10-seminar mashg‘ulot
Mavzu: Husayniy devonlari va risolasi.
1. Shoir badiiy mahorati haqida fikr yuriting.
2. Husayniy ijodi qaysi olimlar tomonidan tadqiq etilgan?
3. Husayniy devonidagi lirik janrlarni ta’riflang.
4. Husayniyning yana qanday asarlarini bilasiz?
JAVOBLAR:
1. Husayn Boyqaro turkiy tilda yozishni ragʻbatlantirgan va shunga daʼvat qilgan. Oʻzi ham badiiy ijod bilan shugʻullanib, „Husayniy“ taxallusi bilan sheʼrlar yozgan, sheʼriyat majlislari tashkil etib, shoirlarga rahnamolik qilgan. Husayn Boyqaro forsiy va turkiy tillarda g‘azal bitish iqtidoriga ega bo‘lsa-da, asosan turkiyda «Husayniy» taxallusi bilan ijod etgan. Husayn Boyqaro badiiy ijod bilan shugʻullanib, gʻazalnavis shoir sifatida adabiyot tarixida iz qoldirgan. Husayn Boyqaro juda katta iste’dod egasi bo’lgan, u g’azal janrida juda ham chiroyli g’azallar bitgan. Gʻazallarida dunyoviy muhabbatni kuylagan, betakror satrlar yaratgan. Uning “Bo’ldi gul vaqti-yu”, “Furqatingdin xasta ko’nglum qatra-qatra qon erur” kabi g’azallarida juda ko’plab she’riy san’atlardan, masalan, husni ta’lil, tazod, tajnis, takrir kabilardan unumli foydalangan. Boburning xabariga koʻra, devonidagi gʻazallari aksariyat bir vaznda (ramali musammani maqsur) yozilgan.
2. Shoir ijodi bilan E.Rustamov, S.Gʻanieva, E.Ahmadxoʻjaev, A.Erkinov va boshqalar shugʻullanganlar. Bugungi kunda Husayniy asarlari O’RFASHI jamg’armasinida saqlanadi.
Husayniy ijodi o’zi yashagan davrda ham mashhur bo’lgan, xususan, shoirning yaqin do’sti Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur kabilar tamonidan e’tirof etilgan. Shunga ko’ra Navoiy "Majolis un-nafois" tazkirasining 8-majlisini toʻliq Husayn Boyqaro ijodiboʻgʻina bagʻishlab, uning devonidagi 164 gʻazalning matlaʼini keltiradi va u qoʻllagan badiiy timsollar, sheʼriy sanʼatlar, nozik maʼno va ohorli tashbehlar xususida fikr yuritadi. Husayn Boyqaro gʻazallari tilining musiqiyligi va jarangdorligi bilan ajralib turadi
Alisher Navoiy “Majolis un-nafois” asarida sultonning she’riy iqtidoriga baho berarkan, uning she’rlaridan bir qancha namunalar keltirib o‘tadi. Har bir baytni tahlil qilib, undagi badiiylikni, nafosatni ko‘rsatadi. Mazkur bobda shoir Husayn Boyqaroni «Saltanat bahrining durri yaktosi va xilofat sipehrining xurshedi jahonorosi, saxovat havosining abri guharbori va shijoat beshasining huzabr shikori, adolat chamanining sarvi sarbalandi va muruvvat ma’danining gavhari arjumandi, ko‘shish razmgohining Rustami dostoni va baxshish bazmgohining Hotami zamoni, fasohat ilmining nukta birla sehrsozi va balog‘at jahonining diqqat bila mo‘’jiza pardozi» singari tavsifu tashbihlar bilan yodga oladi. U «Husayniy» devonini tahlil etarkan, alifbo tartibidagi har bir harf bilan tugagan baytlarga o‘z munosabatini bildiradi.
3. Husayningning devonida asosan g’azal janrlari bo’lib, undan tashqari masnaviy, qit’a, mustazod kabi janrlar ham uchraydi. Shoirning devonidagi g’azallariga A.Navoy alohida to’xtalib, shoir turkiygo‘y shoirlar devon tartibida chetlab o‘tadigan, eski o‘zbek tilida kam qo‘llanadigan «se» harfi bilan tugaydigan misralar ham aynan Husayn Boyqaroda borligini faxr bilan e’tirof etadi va ushbu baytni misol keltiradi:
Yor ko‘yidin o‘tarda ko‘rguzur bu zor maks, So‘z desa dog‘i javobida qilur bisyor maks,
Husayn Boyqaroning she’riy iqtidori o‘z davrining ko‘plab tarixchi va shoirlarining e’tiboridan chetda qolmagan. Hatto Movarounnahr va Xurosondan tashqarida ham Husayn Boqaroning she’ryat ahliga bo‘lgan e’tibori shuhrat qozongan. 16 asrda yashagan Ozarbayjon shoiri Kishvariy Navoiy va Husayn Boyqaro o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarga havas va armon bilan qaragani yaqqol seziladi: Kishvariy she’ri Navoiy she’ridin eksik emas,
Baxtina dushsaydi bir Sulton Husayni Boyqaro.
Buyuk sarkarda va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur ham o‘zining «Boburnoma» asarida sulton Husayn Boyqaro haqida bir qancha fikrlarni bildiradi: «Sulton Husayn Mirzoning zamoni ajab zamone edi, ahli fazl va benazir eldin Xuroson, bataxsis Hirot shahri mamlu edi. Har kishiningkim bir ishga mashg‘ullug‘i bor erdi, himmati va g‘arazi ul erdikim, ul ishni kamolg‘a yetgurgay».
Shuningdek, «Boburnoma» Hazrat Navoiyning so‘nggi damlari haqida ham so‘z yuritib, yuqoridagi fikrlarni tasdiqlaydi: «Sulton Husayn Mirzo Xayrobod cherikidin yong‘onda istiqbolg‘a keldi, mirzo bila ko‘rushub qo‘lquncha, bir holati bo‘ldi qo‘lolmadi, ko‘tarib eltdilar. Tabiblar aslo tashxis qila olmadilar. Tonglasig‘a-o‘q tangri rahmatig‘a bordi» .
Ayni paytga qadar Husayn Boyqaro ijodiy merosi adabiyotshunos olimlarning ham e’tiboriga tushmay qolmadi. Jumladan, muhtarama ustoz, O‘zbekiston Qahramoni Suyima G‘aniyeva 1991 yili Husayn Boyqaro g‘azallarini to‘plab «Jamolingdin ko‘zum ravshan» degan nom ostida nashr etdilar. Mazkur nashr debochasida yozilganidek, Husayniy she’riyatida dunyoviy ruhdagi lirika an’analariga, Alisher Navoiy lirikasiga tayangani ko‘zga tashlanadi. Ayni chog‘da, unda ijodkorning shoirona shuuri, badiiy o‘tkir nigohi ro‘yirost namoyon bo‘ladi.
4. Husayniydan bizgacha sheʼrlar devoni va Navoiyga bagʻishlangan "Risola" asari yetib kelgan. „Risola“ asari 1945-yilda turk olimi Ismoil Hikmat tomonidan topilib, ilmiy muomalaga kiritilgan. Shoh shoirning hozirgacha 202 gʻazal, Navoiy g’azaliga bogʻlangan 3 muxammas, 6 ruboiy, shuningdek, fors-tojikcha 2 gʻazal 1 ruboiy va bir necha baytlari maʼlum.
Gʻazallarining barchasi ramal bahrida. Lekin ular Husayn Boyqaroning tabʼi baland, didi nozik shoir boʻlganligini koʻrsatadi.
Dostları ilə paylaş: |