2. Sof monopoliya sharoitida narxning shakllanish xususiyatlari Narxning shakllanishiga bozorning holati bevosita ta’sir ko‘rsatadi, chunki narxning shakllanishida bozordagi talab va taklif nisbati asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Monopoliya sharoitida narxning shakllanishi. Monopoliya sharoitida narx shakllanishining o‘ziga xos jihati shundaki, agar mayda tovar ishlab chiqaruvchilar faqat o‘zlarining individual narxlarini o‘zgartira olsalar, ulardan farqli o‘laroq bozor ishtirokchilari sifatidagi monopoliyalar bozor narxlarini o‘zlari belgilay oladilar. Bunda monopoliyalar ommaviy talabning oshishi bilan narxning oshishi hamda ommaviy taklifning oshishi bilan narxning pasayib borishidan o‘ziga xos tarzda foydalanadilar. Ommaviy tartibda tovarlarni sotuvchi monopoliyalar o‘z manfaatlari yo‘lida taklif kam bo‘lganda narxning oshishi tendensiyasidan foydalanadilar.