10-Mavzu: yoshlarni oilaviy xayotga psixologik tayyorgarlik. Reja



Yüklə 55,08 Kb.
səhifə2/2
tarix20.03.2023
ölçüsü55,08 Kb.
#88899
1   2
10-Mavzu yoshlarni oilaviy xayotga psixologik tayyorgarlik. Rej-1

Sheriklik munosabatlarining dinamikasini ifodalovchi “uch filtr” nazariyasi

1-filtr bir insonning boshqa bir insonni bevosita o`ziga qaratishi bilan bog`liq jarayon bo`lib, bunda yangi tanishning tashqi jozibasi, bir qarashda ko`zga tashlanadigan sifatlari (masalan, qiz bolaning sochi uzun, ko`zi moviy, yigitning bo`yi uzun, alp qomat kabi) asosiy rol o`ynaydi. Bunday munosabatlar ko`pchilikka xos, ya'ni aksariyat odamlar turli vaziyatlarda boshqa bir odamni yoqtirib qolaveradi. Agar bir-birini o`zaro yoki bir tomonlama yoqtirish mobaynida sherikning ijtimoiy-demografik xususiyatlari ham kutishlarga mos, ma'qul kelib qolsa, munosabatlar 2-filtrga o`tadi. Agar yangi tanishlarning ijtimoiy-psixologik, shaxsiy xususiyatlari va hayotiy maqsadlari ham bir-birlariga ma'qul kelsa, uyg`un munosabatlar 3-filtrga ham o`tadi. Har bir filtrdan o`tishda sheriklar bir-birlari uchun o`zlarining yangidan yangi qirralarini ochaveradilar. Ya'ni, yangidan topishgan, bir-birini yoqtirib qolgan odamlar uchun muhim bo`lgan asosiy narsa o`xshashlikni qidirish va ularni inobatga olgan holda o`z munosabatini bildirishga intilishdir. Boshqa bir yo`nalish – bu sherigida o`zida yetishmayotgan, o`zida mavjud bo`lmagan sifatni topish va uni o`zidagi sifat bilan uyg`unlantirishga intilish. Masalan, o`zi o`ta tortinchoq bo`lgan qizga dadil, gapga chechan yigitning yoqib qolishi ko`p kuzatilgan.


Uchinchi yo`nalish ikkinchiga yaqin, ya'ni, yangi tanishda o`zidagi mavjud sifatlarning qarama-qarshisini izlash, masalan, yigit kamgap bo`lsa, shaddot, sergap qizni yoqtirib qoladi. Bu kabi kemtiklarni sherigi orqali to`ldirishga intilish, ularga kelajakdagi munosabatlarda anchagina egiluvchan bo`lish va har biridagi yaxshi sifatlarni qadrlashni o`rgatadi.


Takrorlash va muhokama qilish uchun savollar:

  1. Er-xotinlarning ota-onalik hamda ta’limchilik funksiyalari to‘g’risidagi tasavvurlari?

  2. Ijtimoiy faollik shkalasi ko’rsatkichlari?

  3. Oilaviy munosabatlar attraktsiyasi.

Darslik va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati.
1. Davletshin M. G. «Umumiy psixologiya» T-2000.
2. Nemov R. S. «Psixologiya» T. 1.M. 1998.
3.Karimova V. M. «Psixologiya» T.Sharq 2002..
4.G‘oziev E. E. «Umumiy psixologiya» I—II tom. Toshkent-2002.
5.GamezoA. «Atlaspopsixologii» Moskva 2001.
6.Petrovskiy I. V. «Umumiy psixologiya» «O‘qituvchi», 1992.
Yüklə 55,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin