10-mavzu. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar hisobi


Echim: «XXX» kompaniyasining 200 x yil uchun foyda solig’i hisobi 1.Buxgalteriya foydasi 1500000



Yüklə 56,87 Kb.
səhifə11/17
tarix28.12.2023
ölçüsü56,87 Kb.
#200872
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
10-mavzu. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar hisobi-fayllar.org

Echim: «XXX» kompaniyasining 200 x yil uchun foyda solig’i hisobi
1.Buxgalteriya foydasi 1500000
2.Doimiy farqlar (+):
- yengil avtomashinadan foydalanish xarajatlari 100000
- shaharni obodonlashtirish xarajatlari 60000
- futbolni rivojlantirishga qilingan sarflar 75000
- to’langan jarimalar 50000 285000
3.Olingan dividendlar, foizlar 30000
4.Soliqqa tortiluvchi foyda 1815000
5.Soliq stavkasi 7,5 %
6.Foyda solig’i xarajatlari summasi (dt 9810) 136125 7.Vaqtinchalik farqlar (+, -) :
Dargumon qarzlar bo’yicha xarajatlar (+) 25000
TMZlarni baholash (750000-600000) (-) (150000)
8.Vaqtinchalik farqlarni hisobga olgan
soliqqa tortiladigan foyda (1815000- 125000) 1690000
9.Soliq bo’yicha imtiyozlar:
- obodonlashtirish xarajatlari bo’yicha 16900
- futbolni rivojlantirish xarajatlari bo’yicha 75000 91900
10.Imtiyozlarni hisobga olgan soliqqa tortiladigan
foyda 1598100
11.Soliq stavkasi 7,5 %
12. Hisoblangan foyda solig’i summasi (kt 6410) 119858
Ushbu hujalik muomalalari bo’yicha tuzilgan buxgalteriya yozuvlari ko’yida-gicha bo’ladi:
Dt 9810 «Foyda solig’i bo’yicha xarajatlar» 136125
Kt 6410 «Xisoblangan foyda solig’i» 119858
Kt 7250 «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha daromad (foyda) solig’i»
yuzasidan muddati uzaytirilgan majburiyatlar 16267

3. Bevosita soliqlarning hisobi. Bilvosita soliqlarning hisobi. Mol-mulk va resurs soliqlar hisobi. Kichik biznes sub’ektlari tomonidan to’lanadigan soliqlar va majburiy to’lovlar hisobi
Soliq tizimining asosi bo’lgan soliqlar o’ziga xos xususiyatlariga, bir qator belgilariga ko’ra guruhlanadi. Soliqlarning guruhlanishi ularning obhektiga, xo’jalik yurituvchi subhektlar moliyaviy faoliyatiga tahsir etishiga, undirilish usullari, paydo bo’lishiga (sub’ektiga), byudjetga yo’naltirilishiga va boshqa belgilariga ko’ra ularning tasniflanishidir.
Soliqlar ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishiga qarab yoki boshqacha qilib aytganda undirib olish manbasiga qarab ikki guruhga to’g’ri va egri, ya’ni bevosita va bilvosita soliqlar guruhlariga bo’linadi.
Soliqlarni to’g’ri va egri soliqlarga guruhlanishi soliqqa tortish obhektiga, to’lovchi bilan davlatning o’zaro munosabatlariga bog’liq bo’ladi. To’g’ri soliqlar to’g’ridan-to’g’ri daromadga va mol-mulkka qaratiladi (soliqqa tortishning bevosita shakli). Tovarning bahosida to’lanadigan yoki tarifga kiritiladigan tovarlar va xizmatlardan olinadigan soliqlar egri soliqlarga kiradi. Tovar va xizmatlarning egasi ularni sotishda soliq summalarini olib, ularni davlatga o’tkazadi.
Daromadlar oladigan (mol-mulkka va shu kabilarga egalik qiladigan) xo’jalik yurituvchi sub’ektlar to’g’ri soliqlarning pirovard to’lovchisi hisoblanadi, narxlarga ustamalar orqali soliq yuki yuklab qo’yiladigan tovarning iste’molchisi esa, egri soliqlarning pirovard to’lovchisi hisoblanadi.





Yüklə 56,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin