10-mavzu: urug’larni ekishga tayyorlash


Tuproqqa ishlov berish tizimi



Yüklə 21,04 Kb.
səhifə4/6
tarix21.12.2022
ölçüsü21,04 Kb.
#77161
1   2   3   4   5   6
URUGLARNI-EKISHGA-TAYYORLASH.

Tuproqqa ishlov berish tizimi. Ko’chatzorda quyidagicha tuproqqa ishlov berish tizimlari ishlatiladi. Kuzgi shudgor, o’t-o’lanlarni yo’qotish uchun, ko’chatlarni kavlab olgandan so’nggi ishlov va tuproq unumdorligini oshirish uchun ishlov.
Kuzgi shudgorda tuproqni ag’darish va boronalashdan iborat. Tuproqdagi begona o’tlarni yo’qotishda ildizi bilan diskali texnika vositasida 10-12 sm chuqurlikda o’zaro perpendikulyar bo’lgan yo’nalishda ishlov berish zarur. Yozning oxiri va kuz faslining boshlarida, ya’ni begona o’tlar paydo bo’lishi bilan pluglar ishtirokida yer haydab chiqiladi. Bu yesa o’z navbatida begona o’tlarni yo’q bo’lib, yerda tuproqda namlik yaxshi saqlanadi. Agar yer maydonlarida yekish uchun mahsulotlar yoki ekinlar ekilgan bo’lsa, ularda yoppasiga haydash o’tkazilmaydi. Faqat ekin oralig’iga ishlov beriladi.
Yerta bahordan boronalash ishlari boshlanadi. Tuproqqa ishlov berish tuproq yetilgach o’tkaziladi, ya’ni namlik o’rtacha yer, loy bo’lmasligi zarur. Agar kuzda yog’ingarchilik kam bo’lib yerda namlik keskin kamayib kesa, yerni haydashdan oldin yer yengil sug’oriladi.

Ko’chatzor barpo qilish uchun ajratilgan maydonlarda birlamchi o’zlashtirish ishlari. Maydonlarni birlamchi o’zlashtirish daraxtzorlari kesilgan maydonlardakesishdan qolgan notoza, singan daraxtlar, kasallangan daraxtlardan tozalab va alohida yakka-yakka turgan daraxt va butalardan iborat maydonlarda bajariladi.
Yerlarda tekislash ishlari GN-40 greyder tekislagich yoki osmali tekislagich VPN-5,6 yordamida bajariladi. qumli sharoitda barpo yetilgan ko’chatxonalarda tekislash ishlari ko’chatlarni o’sish darajasiga biroz bo’lsada ta’sir yetadi. YUmshoq qumli maydonlarda maxsus ishlab berish ishlari o’tkazilmaydi. qachonki qum tarkibi bir-biriga yopishqoq bo’lib qolsa, u holda ishlov berish zarur.


O’rmon ko’chatzorlarida mineral va organik o’g’itlardan foydalanish. O’simliklar hayotiga berilgan o’g’itlar samaradorligi butun vegetasiya davrida ko’chatlarni yuqori darajada oziqlanish tizimiga bog’liq. Daraxtlar tuproqdan o’ziga ko’pincha azot, fosfor, kaliy shuningdek kalsiy, magniy kabi elementlarni ola boshlaydi. Unchalik ko’pchilik bo’lmagan miqdorda marganes, bor, molibden, kobolt, bor, rux kabi mikroelementlarni o’zlashtirib boradi. Bu guruh elementlar, ya’ni mikroelementlar o’simlik hayotida katta ahamiyatga yega va ular doimo tuproqda mavjud bo’lishi zarur. Shuning uchun yerga kaliyli, azotli va fosforli o’g’itlar berib boriladi.
Barcha o’g’itlar quyidagicha guruhga bo’linadi: organik, mineral, organinomineral (aralash) va mikrobiologik.
Organik o’g’itlar yerga hazm bo’lib bora boshlab o’simlik organizmi uchun 2-3 ba’zan 5 yilgacha ozuqa manbaiga aylanib boradi yoki bu o’g’itlar tuproqqa har tomondan ta’sir yetib, tuproqning kimyoviy va fizikaviy tarkibini boyitib, oshirib boradi.
Go’ng o’z tarkibida o’rtacha 0,5 % azot, 0,25 % fosfor, 0,6 % kaliy saqlaydi. Go’ng 4-5 yil chuqur xandaklarda saqlangandan so’ng ishlatishga tavsiya yetiladi. Bu vaqtda go’ng tarkibidagi qattiq organik moddalar parchalana boshlaydi. Og’ir tuproqli yerlarga beriladigan go’ng miqdori 30 t/ga 3-4 yilda bir marotaba, yengil tuproqlarda yesa 15-25 t/ga 2-3 yilda bir marotaba. Kuzda yer haydashdan oldin yerga solib boriladi, agar biror sabab bilan kuzda berilmasa, yerta bahorda haydash vaqtida yerga sepib boriladi.
1-jadval


Yüklə 21,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin