10-mavzu: Sohaga oid taqdimot nutqi


Ta’lim sohasida internet texnologiyalari



Yüklə 52,33 Kb.
səhifə6/9
tarix14.12.2023
ölçüsü52,33 Kb.
#178220
1   2   3   4   5   6   7   8   9
10-mavzu Sohaga oid taqdimot nutqi

Ta’lim sohasida internet texnologiyalari
Bugungi kunda internet bizning hayotimizga tobora kirib bormoqda. Internetda pochta, telefoniya, biznes (savdo, bank, auksion) ishlari ko‘proq amalga oshirilmoqda. Kundan-kunga tarmoqda axborot manbalari ko‘paymoqda. Yildan -yilga Internetdan foydalanuvchilar soni ortib bormoqda. Internet deyarli ta’lim jarayoni uchun ideal muhit vazifasini o‘taydi. Bunga Internet foydalanuvchilarining dunyoning istalgan nuqtasidan tarmoq resurslaridan foydalana olishligi muhim omillardan biri sifatida ko‘rsatilmoqda.
Tarmoq foydalanuvchilari va axborot sahifalari soni uzluksiz tarzda o‘sib borib, ko‘pchilik yoshlar uchun ermak va qulay vositaga aylanmoqda. AQShda o‘tkazilgan statistik tadqiqotlarga ko‘ra, oliy o‘quv yurtlarining yuqori kurs va kollejlari talabalarining 100%i Internetdan foydalanadilar. Talabalar Internetning faol foydalanuvchilari sifatida haftasiga o‘rtacha 11 soatni onlaynga sarflaydilar. Har 10 talabadan 9 tasi kuniga elektron pochtasidan foydalanadilar. Internetdan yangilik, axborot va ish qidiradilar. Amerikalik 5 dan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarning deyarli 90% i kompyuterdan foydalanadilar, bu foydalanuvchilarning 59%i Internetdan foydalanuvchilardir. 15 yoshli amerikaliklarning har to‘rtinchisi Internetdan foydalanadilar, 10 yoshlilar guruhida bo‘lsa 60% ni, 16 va undan kattalarda bu ko‘rsatkichlar 80% ni tashkil etadi (bu ko‘rsatkichlar ham vaqt o‘tishi bilan ortib bormoqda).
Mashq. Quyida berilgan reportaj matnini o‘qib, qaysi uslubga xosligini aniqlang. Uslubning o‘ziga xos xususiyatlarini izohlab bering.
OAV
Olib borilayotgan ishlarni aholiga yetkazib berish, uni targ‘ib qilishda ommaviy axborot vositalarining tutgan o‘rni juda katta. Aynan ushbu soha vakillari sabab joylarda bo‘lib o‘tayotgan tadbirlar, amalga oshirilayotgan ishlar, yangiliklar, muvaffaqiyatlar va kamchiliklardan boxabar bo‘lamiz. Ommaviy axborot vositalari xalqimiz hayotiga, uning quvonch va tashvishlariga tobora yaqin bo‘lib, davlat va xalq orasidagi haqiqiy «ko‘prik» vazifasini bajarmoqda. Xususan, sport rivoji yo‘lida ham «to‘rtinchi hokimiyat» vakillarining o‘rni beqiyosdir. 27 iyun Ommaviy axborot vositalari kuni. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan qalam ahli uchun o‘ziga xos tadbir tashkil etildi. Unda jurnalistikaning turli yo‘nalishlarida, jumladan TV, gazeta, internet nashrlarida faoliyat olib borayotgan bir guruh ommaviy axborot vositasi xodimlari ishtirok etishdi.

Topshiriq. Tushunchalar tahlili metodi jadvalini to‘ldiring.



Yüklə 52,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin