy berilgan naf. Masalan, 
qimmatli qog’ozlar portfelini shakllantirishda fond birjasidagi qimmatli qog’ozlar 
turini noto’g’ri tanlash oqibatida ko’riladigan zarar shunday tavakkal turiga kiradi. 
Kredit tavakkalchiligi — bu qarz olgan tomonning o’z majburiyatlarini to’lay 
olmaslik xavfi. Bank yaxshi foyda ko’rish uchun kreditlash xavfini kamaytirish shart. 
Bank hamisha qarzning o’z vaqtida va foiz bilan qaytib kelishi qay darajada 
mumkinligini nazarda tutib tavakkalga boradi. Bunday tavakkalchilikka kreditni 
to’lash muddatini kechiktirish yoki obligasiyalarga to’lashni muzlatib qo’yish misol 
bo’ladi. 
Regional tavakkalchilik — muayyan regionlarning iqtisodiy holati bilan 
bog’langan bo’lib, u: 

mazkur regionning asosiy mahsulotiga (masalan, respublikamizda (paxtaga) 
bo’lgan kon’yunktura narxining pasayishi oqibatida ko’rilishi mumkin bo’lgan zarar 
xavfi; 

iqtisodiy yoki siyosiy mustaqillikka erishish oqibatida ko’rilishi mumkin 
bo’lgan zarar xavfi; 

ishlab chiqarishning keskin tushib ketishi yoki ishsizlik darajasining oshishi 
oqibatida ko’rilishi ehtimol qilinadigan zarar xavfini ifodalaydi. 
Tarmoq bilan bog’liq tavakkalchilik ayrim tarmoq iqtisodiyoti bilan bog’liq 
bo’lib, u ikkita omil ta’siri ostida bo’ladi: 

tarmoqdagi davriy beqarorlikka; 

tarmoq ishlab chiqarishining hayotiy bosqichlariga. 
Ya’ni kirish, o’sish, yetilish, to’yinish, tushkunlik davriga qarab turib 
tadbirkorlik faoliyati yoki investitsiya tavakkalchiligi turlicha darajada bo’ladi. 
Korxona tavakkalchiligi investitsiya ob’yekti bo’lgan aniq korxona faoliyati 
bilan bog’liq. Garchi bu tavakkalchilik tarmoq va regional tavakkalchiliklar ta’siri 
ostida bo’lsa-da, undagi tavakkalchilik darajasi korxonaning bozordagi mavqyei, 
doimiy mijozlar (iste’molchilar)ning bo’lishi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning 
sifati va boshqalarga bog’liq. Korxona faoliyatidagi tavakkalchilik quyidagi 
ko’rinishlarda bo’ladi: 

ishlab chiqarilgan mahsulotni iste’molchi tomonidan talab qilib olmasligi 
oqibatida ko’riladigan tavakkal zarar; 



xo’jalik shartnomalarini bajarmaslik oqibatida ko’riladigan tavakkal zarar; 

raqobatning kuchayishi oqibatida ko’riladigan tavakkal zarar; 

ko’zda tutilmagan xarajatlarning vujudga kelishi va daromadning kamayishi 
oqibatida ko’riladigan tavakkal zarar; 

korxona mablag’ning talofoti tufayli ko’riladigan tavakkal zarar. 
Investitsiya tavakkalchiligi deganda, yangi tovar yoki xizmat, yangi 
texnologiyani ishlab chiqish va joriy qilish uchun sarflangan xarajatlarning 
qoplanmasligi oqibatida ko’riladigan tavakkal zarar tushuniladi. 
Tavakkal kapital — bu fan-texnika yangiliklarini joriy etib, yangi texnologiyani 
o’zlashtirib, bozor raqobatiga bardosh beradigan yangi tovarlarni ishlab chiqarish 
uchun tavakkalga qo’yiladigan (sarflanadigan) kapital 


Tavakkal kapital egasi ma’lum iqtisodiy xavfni o’z zimmasiga oladi, chunki 
yangi ishga solingan kapitalning naqadar foyda berishi yoki bermasligi oldindan 
aniq ma’lum bo’lmaydi. Lekin kapital tusmollanib, ko’r-ko’rona qo’yilmaydi, 
balki u yangilikka bo’ladigan talabni, bozorning umumiy holatini hisobga oladi, 
biznes sohasida maslahat beruvchi firmalar xizmatidan foydalanadi. 
Tavakkal kapitalni, odatda mayda biznes vakillari yoki ularga aloqador yirik 
firmalar qo’yadi. Tavakkal kapital fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy 
etishda katta rol o’ynaydi. 
Investitsiya ob’yekti bo’lishi u yoki bu tovarni sotish jarayonida uning sifatini 
baholashdagi o’zgarish oqibatida ko’zlangan zarar xavfi investitsiya ob’yekti 
(qimmatli qog’ozlar, qimmatbaho nodir metallar, qo’zg’almas mulk va 
hokazo)ning tugatilishi tavakkalchiligi deb ataladi. 

Yüklə 168,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin