10-Mavzu: yoshlarni oilaviy xayotga psixologik tayyorgarlik. Reja



Yüklə 55,08 Kb.
səhifə1/2
tarix20.03.2023
ölçüsü55,08 Kb.
#88899
  1   2
10-Mavzu yoshlarni oilaviy xayotga psixologik tayyorgarlik. Rej-1


10-Mavzu: YOSHLARNI OILAVIY XAYOTGA PSIXOLOGIK TAYYORGARLIK.
Reja:

        1. Oilaviy munosabatlar.

        2. Oiladagi maishiy-xo‘jalikni yuritish

        3. Oilaviy munosabatlarda er-xotinning bir-birlariga munosabati.

“Turmush musht", "Oiladagi bir gap ko‘p, bir gap kam" degan shakldagi fikrlarni ko‘plab uchratamiz. Oilaviy munosabatlarda er-xotinning yoki kelin-kuyovlarning to‘yga qadar bir-birlariga muvofiq kelishi ("yulduzi yulduziga" mos kelishi tarzda badiiy tus berishi), o‘zaro sevgi-muhabbat va yoqtirish asosida turmush qurish ancha ijobiy holat sifatida qaraladi. Navbatdagi "Er-xotinlarning shaxs sifatida muvofiqliklarini aniqlovchi shkala nikohdagi sheriklarning maslaklari, qiziqishlari, manfaatlari, qadriyatlar yo‘nalishi, vaqtni o‘tkazishlari bilan bog’liq bir qator ustanovkalarni mujassamlashtirgan.
Hamkorlik psixologiyasi, o‘ziga sherik tanlash va birgalikda faoliyat ko‘rsatish kundalik turmushda uchraydigan hodisalar. Ular shaxslarning ma’lum vaqt mobaynida amalga oshiradigan faoliyatlaridir. Aksincha oiladagi er-xotinlarning birgalikdagi, hamkorlikdagi faoliyatini qisqa muddatli biron-bir me’yor bilan chegaralab bo‘lmaydi. Agar mehnat jamoasida xodimlar o‘rtasidagi nizo sababli biri o‘zining ishchi o‘rnini boshqa jamoaga o‘zgartirishi yoki jamoaning boshqa a’zolari bilan yaxshi munosabat o‘rnatish orqali o‘z xatti-harakatlarini kompensasiyalashi mumkin. Oilada er-xotin o‘rtasidagi kelishmovchilik, nizolar oqibatida esa yuqoridagi tarzda ish tutib bo‘lmaydi. Er-xotinning shaxs sifatida bir-birlarini qabul qilishlari xalq orasida qo‘llaniladigan "er-xotinning urishi doka ro‘molni qurishi" naqli hojat qoldirmaydi. Shunday ekan, natijalarga murojaat etib ko‘raylik, erlar 6,26+0,61 va ayollar 8,63+0,85 ball (r<0,05 ga teng bo‘ldi) bilan qanoatlanganlar. Olingan miqdoriy ko‘rsatkichlar, erlarni turmush o‘rtog’iga muvofiq kelishi to‘g’risida o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori ekanligidan dalolat bermoqda. Bu esa erkaklar uchun ayollarning manfaatlari, qiziqishlari, qadriyatlar orientasiyasiga ular tomonidan belgilanishga ishtiyoq yuqoriligini aytish mumkin. Milliy madaniy muhitimizda ham xotin doimo erni tushunishi, uning fikrlariga qarshilik bildirmasligi, norozilik qilmasligi va so‘zsiz bo‘ysunishi lozim degan pozisiyada turish yetakchilik qiladi.
Diniy-falsafiy nuqtai nazarda ham er-xotinga nisbatan bir pog’ona yuqori bo‘lishi lozim deyilsa-da, ammo bu talqin erkakning tabiiy imkoniyatlarini, (jismonan baquvvat, xo‘jalik ishlarini boshqarishga moyil) inobatga olib aytilgan. Erkaklarning natijasi nisbatan avtonomiyaga, ya’ni turmush o‘rtoqlarining ularni xohish-irodasi, qiziqishlariga muvofiqlashishlaridan dalolat beradi.
Xotinlarning natijalari esa erlarinikiga nisbatan anchagina yuqori. Bu esa ayollarning (qizlarni) o‘zlariga turmush o‘rtoq tanlashda oqilona yondashishga moyil ekanligini anglatadi. Ayollar o‘zbek etnosidagi xotinning eriga tobe bo‘lishi, uning manfaatlariga muvofiq xulq-atvori va qiziqishlarini moslashtirish kerak degan an’anaviy tamoyilga amal qilsalar-da, lekin bunday holat kuchli hissiy zo‘riqish, frustrasiyaga moyillik, noroziliklar bildirib turish, ajralish xohishining paydo bo‘lishiga olib keladi.
Ayollarning natijalari erlariga nisbatan ancha yuqori ekanligi ularni umumiy qiziqishga ega ekanligi, ehtiyojlar, qadriyatlar yo‘nalishi, vaqtni o‘tkazish usullariga ega bo‘lishi lozim deb hisoblaydilar. Metodikaning ushbu shkalasidagi xususiyatlarga ayollar ancha ijobiy qarar ekanlar. Ammo ayollar turmush o‘rtoqlari (erlar) ko‘pincha yuqoridagi xususiyatlarning hammasiga ham ahamiyat bermasligini bildiradilar degan nuqtai nazarni ilgari sursak bo‘ladi. Chunki zamonaviy oiladagi inqirozlarni aynan er-xotin o‘rtasidagi shaxslilik identifikasiyasining mujassamlashmaganlik oqibati deb qarash mumkin. Bu esa oilalarda quyidagi holatlarni e’tibordan chetda qolayotganligini ifodalaydi:
- Er bilan xotinlar o‘rtasidagi shaxslilik muvofiqlashuvi doimo ham oila qurish jarayonida inobatga olinmayapti;
- Erlarda turmush o‘rtoqlari bilan umumiy manfaat va qiziqishlar hosil qilishga intilish yetarli emas;
- Qizlarning (ayollarning) er bilan identifikasiyalashuvlari ideal rejada bo‘lib, reallikka oshmasligi ko‘p kuzatiladi.
- Erlarni xotinlari bilan bo‘sh vaqtni birga qiziqarli, maroqli o‘tkazish to‘g’risidagi faoliyatlari shakllanmagan.
Aytish joizki, shaxslilik identifikasiyasi oiladagi shaxslararo munosabatlarning me’yorida bo‘lishini ta’minlashda boshqa omillarni ham inobatga olishga chorlaydi.
3.Maishiy-xo‘jalik yuritish. "Bo‘sh qop tik turmaydi", "avval iqtisod, keyin siyosat" shakldagi naqllarni tez-tez takrorlaymiz. Oilaning maishiy-xo‘jalik faoliyatini ko‘ngildagidek o‘tishi er-xotinlarning munosabatlarini, shuningdek, uning barqarorligini ta’minlovchi markaziy omillar sirasiga kiradi. Ammo oiladagi maishiy-xo‘jalik faoliyatini boshqarishda kimning yetakchilik qilishi kerak? degan savol ko‘ndalang turadi. Metodikaning xususiyatiga ko‘ra, shkala bo‘yicha yuqori natijalar er-xotinlarning bir-biriga nisbatan maishiy-xo‘jalik yuritishga nisbatan talab yuqori ekanligini bildiradi.
Ushbu shkaladagi natijalarga ko‘ra, erlar 6,350,54, xotinlar 7,120,83 ballni (r-farqlar ishonchliligi kuzatiladi) namoyon qildilar. Milliy an’analarimiz hamda islom dini tamoyillariga ko‘ra, nikoh o‘qitilayotgan vaqtda yigit kishiga (kuyov bolaga) ijtimoiy buyurtma sifatida xotinni yolg’iz qoldirmaslik, asosiy xo‘jalik ta’minotini ta’minlash talablarini qo‘yadilar. Ammo zamonaviy oilalarda er-xotinlarning maishiy-xo‘jalik yuritishdagi rollarini o‘zgarayotganligi ham muayyan nizoli vaziyatlarga olib kelmoqda.
Oiladagi maishiy-xo‘jalikni yuritish uzoq vaqt shakllangan ko‘nikma va malakalarning natijasidir. Ota-onalar farzandlariga oila qurish ostonasida emas, yoshlik davridanoq yo‘nalish berishi o‘rinli hisoblanadi.
Maishiy-xo‘jalik yuritish shkalasi bo‘yicha natijalar erkaklarni xotinlariga nisbatan uy-joy ishlariga nisbatan talablari stabillashgan bo‘lsa, ayollar esa erlariga maishiy-xo‘jalik yuritish faoliyatidan yetarlicha qoniqmasliklarini va erlaridan faollik, shijoatkorlik, tadbirkorlik hamda xo‘jalik ishlarida uquvlilikni talab etmoqdalar.
Maishiy-xo‘jalik faoliyatining me’yorda bo‘lmasligi oilaviy munosabatlarga doimo zarar yetkazadi. Shu o‘rinda er-xotinlar maishiy-xo‘jalik faoliyatiga aloqador yumushlarni bajarishda hamjihatlikni, o‘zaro tushunishni va voqelik bilan imkoniyatning mosligini inobatga olishlari lozim.
Er-xotinlarni maishiy-xo‘jalik yuritishga tayyorliklari an’anaviy hodisadir. Chunki, o‘ylanayotgan har qanday yigit:
-xo‘jalikdagi jihozlarni tuzata olish;
-duradgorlik, elektr, qurilish yumushlarini uddalash;
-ba’zi bir taomlarni tayyorlay bilish;
-uy hayvonlarini parvarishlash;
-o‘simliklarga ishlov berish va boshqa yumushlarni bajarish malakalariga ega bo‘lishi joiz.
Uzatilayotgan qiz esa:
-uyni saranjom-sarishtalash;
-pishiriqlar va mazali taomlar tayyorlay olish;
-oshxona idishlarini toza-ozoda saqlash;
-mehmon kutishni uddalash va shu singari ishlarni mohirona bajarish talab etiladi.
Sanab o‘tilgan jihatlar nikohdagi sheriklarning maishiy-xo‘jalik faoliyatini psixomotorik tomonidan amalga oshirishni ifodalaydi. Bu xususiyatlarga qo‘shimcha ravishda er-xotinlarga shaxslilik sifatlari ham kamol topganligi shart hisoblanadi: xushmuomalalik, sabr-toqatlik, estetik did, sezgirlik, talabchanlik, samimiylik, hamjihatlik, saranjomlik, bag’rikenglik, va mehmonnavozlik.
Natijalarimiz er-xotinlarning javoblariga ko‘ra, maishiy-xo‘jalik yuritish faoliyatida hali nisbatan nomutanosiblik hukmronlik qilayotganligini ko‘rsatadi. Natijada er bilan xotinlarning xo‘jalik faoliyatidagi rollari o‘zgarishiga olib keladi.
Shu sababli, o‘zbek etnosidagi "avlodlar estafetasi" tamoyiliga o‘g’il-qizlarning oiladagi maishiy-xo‘jalik faoliyatini yuritish ustanovkalari ta’siri ostida shakllantirish ma’quldir.
4. Ota-ona tarbiyachilik funksiyasi. Bu shkala er-xotinlarning ota-onalik majburiyatlariga munosabati, farzandlar shakllanishdagi shaxsiy pozisiyalari, ota-onalik funksiyalariga taalluq tasavvurlarini ifodalaydi.
Er-xotinlarning ota-onalik hamda tarbiyachilik funksiyalari to‘g’risidagi tasavvurlari, ularning shaxslilik pozisiyalari, ijtimoiy talablarga mas’uliyat, jamiyat va oila munosabatlaridagi o‘rinlarini belgilaydi. Bu shkala bo‘yicha er-xotinlar nisbatan yuqori ko‘rsatkichlarni, ya’ni 7,140,82 ball. (erlar) va 7,850,96 ball (xotinlar) (1 ilovaga qaralsin) bilan qanoatlanganliklari guvohlik bermoqda. Ota-onalik va tarbiyachilik funksiyasiga ularning ijobiy tasavvurga egaligi o‘zbek xalqi-ning azaldan "bolajon"ligi natijasidir. Ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar er-xotinlarning bu boradagi funksiyalariga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi. Er-xotinlarning farzandlariga nisbatan ota-onalik mehri tabiiy asoslansada, ammo Ta’limviy faoliyatida anchagina tanazzul ko‘zga tashlanmoqda. Ota-onalar ko‘proq farzandlarning moddiy ta’minoti bilan mashg’ul bo‘lishlari, oilaviy tarbiya jarayonida bo‘shliqni hosil qiladi. Bu esa zamonaviy oiladagi ijtimoiy-psixologik muhitda inqirozni yuzaga keltiradi.
SHuningdek, er tomonidan oilaning maishiy-xo‘jalik sohasiga asosiy e’tibor qaratayotganligi, unda ota tarbiyasining o‘rni bo‘shab qolayotgani, onaning uy yumushlari bilan mutassil mashg’ulligi o‘g’il-qizlar doimiy nazoratidan chetga qolishga olib kelmoqda.
Natijalar er-xotinlarning ota-onalik, Ta’limchilik ustanovkalari bo‘yicha tasavvurlari ijobiy bo‘lsada, lekin real muhitda bu majburiyatlar "begonalashayotganga o‘xshab qolmoqda".
Er-xotinlarning ushbu doiradagi tasavvurlari dastlabki uchala shkala bilan navbatdagi uchta shkalani birlashtiruvchi bo‘lib hisoblanadi. Shu bois, shkala er-xotinlarning ota-onalik rollari oilaning bir butun jips tizim sifatida o‘z atrofida birlashtiruvchi qadriyat ekanligini unutmaslik kerak. Oilaning tanazzuli va undagi shaxslararo munosabatlar ham mazkur rollarning buzilishi zamirida yotadi.
Ijtimoiy faollik. Mazkur shkala er-xotinlarning tashqi ijtimoiy faolligini, ya’ni kasbiy va jamiyat hayotidagi oilaviy munosabatlar barqarorligini belgilovchi ustanovkalarni aks ettiradi.
Ijtimoiy faollik shkalasi er-xotinlarning maishiy-xo‘jalik va Ta’limchilik funksiyalarini sifat ko‘rsatkichi hisoblanadi. Albatta, oilaviy munosabatlarning barqarorligi er-xotinning savodxonlik darajasi, kasbiy faoliyati va mahalla-ko‘y orasidagi mavqelariga bog’liq.
Er-xotinning oilaviy munosabatlarida e’zozlanishi, muammolarning joy-joyida hal qilinganligi ijtimoiy munosabatlar (er yoki xotinning mehnat qilayotgan jamoasidagi, yashayotgan mahallasidagi, qon-qarindoshlar orasidagi shaxsiy mavqei)dagi rolini belgilaydi.
Erkak kishi oilani moddiy ta’minlash uchun qandaydir ishning boshini tutgan bo‘lishi kerak.
Er-xotinning oiladan tashqari qiziqishlari shaxslararo ta’sirlashuv jarayonining asosiy qadriyati hisoblanadi.
Natijalarda esa quyidagicha manzara kuzatiladi, ya’ni erlar 6,430,56 ball, ayollar 7,080,58 ball to‘pladi. Bu esa ayollarda turmush o‘rtoqlarining kasb-kori, mavqei, ularning qiziqishlari muayyan ahamiyat kasb etishini ko‘rsatmoqda. Erkaklarga ayollarini qanday faoliyat mazmuniga ega bo‘lishi (so‘zsiz o‘zgarishlarga olib keladi) unchalik ahamiyat kasb etmas ekan. Insoniyatning tarixiy-madaniy tajribasida ham er oilani moddiy jihatdan ta’minlashning asosiy kuchi hisoblanadi. Yangi oila qurilayotgan vaqtda, nikohda kuyov yigitdan islom dini qoidalariga ko‘ra bir qator shart-talablar qo‘yilishini aniq bilamiz. Ammo, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy muhitning o‘zgarishi er bilan xotinning oiladagi moddiy ta’minotdagi funksiyasini o‘zgarib borishiga olib kelayotganligi uning tuzilishida ba’zan buzilishlarni keltirib chiqarmoqda.
Emotsional-psixoterapevtik. Bu shkala er-xotinlarning oiladagi emotsional-psixoterapevtik funksiyalari ahamiyatini belgilovchi hisoblanadi. Shkala-mazmuniga ko‘ra, ikki xil jihatli ma’noga ega. Birinchidan, er-xotinlarning oiladagi emotsional liderlikni, psixologik muhitni, axloqiy va hissiy qo‘llab-quvvatlash hamda "psixoterapevtik muhitni" shakllantirish masalasini aks ettirsa, ikkinchidan, er-xotinlarning oila "psixoterapevti" rolini bajarishga intilishini belgilaydi. Natijalarning umumiy mazmuni er-xotinlarning o‘zaro axloqiy va hissiy jihatdan oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlashi, uni ardoqlashi, unda psixologik xotirjamlik va barqarorlikni muvofiqlashtirishni taqozo etadi.
Bizning tadqiqotimizda "emotsional-psixoterapevtik" shkalasi bo‘yicha tekshiriluvchilar quyidagi ko‘rinishdagi ma’lumotlarni namoyon qildilar. Erkaklar 5,360,23 ball, ayollar 6,100,55 ball (r<0,05 ga teng bo‘ldi). Natijalarimiz bir tomondan ajoyib ma’lumotlar berishga, ikkinchidan, ancha taajjubli holatga olib kelmoqda. CHunki erkaklarda natijaning o‘rtacha miqdorini namoyon qilganligi, oiladagi liderlik funksiyasini ayollarga berib qo‘ymayotganmikanlar degan mulohazaga imkon yaratmoqda. "Ijtimoiy-faollik" shkalasidagi natijalar ham buni tasdiqlamoqda. Bugungi oilalardagi inqirozli holatlarda erkaklarning undagi yetakchilik funksiyasi o‘zgarganligi ancha sezilib qolmoqda. Ba’zan xalq orasida "erkak ko‘cha odami" degan odatiy jumlalarni eshitamiz. Ammo oilaning mustahkamligi, ijobiy-psixologik muhit, er-xotinning hamda undagi ma’naviy-hissiy qullab-quvvatlashda erkakning rolini oshirish bugungi kunning asosiy muammolaridan biri hisoblanadi. Natijalar bo‘yicha korrelyasion tahlil ham buni yana bir bora haqchil xulosa ekanligini ko‘rsatmoqda.
Ayollarning natijalari o‘rtachadan ancha yuqori 6,10 ball. Bu ayolning oiladagi liderlikni, hissiy-psixologik muhitni stabillashtiruvchi unda psixoterapevtik rol bajarayotganligidan dalolat bermoqda. Oila a’zolarining ma’naviy va hissiy qo‘llab-quvvatlashda ayolning o‘rni yuqori ekanligini tasdiqlasakda, ammo jiddiy hayotiy masalalarda va nizoli vaziyatlarda ayolning hissiy xulosalarga kelishini e’tibordan chetda qoldirmaslik ma’qul. Mabodo, ota va onaning farzandlariga nisbatan mehr-muhabbatlari ham oiladagi ijtimoiy-psixologik muhitning belgilovchi omillaridan biri deb qaraydigan bo‘lsak, klassik psixologiya vakili E.Frommning quyidagi fikriga e’tibor qaratish joiz: "Otaning farzandlariga muhabbati majburiyat doirasidan, onaning bolalariga sevgisi esa tabiiydir". E.Fromm fikrining o‘ziga xos (jihati) tomoni bor. Agar ushbu mulohazani ayolning faoliyati bilan bog’laydigan bo‘lsak, uning oilada "psixoterapevtik" funksiyani amalga oshirish uchun mas’ul shaxs sifatida sanash mumkin. Farzandlar kamoloti, oiladagi ozodalik-sarishtalik, erga e’tibor qaratish, a’zolar o‘rtasida mehr-muhabbatni tarkib toptirishda ayolning rolini oshirish tabiiy holdir. Ammo oiladagi ayol bilan erkakning funksiyalarini keskin ravishda taqsimlab qo‘yish maqsadga muvofiq bo‘lmasa kerak. Funksiyalar tengligiga erishishga qaraganda vazifalar uyg’unligini ta’minlash ma’quldir (Psixoterapevtik muvofiqlik bo‘yicha III bobda batafsil to‘xtalib o‘tiladi).
Tashqi jozibadorlik. Mazkur shkala er-xotinlarning tashqi qiyofalari va ularning kiyinishlarini zamon talablari darajasiga mosligi ahamiyatini belgilovchi ustanovka hisoblanadi. Shkaladan ko‘rinib turgandek er-xotinlarning eng yoqimtoy juftlik bo‘lishi tashqi jozibadorlikka egalik, bejirim va zamonaviy kiyinishga intilishi masalasi oilaviy munosabatlarning muhim shartidir.
"Onangni otangga bezaksiz ko‘rsatma" degan maqolning o‘zi shkalaning to‘liq mazmunini ochib beradi. Umumiy psixologiya va ijtimoiy psixologiyada insonni inson tomonidan idrok qilishda tashqi qiyofaning ahamiyatini o‘rganishga bag’ishlangan tadqiqotlar talaygina.
Ular insonni inson tomonidan idrok qilishda tashqi ko‘rinish, kiyinish va gavda tuzilishi muhim o‘rin tutishini ilmiy asoslashgan. Yigit qizni yoki aksincha bir-birlarini yoqtirishlarida tashqi qiyofa va joziba yetakchi o‘ringa egaligi kundalik hayotda ko‘pincha kuzatilmoqda. Chunki, shaxs to‘g’risidagi dastlabki taassurotlarni idrok orqali va nazar tashlash tufayli olinganligi bois bunday holatni tan olmasdan ilojimiz yo‘q.
Oilaviy munosabatlarda er-xotinning bir-birlariga nisbatan yoqtirish va yoqtirmasliklarida didga mos kiyinish, go‘zal qiyofaga va husnga egalik, o‘zaro ta’blarini hisobga olgan holda kiyim tanlashlari, kiyimlarning orastaligini e’tiborga olishlari ham muhimdir. Erkak ham, ayol ham tabiatan tashqi jozibadorlik, go‘zallikka da’vogar. Ammo bu da’vogarlikni kim qanchalik darajada amalga oshirishi shaxs kamolotiga bog’liq. "Tashqi" jozibadorlik shkalasiga ko‘ra erlar ham, ayollar ham shaxsiy yoqimtoylik, zamonaviy va orasta kiyinishga intilishlaridan dalolat bermoqda.
Deyarli, har ikki jins vakillari shkala bo‘yicha ancha yuqori natijani namoyon qilishgan, chunonchi, erlar 8,200,68 ball, ayollar esa 8,610,81 ball to‘plashgan. Natijalarning bunday yuqori darajada bo‘lishi tekshiriluvchilarning tasavvur timsollari mahsuli hamdir. Tasavvur va xohish istaklarni ruyobga chiqarish esa ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoit, madaniy muhit, shaxsning dunyoqarashi va his-tuyg’ulariga bog’liqdir. Ammo qanday bo‘lishidan qat’i nazar er-xotinlar "tashqi jozibadorlikka" da’vogar ekanlar. Agar ushbu holatni shaxsning o‘zini o‘zi hurmatlash modelini bog’laydigan bo‘lsak, o‘zini o‘zi hurmatlashning
=
(U.Djems) ko‘rinish olishi ijtimoiy psixologiyada haqchillikka da’vogarlik deb baholangan. o‘ylaymizki, er-xotinlar "tashqi jozibadorlikka" erishish uchun o‘zlarini hurmatlashlari va unga erishishga intilishlari lozim. Buning uchun oilaning moddiy ta’minotini yaxshilash, shaxs sifatida identifikasiyalashgan, ijtimoiy faollikka egalik shart.
Biz metodika natijalarini uch bosqich bo‘yicha tahlil qilishni mo‘ljallagan edik. SHu sababli, ikkinchi bosqichdagi ko‘rsatkichlar qo‘yidagi 2-jadvalda keltirib o‘tilgan.
2-jadval




Jin-
Siy
Intim

SHaxsiy
iden-
tifika-
siya

Xo‘ja-
lik
mai-
shiy

Ota-
ona
Ta’lim-
chi

Ijti-
moiy
faol-
lik

Emotsi-onal psixoterapev-tik

Tashqi joziba-dorlik

Oqsh.e

4

8

7

5

5

5,5

6

Oqsh.a

3

6

6,5

8

8

6

7

Oqm

1

2

1,5

0,5

3

0,5

1

Er-xotinlarning oilaviy qadriyatlar shkalalari bo‘yicha ko‘rsatkichlar qo‘yidagi hulosani keltirib chiqardi:


Tadqiqotimiz natijalariga ko‘ra, er-xotinlar juftligining oilaviy qadriyatlar bo‘yicha muvofiqligi ma’lum darajada ekan. Er-xotinlarning oilaviy turmush faoliyatining muhim sohalari bo‘yicha farqlari belgilangan me’yordan oshib ketgan (belgilangan me’yor-3 balldan oshmasligi kerak). Er-xotinlar oilaviy munosabatlarida ota-onaning Ta’limchi sifatida, ehtiyojlar, tasavvurlar, ularning turmush maqsadlari muhim o‘rin tutar ekan.
Yana shuni aytish joizki, oilaviy munosabatlardagi beqarorlik ota-onalik majburiyatlariga yetarlicha tayyor emaslik, e’tiborsizlik, g’amxo‘rlik va iliq o‘zaro munosabatga, jozibadorlik va zamonaviy tashqi qiyofaning yo‘qligi hamda maishiy muammolarni hal etishga imkoni kamligidan dalolat bermoqda.
Oilaviy munosabatlar attraktsiyasi. Oila a'zolari o`rtasida sodir bo`ladigan murakkab va serqirrali o`zaro munosabatlar ko`plab olimlar, shu jumladan, o`zbekistonlik olimlar (M.Davletshin, G`.Shoumarov, E.G`oziev, B.Qodirov, X.Karimov, N.Sog`inov, F.Akramova, G.Yadgarova, M.Salaeva, D.Xoliqov va boshqalar) tomonidan o`rganilgan. Ularda ko`proq o`zbek oilasiga xos urf-odatlar, udumlar, an'analar nuqtai nazaridan oilaviy munosabatlarning etnopsixologik qirralari tadqiq etilgan. Lekin oila institutini ijtimoiy voqelik sifatida uning qonuniyatlarini tahlil etar ekanmiz, bu o`rinda biz oilaviy o`zaro munosabatlarga xos bo`lgan munosabatlarning psixologik tabiatiga, kelib chiqishi va dinamikasiga e'tiborni qaratgan ko`plab tadqiqotlarda ilgari surilgan ma'lumotlarni keltirishni joiz deb bildik. Shu nuqtai nazardan oilaviy munosabatlar fenomenologiyasi ijtimoiy-psixologik izlanishlar ob'ekti sifatida o`rganilgan bir qator tadqiqotlar natijalariga murojaat qilamiz.
Oiladagi ijtimoiy munosabatlar va ularning kelib chiqish qonuniyatlarini batafsil monografik tarzda o`rganganlardan biri rus olimi L.Ya. Gozman (1987) hisoblanadi. U bu qonuniyatlarni ilmiy jihatdan tahlil etish uchun attraktsiya tushunchasini ishlatgan. Attraktsiya inglizcha attraction – tortilish, intilish so`zlaridan olingan bo`lib, u bir insonning ikkinchi bir insonga nisbatan his qiladigan ijobiy munosabatini anglatadi. Har qanday ana shu zayldagi diadik, ya'ni, diada – ikki kishi o`rtasidagi munosabatlarning boshlanishi simpatiya, yoqtirish yoki attraktsiya bilan bog`liqdir.
Gomezonning ta'kidlashicha, juftlik munosabatlarida attraktsiyaga turtki bo`luvchi omillarning eng muhimi – bu sherikning tashqi, jismoniy jihatdan yoqimtoyligi va uning ijtimoiy-demografik xususiyatlaridir. Ya'ni, bir ko`rishda yoqtirib qolish, uning xusniga rom bo`lish kabilar attraktsiyaning dastlabki bosqichi bo`lib, bu aslida odamlar ongidagi bir bid'atga, ya'ni chiroyli odam aqlli va ahloqli bo`lishi to`g`risidagi tasavvurlarga bog`liqdir.
Yoqtirib qolishga turtki bo`luvchi ijtimoiy-demografik xususiyatlarga eng avvalo insonning jamiyatda tutgan o`rni, ijtimoiy maqomi, ma'lumoti darajasi, kasb-kori, moddiy ta'minlanganligi, millati va diniy e'tiqodi, qaerda, kimlar bilan yashashi kabilar kiradi. Ko`pincha ayni shu belgilar yoki xususiyatlar bilan yaqin bo`lgan insonlar o`zaro bir-birlarini tezroq yoqib qoladilar, chunki o`xshash belgilar yoki ko`ngildagi sifatlarning sherikda, tanishda mavjudligi unga nisbatan ijobiy fikr-mulohazalarning shakllanishiga, stereotiplarning yaxshi ma'noda uyg`unlashishiga zamin yaratadi.
Bundan tashqari, yoqtirib qolishga shaxsning qadriyatlari tizimi, hayotdagi maqsadlarining mushtarakligi, bajarayotgan ijtimoiy rollarining yaqinligi, omadlilik kabi qator jiddiy sifatlar ham turtki bo`ladi. Shuning uchun talabaning talabani yoqtirib qolishi, tibbiyot xodimining aynan shu sohada ishlaydigan odamni bir ko`rishda “sevib qolishi”, safarda birga bo`lganlarning yoki dam olish maskanlarida tanishib qolganlar o`rtasida romantik munosabatlarning uyg`onishi ehtimoli ko`proqdir.
Bir ko`rishda yoqtirib qolish jarayonining jiddiyroq munosabat-larga aylanishini tushuntirish uchun olimlar “uch filtr nazariyasi”ni ilgari suradilar (4.2 – rasm).

Yüklə 55,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin