10-sinf Adabiyot



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə1/3
tarix04.11.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#67461
  1   2   3
10 sinf adabiyot mahmudxoja bahbudiyn


10-sinf Adabiyot
Mavzu: Mahmudxo’ja Behbudiyning “Padarkush” dramasi tahlili
Darsning maqsadi:a)ta’limiy maqsad:O’quvchilarning adib hayoti va ijodiga oid olgan bilimlarini mustahkamlash,badiiy asarga oid bilim va ko’nikmalarini hosil qilish;
b)tarbiyaviy maqsad:yosh avlodni kasbga yo’naltirish,milliylikni qadrlash,buyuk ajdodlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi maqsad:o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish,ko’nikma va malakalarini rivojlantirish.
Shakllantiruvchi kompetensiya: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:mediamanba va kutubxonalardan zarur ma’lumotlarni topa olish va ulardan foydalanish.
O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: doimiy ravishda o‘z-o‘zini ma’naviy rivojlantirish, mustaqil o‘qib-o‘rganish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:oila, maktabda bo‘layotgan tadbirlarda faol ishtirok etish, barcha bilan xushmuomalada bo‘lish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:umuminsoniy va milliy qadriyatlarni e’zozlash, orasta kiyinish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
Adabiy –nutqiy kompetensiya:tinglab tushunish,fikrni og’zaki bayon qilish,o’qish,fikrni yozma bayon qilish.
Badiiy asar tahlili:adabiy tur va janrlarning asosiy belgilarini ayta oladi,tavsiya etilgan nasriy,she’riy asar yoki ulardan olingan parchani tahlil qila oladi.
Dars turi:yangi bilim,ko’nikma va malaka osil qilish.
Dars usuli:guruhlararo munozara,,”Organayzer”, “Toifalash”,savol-javob,”Keys-stad” texnologiyasi,”Umumiy nuqta”,”Mening fikrim” usuli;
Dars jihozi:darslik,mavzuga oid slaydlar, ko’rgazma,tarqatma,AKT dan foydalanish.


Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: salomlashish,davomatni aniqlash.
O’qituvchi: Yoshlari mehnat-u g’ayratga cho’mgan
Aziz Vataniga yuragin tutgan
Buyugimsan o’zing va muqaddasim
Suyugimsan o’zing,mustaqil Vatan!
O’qituvchi Vatan haqida o’quvchilar bilan savol-javob o’tkazadi.

O’qituvchi:Fevral oyida qanday bayramlar nishinlanadi?


Fevral oyining muhim va unutilmas sanalar:

  • 1-fevral-Xalqaro kurash assotsatsiyasi tashkil topdi.(1999)

  • 2-fevral-Respublika “Oila” markazi tuzilgan kun. (1998)

  • 5-fevral-O’zbekistonda milliy axborot agentligi”O’zA” faoliyati boshlandi.

  • 9-fevral-Buyuk o’zbek shoiri,mutafakkir,davlat arbobiMir Alisher Navoiy tavalludi kuni (1441-1501)

  • 14-fevral-Buyuk shoir,tarixchi,iste’dodli sarkarda Z.M.Bobur tavalludi kuni (1483-1530)

  • 22-fevral-Ozbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat hodimi,shoir Azim Suyun tavalludi kuni (1948)

  • 25-fevral-Tashqi Ishlar Vazirligi huzuridago tashqi siyosiy va xalqaro munosabatlarga oid xabarlarni tarqatuvchi”Jahon axboroti agentligi” tashkil topgan kun (1994)

O’quvchilar A.Navoiy va Z.M.Bobur haqida qisqacha ma’lumotlar aytadilar.


O’qituvchi:– Harakatlar strategiyasi haqida ma’lumot bering.
­ – Adabiyotni nima uchun so’z san’ati deymiz?

  • Adabiyot bizga nimani o’rgatadi? Qanday ko’nikma va malaka hosil qiladi?

O’quvchilar fikri tinglanadi va umumlashtiriladi.
O’quvchilar 2 guruhga bo’linadi va nomlanadi.”Donolar”, “Zukkolar”

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin