Ommaviy taklif bo‘yicha narx o‘zgarishi quyidagi miqdoriy bog‘liqlikni aks ettiradi: talabga nisbatan tovarlar taklifi qanchalik yuqori bo‘lsa, bozor narxi darajasi shunchalik past bo‘ladi va aksincha, taklif kamayishi bilan narx oshib boradi.
Monopsoniya sharoitida narxning shakllanishi. Monopsoniya mayda tovar ishlab chiqaruvchilardan tovarlarning katta hajmini sotib olib, talab bo‘yicha narx qonunidan o‘ziga xos tarzda foydalanadi.
Ommaviy talab bo‘yicha narxning o‘zgarishi quyidagi miqdoriy bog‘liqlikni aks ettiradi: taklifga nisbatan xaridorlarning ommaviy talabi qanchalik katta bo‘lsa, bozor narxi darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi va aksincha, talabning kamayishi bilan bozor narxi pasayib boradi.