Taxtakachlash jarayoni parametrlarini belgilash. Sanoatda ishlab chiqariladigan tabletka dastgohlarida bu asbobning yo‘qligi tufayli ish qo‘lda ishlaydigan taxtakach asbobi yordamida bajariladi
Taxtakachlash bosimini belgilash. Buning uchun quyi puansonni qolipga asos qilgan holda 0,3—0,5 g massa ishlatiladi. Keyin yuqori puanson kiygizilib, taxtakachlash asbobining plunjeriga joylashtiriladi. So‘ng ushlatgich yordamida asta-sekin ma’lum bosim hosil qilinadi. Bosimning katta-kichikligi olingan moddalarning fizik-kimyoviy xususiyatlariga bog‘liq bo‘lib, 80—100 MPa ni tashkil qiladi. Ko‘pincha bosim 200 MPa atrofida bo‘ladi. Masalan, kaliy bromidning og‘irligi 0,5g diametri 9 mm bo‘lgan tabletkasini tayyorlash uchun 160 MPa (1600 kg/sm2) bosim etarli bo‘ladi. U quyidagicha hisoblanadi:
Bu erda Pman—manometr ko‘rsatgichi, atm; 26,4 — gidrotaxtakachlash plunjerining yuzasi, sm2; Stabltabletka yuzasi, sm2 (πg2). Tenglama qiymatlarini qo‘ysak: R=38-40atm. bo‘ladi
Demak, og‘irligi 0,5 g, diametri 9 mm bo‘lgan kaliy bromid tabletkasi OST 64-7-170-75 talabiga javob berishi uchun 40 atmosfera bosimda taxtakachlanishi lozim. Bu esa 160 MPa ga (1600 kg/sm2) to‘g‘ri keladi; shunda olingan tabletka balandligi diametrining 30—40% ni tashkil etadi.
Qolip teshikchasidagi tabletkani itarib chikarish uchun sarflanadigan kuchni aniqlash. Buning uchun quyidagi tenglamadan foydalaniladi:
бу ерда S — таблетканинг ён сатҳи, см2, яъни 2 πгh.
(r—таблетка радиуси, мм; h— таблетка баландлиги, мм; π=3,14).
Vazifa. Zarb bilan ishlaydigan tabletka mashinasining tuzilishi va ishlash mexanizmi bilan tanishing.