10 Mavzu: Qishloq xo’jaligida tavakkalchilikni boshqarish Reja



Yüklə 168,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix21.12.2023
ölçüsü168,04 Kb.
#188715
1   2   3   4   5   6
Lecture - 10

3
 
Tavakkalchilikni boshqarish. 
Aksariyat hollarda iqtisodiy baholashlar va boshqaruv qarorlari ko’p variantli 
bo’lib, ehtimollik xarakteriga ega. Shu sababli xato va yanglishishlar bu jarayonda 
tabiiy bo’lganda ham, baribir noxush holdir. Shunday sharoitda menejer: 

tavakkalchilikdagi xavf ehtimolini; 

u xavf darajasi pasaytirish choralarini; 

ehtimol qilinayotgan zararni qoplash yo’llarini oldindan hisob-kitobini 
qilishi lozim. Tavakkalchilikni boshqarishning mohiyati ham ana shunda. 
Tavakkalchilikni boshqarishdan maqsad — bu korxonani faqat bankrotliqdan 
saqlab qolish emas, balki qanday sharoitda bo’lsa ham foydani minimal darajadan 
past bo’lishiga yo’l qo’ymaslikdir. 
Boshqarishdagi xato va yanglishishlar, bankrot bo’lishning asosiy 
sabablaridan bo’lib hisoblanadi. Buni xalqaro biznes tajribasi tasdiqlamoqda. 
Shuning uchun ham menejer va tadbirkor tavakkalchilikni boshqarish 
samaradorligiga juda katta ahamiyat bermoqliklari lozim. 
Bu o’rinda menejer oldidagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: 

yuqori xavf sohasini bilib olish; 

xavf darajasini baholash; 

tadbirlarni ishlab chiqish va ularni qo’llash; 

xavfni tahlil qilish va ogohlantirish. 
Amaliyotda quyidagi sabablar oqibatida yuqori darajadagi xavflarning 
tug’ilish hollari uchraydi: 

noto’g’ri qarorlar qabul qilinganda; 

bo’ysunuvchilarning topshiriqlarni qoniqarsiz bajarganlarida; 

bajaruvchilarni noto’g’ri tanlashda; 

marketing istiqbolini aniqlashda xatoga yo’l qo’yilganda; 

rahbariyatning menejer taklifini qat’iy rad etgan hollarda. 
Zarar ko’rish xavfini kamaytirish yoki uning oldini olish uchun quyidagi 
tadbir-choralarni amalga oshirish lozim (22.4-chizma). 


1
chizma. Tavakkalchilikni boshqarish. 
Zarar ko’rish xavfini kamaytirish maqsadida tavakkalchilikning o’zi quyidagi 
muhim belgilar bo’yicha guruhlanadi. 
1.
Ob’yektga qarab: 

umumiy tavakkalchilik (bu korxonaning umumiy faoliyatiga xavf turdiradi) 

maxsus tavakkalchilik. 
2.
Ishlab chiqarish omiliga qarab: 

xomashyo tavakkalchiligi (miqdoriy, sifat, muddati bo’yicha); 

uskunalar, energiya, xodimlar, kapital tavakkalchiligi. 
3.
Mahsulotni shplab chiqarish, uni saqlash jarayoniga qarab: 

ishlab chiqarishdagi tavakkalchilik (ishlab chiqarish usuli, yaroqsiz 
mahsulotni ishlab chiqarish xavfi va boshqalar); 

tadqiqot va ishlanmalar tavakkalchiligi; 

saqlashdagi tavakkalchilik. 
4.
Mahsulotni baholashga qarab: 

sotishdagi tavakkalchilik; 

baholashdagi tavakkalchilik; 

to’lashdagi tavakkalchilik; 

kafolat bo’yicha tavakkalchilik. 
5.
Sug’urtalashshshga qarab: 

sug’urtalanadigan tavakkalchilik (buni sug’urta fondidan qoplash mumkin); 

sug’urta qilinmaydigan tavakkalchilik (buni sug’urta fondidan qoplash 
mumkin emas), 
Bunday guruhlash xavf oldini olish va uni kamaytirish bo’yicha chora-tadbirlarni 
ishlab chiqish 
uchun juda qo’l keladi. 
Tavakkalchilikning maqsadga muvofiqligiga baho berish uchun eng avvalo 
ehtimol qilinayotgan, xavf darajasiga qarab tavakkalchilikning tayin zonalarini 
ajratib olish zarur. 
Zarar kutilmaydigan, yani xo’jalik faoliyatining natijasi ijobiy bo’lgan zona 
xavfsiz zona deb ataladi. 
Yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xavf zonasi deganda, ehtimol (tavakkal) 
Tavakkalchilikni boshqarish 
1. Xavfni kamaytirish 
2. Xavfning oldini olish 
1.1. Axborot tizimini yaxshilash 
2.1. Xavfni chegaralash 
• Axborot olishni yaxshilash; 
• zarar korish xavfini 
• axborotni qayta ishlashni yaxshilash; 
chegaralash; 
• axborot g’amlashni yaxshilash; 
• zararni qoplash; 
• aloqani yaxshilash. 
• tavakkalchilik va xavfga 
1.2. Foydani hisoblash 
ehtiyotkorona yondashish. 
• elastiklikni hisoblash; 
2.2. Xavfni boshqalar 
• rejaga o’zgartirishlar kirirtish; 
zimmasiga yuklash 
• muqobil rejalarni tuzish. 
• xavf va uning oqibatida 
1.3. Xatoga yo’l qo’yishni kamaytirish 
ko’rilgan zararni uchinchi 


qilinayotgan zarar kutiladigan foydadan ko’p bo’lmagan zona tushuniladi. Shunda 
tadbirkorlik faoliyati iqtisodiy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq deb topiladi. 
Yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xavf zonasining chegarasi quyidagicha 
ko’rinishda bo’ladi: 
Zarar darajasi ko’lami ____ = Hisoblangan foyda darajasi, ko’lami 
Jiddiy (keskin) xavf zonasi deganda, ehtimol (tavakkal) qilinayotgan zarar 
nafaqat kutiladigan foyda, shuningdek hisoblangan naqd pul daromaddan ham 
ko’p bo’lgan zona tushuniladi, ya’ni jiddiy xavf zonasining chegarasi quyidagicha 
bo’ladi: 
Zarar darajasi, ko’lami __ > ___ Jami xarajat _ + _____ Foyda 
Boshqacha qilib aytganda, bu yerda tadbirkor nafaqat hyech qanday foyda 
olishni, shuningdek barcha ishlab chiqarish xarajatlari miqdorida to’rridan-to’g’ri 
zarar ko’rishgacha tavakkal qiladi. 
Fojiali xavf zonasi deganda ehtimol (tavakkal) qilinayotgan zararning jiddiy 
xavf zonasini o’z domiga tortib, uvdan oshib korxonaning xususiy kapitaliga teng 
bo’lgan zona tushuniladi, ya’ni bunday xavf zonasining chegarasi quyidagi 
ko’rinishda bo’ladi: 
Zarar darajasi ko’lami ____ = _____ xususiy kapital 
Bunday tavakkalchilik oqibati korxonani yoki tadbirkorni bankrotlikka va 
yemirilishga olib keladi. Fojiali xavf tadbirkor hayoti, uning sog’lig’iga xavf 
tug’dirishi mumkin. 
Tavakkalchnlik egri chizig’i deganda ehgimol qilinayotgan zarar bilan 
kutiladigan foyda o’rtasidagi bog’lanishni ifodalovchi egri chiziq tushuniladi 
(22.5-chizma). 
Tavakkalchilikni boshqarish faoliyati menejment sohasida eng tez rivojlanib 
borayotgan professional faoliyat hisoblanadi. G’arb firmalarining shtatida aynan 
shu xavfni kamaytirishga javob beruvchi tavakkalchilik bo’yicha lavozim mavjud 
(tavakkalchi-menejer). Ular firma rahbarlari bilan bir qatorda xavf-tavakkalchilik 
bo’yicha qabul qilinadigan qarorlarda qatnashadilar va uning oqibati uchun bab-
baravar javob beradilar. Tavakkalchilikni boshqarish quyidagi faoliyatlarni o’z 
ichiga oladi: 

Tavakkalchilikni aniqlash, tahlil qilish va uning darajasini baholash; 

Tavakkalchilikni 
ogohlantiruvchi 
tadbirlarni 
ishlab 
chiqish, 
uni 
minimallashtirish va sug’urtalash tadbirlarshi belgilash; 

Tavakkalchilik oqibatda ko’rilgan zararlarni qoplash va korxonani tiklash 
yo’lini izlash. 
Tavakkalchilikni boshqarishda asosan ikki usul qo’lla-niladi: 
22.5-chizma. Ehtimol qilinayotgan foyda taqsimotini tavsiflovchi egri chiziq. 



Tavakkalchshshkni ogohmgntirish va uni chegaralash usuli. 

Zararni qoplash usuli. 
Tavakkalchilikni pasaytirish usullari quyidagilardan iborat: 

Qaror qabul qilish muqobillarini va tavakkalchilik darajasini obdon 
ekspertizadan o’tkazish. 

Tavakkalchilikning muayyan darajasini belgilash (limitlash), ya’ni 
muayyan qarorni qabul qilish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar summasini o’rnatish. 

Qarzdorning majburiyatlarini bajarishini ta’minlash uchun turli-tuman 
kafolat va qarz operasiyalaridan foydalanish. 
Tavakkalchilikni diversifikasiyalash, ya’ni: 

korxona kapitalini turli faoliyatlarga investitsiyalash (12 tadan kam bo’lgan 
kompaniya tavsiya etiladi); 

turli ko’rinishdagi qimmatli qog’ozlarga investitsiya qilish (8—20 ko’rinish 
ma’qul son hisoblanadi); 

investitsiya portfeli tarkibini optimallashtirish (1/3 katta firmalar, 1/3 o’rta 
va 1/3 kichik); 

tovar yetkazib beruvchilar (kamida ikkita, agar 3-4 ta bo’lsa, yanada yaxshi 
bo’lardi) ko’paytirish; 

bozorning bir qancha segmentlariga tovar va xizmatlarni sotish, ya’ni 
iste’mollar kategoriyalari, mijozlar va turli regionlarni qamrab olish; 

qadrli mollarni turli joylarga saralash va hokazo; 

yuqori darajadagi foyda olish, tavakkalchilik xavfini oshirib yuborishini 
nazarda mo’ljal olish; 

kutilishi mumkin bo’lgan zarar oldini olish va uni aniqlashning samarali 
nazorat qilish tizimini qo’llash. 
Ikkinchi usul, ya’ni zararni qoplash uchun quyidagi tadbirlar amalga 
oshiriladi: 

maxsus zahira va sug’urta fondlarini tashkil qilish; 

tavakkalchilikni sug’urta tashkilotlarida sug’urta qildirish. 

Yüklə 168,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin