Kichik biznes sub’ektlari tomonidan to’lanadigan soliqlar va majburiy to’lovlar hisobi. Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi – soliq to’lovchilarning ayrim toifalari uchun qo’llaniladi va yagona soliq to’lovini, yagona yer solig’ini hamda tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo’yicha qat’iy belgilangan soliqni hisoblab chiqarish hamda to’lashning maxsus qoidalari qo’llanilishini, shuningdek mazkur soliqlar bo’yicha soliq hisoboti taqdim etilishini nazarda tutadi
Soddalashtirilgan soliqlar - bu soliqqa tortiladigan bazani hisoblashda va ularni undirib olishda hisoblash va hisobotning soddalashtirilgan shakllari ishlatiladigan soliqdir.
Yagona soliq to’lovi faqat kichik biznes sub’ektlari - mikrofirmalar va kichik korxonalarga tatbiq etiladi.
Yagona soliq to’lovini to’lovchilar quyidagilardir: 1) mikrofirmalar va kichik korxonalar,;
2) xodimlarning sonidan qat’i nazar: savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari; xususiy amaliyot bilan shug’ullanuvchi notariuslar; lotereyalar tashkil qilish bo’yicha faoliyatni amalga oshirish doirasidagi yuridik shaxslar. Yagona soliq to’lovi bo’yicha soliq ob’ekti yalpi tushum hisoblanadi.
Yagona soliq to’lovi soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.