10-Mavzu. To`rt oyoqlilar katta sinfi. Reja



Yüklə 31,44 Kb.
səhifə3/3
tarix10.05.2022
ölçüsü31,44 Kb.
#57162
1   2   3
4-Maruza

Amfibiyalar ekologiyasi
Suvda ham quruqlikda yashovchilar sovuqqonli (poykilotermli) hayvonlar bo`lib, ularning gavda harorati tashqi muhit haroratiga bog`liq. Shu bilan birga ularning hayoti atrof muhitning namligiga ham bog`liq bo`ladi.

Amfibiyalarning yashash joylari ancha xilma-xil, ko`pchiligi nam joylarda yashaydi, ayrim turlari, butun umrini suvda o`tkazadi (dumlilar). Tropik zonalarda yashovchi oyoqsizlar esa yer tagida hayot kechiradi. Bolqon proteyi qorong`i g`or suvlarida yashaydi. Amfibiyalar sovuqqonligi sababli tashqi muhit harorati 10 Co bo`lganda faolligi susayadi, 5 7 Co bo`lganda karaxt bo`lib qoladi, harorat -2 Co bo`lsa o`ladi. Shuning uchun ham amfibiyalar asosan ekvatorda tarqalib, qutbga borgan sari turlarining soni keskin kamayadi. Amfibiyalar asosan nam iqlimda yashaydi, quruq iqlimda va sho`r suvda yashay olmaydi.

Amfibiyalarning oziqlanishi deyarli bir xil bo`ladi, asosan hayvon organizmlari, itbaliqlari esa o`simliklar bilan ovqatlanadi. MDH hududida yashaydigan amfibiyalar hasharotlar, chuvalchanglar, molluskalar, ayrim turlari xatto jo`jalar va sichqonlarni ham tutib yeydi.

Amfibiyalarda himoyalanish nisbatan sust rivojlangan. Shu tufayli ularning g’animlari ko’p. Ularning ikralari va lichinkalarini suvda yashovchi hasharotlar, baliqlar va suv qushlari yeydi. Katta formalari esa, laqqa, cho’rtan yoki, toshbaqa, timsoh, ilon, laylak, oqqush, turna, yenotsimon itlar uchun ozuqa hisoblanadi. Ayrim amfibiyalarda teri bezlari kuchli modda - zahar ishlab chiqaradi. Bu moddalar shilliq pardaga tushganda yallig’lanishga olib kelishi yoki umumiy zaharlanishga olib kelishi mumkin. Bunday bezlar aga qurbaqasi, jerlyanka va qurbaqalarda uchraydi. Salamandra va jerlyankalar ochiq yaqqol ko’zga tashlanadigan ogohlantiruvchi ranglarga ega. Yashil va qo’ng’ir baqalr esa yashash joyiga mos ranglarga ega bo’lishadi. Rogatka degan turi o’z g’animiga tashlanishi va tishlab olishga harakat ham qilishi mumkin. Ayrim turlarida masalan salamandralarda dum regeneratsiyasi kuchli rivojlangan.

Amfibiyalarning ko`pchiligi bahorda ko`payadi. Baqa, qurbaqa va boshqa ko`pchilik amfibiyalar ikralarini suvga tashlaydi va urug`lanishi suvda o`tadi. Dumli va oyoqsiz amfibiyalarda esa urug`lanish ichki.

Amfibiyalarning pushtdorligi o`zgarib turadi. Baqalar 10000 tagacha ikra qo`yadi. Suvning haroratiga qarab itbaliqlar 8 kundan 28 kungacha rivojlanadi. Yozning oxirida itbaliqlar baqalarga aylanadi. Ko`pchilik amfibiyalar nasli uchun qayg`urmaydi. Ammo ba'zi amfibiyalarda nasl uchun qayg`urish namoyon bo`ladi, lekin bularning pushtdorligi keskin kamayadi. Masalan, oyoqsizlar 20 tacha tuxumlarini yer kovaklariga, ildiz yoki tosh ostiga qo`yib, ularni tanasi bilan o`rab isitadi. Amerika pipalari 50-100 tacha tuxumlarini orqasidagi chuqurchalariga qo`yadi.

Amfibiyalarda bir kecha-kunduz va fasl siklliligi bor. Qurbaqalar, bo`z baqalar va tritonlar kechasi faol hayot kechiradi. Harorati va namligi yuqori bo`lgan tropik o`rmonlarda ko`pchilik amfibiyalarning hayoti yil bo`yi faol bo`ladi. Lekin bu hududlarda qurg`oqchilik va yog`ingarchilik fasllari almashinib turganda amfibiyalarning hayot muhitlari keskin o`zgaradi. Qurg`oqchilik mavsumida amfibiyalar uyquga ketadi. O`rta shimoliy kenglikda esa amfibiyalar qishda uyquga ketadi.

Butun quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlarning suv muhitidan quruqlik muhitiga chiqishi ularning tuzilishida muhim o`zgarishlar yuzaga kelganligini ko`rsatadi. Avvalo, jabra bilan nafas olishdan o`pka bilan nafas olishga o`tiladi, suzgich qanotlari besh barmoqli oyoqlarga almashinadi. Keyinchalik qon aylanish sistemasi, nerv sistemasi va suzgich organlari o`zgaradi.

Amfibiyalar inson uchun katta ahamiyatga ega. Avvalo, ular turli-tuman yerlarda yashab, zararkunandalarni qirib, bog`larga, poliz va dalalarga, o`rmon va o`tloqlarga katta foyda keltiradi. O`t baqasi bir kecha-kunduzda o`rtacha 6 ta umurtqasiz hayvonni yeydi, 6 oy davomida esa 1200 dona hasharot va molluskalarni qiradi. Ikralari, itbalig`i va voyaga yetgan amfibiyalar ko`pchilik ovlanadigan baliqlar, o`rdaklar va boshqa qushlar uchun yem bo`ladi. Ba'zi mo`ynali hayvonlar (norka, qunduz) baqalar bilan ovqatlanadi. Ayrim mamlakatlarda (Fransiya, AQSH, Sharqiy Osiyo davlatlari) baqa va salamandralarning go`shtini odamlar iste'mol qiladilar. Baqa va triton biologiya va tibbiyot izlanishlarida juda ham ko`p miqdorda laboratoriya hayvoni sifatida ishlatiladi.

Baqalar ovlanadigan baliqlarning chavoqlarini yeb, ma'lum darajada zarar ham keltiradi.



Amfibiyalar inson uchun foydali bo`lganligi sababli ularni qo`riqlash zarur. Amfibiyalarning 8 turi, shu jumladan, yetti suv tritoni yoki baqatish, ussuriy tirnoqli tritoni, karpat tritoni, qamish qurbaqasi MDH "Qizil kitobi"ga kiritilgan.

Mustahkamlash uchun savollar.

  1. Suvda ham quruqlikda yashovchilar (Amphibia) sinfiga kiruvchi hayvonlarni o’ziga xos xususiyatlari?

  2. Suvda ham quruqlikda yashovchilar (Amphibia)ningtuzilishi qanday?

  3. Amfibiyalar ekologiyasi qanday?

  4. Amfibiyalarning ko’payishi?

Yüklə 31,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin