Masalan, Mahsulotlar umumdavlat tasniflagichi (klassifikatori) uchun kodlar
tuzilmasi 2-rasmda keltirilgan.
Mahsulot umumdavlat tasniflagichi (MUT) yetkazib berish predmeti bo’lib
hisoblangan mahsulot nomi va kodlarining tizimlashtirilgan to’plamini o’zida
namoyon etida. MUT tasnifiy (T-MUT) (sinfiy) va assortimentli (A-MUT)
qismlardan tarkib topgan. Tasnifiy (sinfiy) qismi aniqlangan alomatlar bo’yicha
mahsulotlarni tizimlashtiruvchi tasnifiy guruhlangan nomlar va kodlar (sinf – sinf
osti – guruh – guruh osti - tur)ni o’zida namoyon etadi. Assortiment qismi muayyan
mahsulot markasini indentifikatsiyalovchi nomlar va kodlar majmuasidir.
Misol:
54 sinf mahsulotlari MUTda kodli begilanishini ko’rib chiqamiz:
54 (sinf) –sellyuloza-qog’oz sanoati mahsuloti;
546 (sinf osti) – maktab daftarlari, oboy va oq-qog’ozli tovarlar;
5463 (guruh) – oq-qog’ozli tovarlar;
54631 (guruh osti) – maktab daftarlari va
kundaliklari;
546314 (tur) – qalam bilan yozish uchun daftarlar;
546314 0001 – nashriyot oq silliq qog’ozdan blok va qattiq qog’ozdan
muqovalangan, hajmi 48 list, 144x203 mm o’lchamli qalam bilan yozish uchun
daftar (turli xillik – assortiment qismi – muayyan
mahsulot markasining
identifikatsiya).
Tasniflashgan qismida mahsulot (sinf - tur)lar umumiy alomatlari
(mo’ljallanganligi va h.k.) bo’yicha ob’ektlar qatori (tsellyuloza-qog’oz
sanoati
mahsulotlari) tartiblashtirish tartibida bo’linadi. Assortiment qismida muayyan
alomatlar qismi (konstruktsiyasi va h.k.) bo’yicha tartiblashtiriladi.
SHuning uchun ham tasniflagichlarni ishlab
chiqish juda murakkab va
mashaqatli ishlardan hisoblanadi.
Buning eng mashaqatli jihati standartlashtirish sohasida ko’rilayotgan
muayyan aynan bir xil standartlashtirish ob’ektlari to’g’risidagi ma’lumotlarni sifatli
tasnifiy tizimlar (ST)ni ishlab chiqish bo’lib hisoblanadi. Buning uchun tabiiy turiga
qanchalik yaqinlashish imkoniyatini hisobga olish zarur. Agarda ob’ektlarni
identifikatsiyalash uchun zaruriy va yetarli mavjud xossalariga tayangan bo’lsa,
ХХ
Х
Х
Х
Х
Tur
Guruh osti
Guruh
Sinf osti
Sinf
Dostları ilə paylaş: