II.O’tilgan mavzuni mustahkamlash:
”Organayzer” usulidan foydalanib guruhlarga monitor orqali jadval ko’rsatiladi.O’quvchilar jadvalda tushib qolgan tushunchalarni to’ldiradilar va
rag’batlantiriladi
Guruhlar o’tilgan mavzu yuzasidan konvertdagi tarqatmalarni tanlab,javob beradilar.
”Aqliy hujum” orqali guruhlarga muammoli savol beriladi va javoblariga qarab rag’batlantiriladi
–Drama bilan nasrning farqi nimada?
O’quvchilar fikri tinglab xulosalanadi. Ostroviskiy aytganidek:–Dramatik asar adabiyotimizning boshqa sohalariga nisbatan xalqqa yaqindir,kitob va jurnallarni bir necha ming kishi o’qiydi,pyesani esa yuz minglab kishi ko’radi,xalq uchun yoziladi.
Shundan so’ng ”Toifalash” usuli qo’llaniladi. Bunda guruhlarga jadval beriladi. Ustundagi tushunchalarni guruhlar 2 daqiqa ichida to’ldiradilar.
Behbudiy publisist
|
Behbudiy pedagog
|
Behbudiy dramaturg
|
Behbudiy tilshunos
|
Behbudiy siyosatshunos
|
?
|
?
|
?
|
?
|
?
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
III. Yangi mavzu bayoni.
Guruhlarga savol beriladi:
”Padarkush ” dramasi qachon yozilgan va u haqida to’liq ma’lumot bering.
Drama haqida mashhur shaxslar fikrini ayting.
Shu o’rinda guruhlarga slaydlarda mavzuga bog’liq tushunchalar yozilgan ko’rgazma ko’rsatiladi.Unda quyidagi tushunchalar yozilgan va shu tariqa mavzu tahlili boshlanadi.
1.”Padarkush” so’zining ma’nosi- ota qotili.
2.Dramaning asosiy g’oyasi-jaholat,ilmsizlik,tarbiyasizlikka qarshi ma’rifat ulug’lanadi.Yangicha ta’lim –tarbiyani xalqqa targ’ib qiladi.
3.Dramadagi asosiy obrazlar-Boy ,Toshmurod,Domla,Ziyoli,Tangriqul.
4.Boy-dunyoning jamiki izzatini faqat boylkida deb tushunadi.”Axir odamlar o’qimishli kishidan-mulladan ko’ra o’qimagan bo’lsa ham puli ko’p boyni hurmat qiladi-ku”,deydi u.Shuning uchun ham,uning fikricha,o’ziga o’xshagan boylarni faqat musulmonlar emas,hatto o’ris va armanlar ham hurmat qiladi. Toshmurod-o’qimagan,odobsiz (asarning boshidagi ota va o’g’il munosabati),otaning qotili asli Tangriqul,lekin bola ”ota qotili”.Sababchisi o’g’ildagi norasolik,ilmsizlik,jaholat,badxulq odamlar bilan hamroh orttirgani.
5.Domla-boyning fikrlariga qarshi chiqib,bolani albatta,o’qitish zarur,degan fikrni aytadi.Xulosa chiqarsak bo’lmaydimi axir,20-30 yildan beri yirik savdo ishlari yerli xalq emas,chetdan kelganlar qo’lida.Agar bolalarimiz o’qigan ,savodli,ilmli bo’lsa,shu ko’yga tushmaymiz,deydi.Lekin boy bu fikrlarga loqayd qaraydi.
6.Ziyoli-u orqali ma’rifatparvarlik g’oyalarini targ’ib qiladigan,yangicha fikrlaydigan, millatchi musulmon.Maqsadi millat ko’zini haqiqat nuri bilan ochish.Ziyoli fikricha,”yoshlarimiz gimnaziyalarni o’qib bitirgandan so’ng Peterburg va Moskva dorilfununlarida do’xturlik,qonunchilik,handasa,adliya,ilmi sanoat,ilmi muallimlik sohalarini o’zlashtirish lozim.Bu bilan kifoyalanmay, bolalarimizni Farangiston,Amriqo,Istambul dorilfunnunlariga ta’lim-tarbiya uchun yuborishimiz zarur
Shu tariqa o’quvchilar tushunchalarni bog’lab,asarni tahlil qiladilar.
“Aqliy hujum” usulidan foydalanib,o’quvchilarga savollar beriladi.
---Ziyoli zamon ulamolarini necha sinfga ajratgan?
(Bu zamon olimlarini 2 guruhga ajratadi.1-olimi diniy-imom,hatib,mudarris,qozi,mufti xaloyiqni diniy ishlarini boshqarsin;2-olimi zamoniy-gimnaziya va shahar maktablarini bitirib,Peterburg,moskva kabi dorilfunnunlarga yuborib,doktorlik,zakunchilik,injiner,sudya,ilmi tijorat,iqtisodchi kabi mansablarda ish yuritish).
---Asarda kimlarning kurashi ketyapdi?
(Ma’rifatli va johillar,ilmli-ilmsizlar,ogoh va loqaydlar kurashi)
---Asar oxirida ziyoli qanday hukm chiqardi?
(Ilmsiz va tarbiyasiz bolalarning oqibati shu.Agarda bularning otasi o’qitsa edi,bu jinoyat va padarkushlik sodir bo’lmas edi.Bizlarni honavayron,bandi,bevatan qilgan beilmlikdir,tarbiyasizlik,jaholatdir.Madomiki,bolalarimizni o’qitmasak,bu tariqa yomon hodisa bo’laveradi).
---Hozirgi zamon yoshlarichi?
---Moziy va bugungi kunni qiyoslang.
Guruhlarni javoblariga qarab rag’batlantirib boriladi.
Dostları ilə paylaş: |