10-sinf ona tili va adabiyot fanidan olimpiada uchun



Yüklə 14,95 Kb.
tarix07.01.2023
ölçüsü14,95 Kb.
#78647
10-sinf ona tili olimpiada


10-sinf ona tili va adabiyot fanidan olimpiada uchun 50 talik test savollari .
1.Qaysi qatordagi tire qo‘shma gap qismlari orasiga qo‘yilmagan?
A) Amma keldi – hamma keldi. B) Pul bor – changalda sho‘rva.
C) Ikki ko‘chgan – bir talangan. D) Vaqting ketdi – naqding ketdi.
2.Kiritma gap tarkibida kirish so‘z qo‘llangan javobni aniqlang.
A) ”O‘tkan kunlar” (siz bu romanni o‘qigansiz ,albatta) romanchiligimiz tarixida alohida o‘rin egallaydi.
B) Chinorning yonish voqeasi (uning tafsilotini ikkinchi bobda bayon qilgan edik) jamoaga asta-sekin ma’lum bo‘la boshladi.
C) Shokir sartarosh (tumanda uni hamma taniydi, siz ham uni tanisangiz kerak) o‘g‘lini uylantirmoqchi bo‘libdi.
D) Bir yoqda olmalar, o‘riklar, giloslar, olchalar – mevali daraxtlar tutash havo gulzori yasaydi
3.Har bir yangi avlod yangi tarixni yaratadi, takomillashtiradi. Gapdagi teng va tobe bog‘lanishlar sonini aniqlang.
A) 1 ta teng, 7 ta tobe bog‘lanish
B) 2 ta teng, 5 ta tobe bog‘lanish
C) 1 ta teng, 6 ta tobe bog‘lanish
D) 1 ta teng, 5 ta tobe bog‘lanish
4.Biz, ya’ni ko‘ngillilar sizni deb hech bir xavfli ishga, hatto qum o‘g‘irlashga ham qo‘l urmaymiz.
Yordamchi so‘z turkumiga mansub birliklar sonini aniqlang.
A) 3 ta B) 4 ta C) 2 ta D) 5 ta
5.Qaysi gapda “yasama so‘z + fe’l” qolipida hosil qilingan qo‘shma fe’l ishtirok etgan?
A) Aziza birdan ajinani ko‘rgandek dodlay ketdi.
B) O‘sha jiyaningiz ketma-ket sakkiz marta aksa urar edi.
C) Ortiqcha gapni yig‘ishtiring va ochiqroq gapiring.
D) Charchagan dehqon beozorgina xurrak otardi.
6.Qaysi gapdagi mantiqiy urg‘u olgan so‘zning urg‘uli bo‘g‘ini ot turkumidagi so‘zga shakldosh
A) Borini olib kelavering: bu yerda hammaga qog‘oz-qalam kerak.
B) Bugun-erta uyga akam keladilar.
C) Olgan narsalarimni egasiga bus-butun qaytarganman.
D) Bizga keragi ham qop-qora parda.
7.Qaysi javobda miqdor-daraja ravishi qatnashgan?
A)G‘afurjon tashqariga chiqib boydan ketishga izn so‘radi.
B)U raisga muammoni yotig‘i bilan tushuntirdi.
C)Bugun bir qop somon, o‘n-o‘n beshta xoda olib kelindi
D)Bo‘ying sal cho‘zilsin, duradgorga shogirdlikka beraman.
8.Yulduzi issiq” iborasining ma’nosini aniqlang.
A) omadli B) yoqimli C) xushsuxan D)kasal bo’lishga moyil
9.Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan otlar qatorini aniqlang.
A) talafot, istehzoomuz, tatbiq
B) tadqiqot, baht, imtihon
C) halokat, ahil, monelik
D) taqiq, ehtimol, naqarot
10.Qaysi qatorda ravish qo‘llanmagan?
A) Bir yil avval o‘g‘lining og‘zidan birdan shu gap chiqib ketdi.
B) O‘sha voqeadan so‘ng biz ahil, ajralmas do‘stlar bo‘lib qoldik.
C) Xabar etgach, kampir darrov kalishini kiyib yo‘lga otlandi.
D) Toshmurod haqiqatan ham anchagacha o‘zini ko‘rsatmadi.
11Qaysi so‘zlardagi imloviy xatolik unlini cho‘zish uchun qo‘llanadigan tutuq belgisining yo‘qligi bilan izohlanadi?
A) mo‘tabar, mo‘jiza
B) sanat, qala
C) taqiqlanadi, tamagir
D) maraka, ezozlamoq.
12.Quyida berilgan parchada ot turkumiga mansub nechta so‘z ega vazifasida qo‘llangan?
O‘zbekiston – go‘zal diyor, Saodatga mehnati yor,
O‘zgacha bir hikmati bor, Halollikka aytar alyor.
A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 2 ta
13.Qaysi javobda o'zlik nisbatidagi fe’llar berilgan?
A) jimirlamoq, silkinmoq B) ko‘rinmoq, kiyinmoq
C) taralmoq, yiqitmoq D) o‘ylanmoq, sarg‘aymoq
14.Qaysi javobda miqdor-daraja ravishi qatnashgan ?
A) Keyin bozorga olib boribdi.
B) Halima ta’tilda ham ko‘p o‘qishni kanda qilmadi.
C) Uzoqdan bir ayol kela boshlabdi.
D) Bir kishi uni to‘xtovsiz chaqirib kelyapti.
15.“Oh ursam to’kilar ko’zimning yoshi
O’limdan qaytarmi, bilgin, mardkishi.”Ushbu bayt “Rustamxon” dostonidagi qaysi personaj tilidan aytilgan?
A.Sultonxon B. Oftoboyim С) Rustamxon D) Huroyim
16.Ilk kitobi "Istar ko'ngil" bo'lgan ijodkorning asari berilmagan qatorni toping.
A. "Sizni eslayman" B. "Qora ko'zginam"
C. "Hamshaharlarim" D. "Jahongashta"
17."Musofir bo'lmasang, musulmon bo'lmaysan" maqoli "Sariq devni minib" asarida qaysi qahramon tilidan aytiladi?
A. Hoshimjon B. Polvontog'a C) Otajon Azizovich D) Shokir
18.Bolaligida haydovchi bo'lishni orzu qilgan adibning asari to'g'ri berilgan qatorni toping.
A. "Jamila" B. "Mening Dog'istonim"
C. "Shahzoda Plombir" D. "Yovvoyi hayvonlar hayoti
19.Sultonxon Qurudum mamlakatidan necha yilda keldi?
A. 15 yil B. 17 yil C.14 yil D. 13yil
20. “Har kimdaki bo’lsa qanoat, g’am yo’q” degan parcha Alisher Navoiyning qaysi asaridan olingan?
A. “Nazm ul-javohir” B. “Hayrat ul-abror”
C. “Majolis un-nafois” D. “Saddi Iskandariy”
21. O’zbek tilida so’zlovchilar yer yuzida necha kishini tashkil etadi?
A. 25 milliondan ortiq B. 36 milliondan ortiq
C. 35 milliondan ortiq D. 40 milliondan ortiq
22 Uyushiq bo`lakli gap berilgan qatorni aniqlang
A. Birni birov beradi ,ko`pni mehnat beradi B.Butun zamin larzaga keldi
C. Ilk bahor shamollari yoqimli esadi D.Saida goh kuyunib,goh achinib gapirib berdi
23. Adabiy til me’yoridan tashqari hisoblangan birlikni belgilang.
A. Milliy til B. Xalq shevalari
C. Oddiy so’zlashuv tili D. Badiiy uslub
24. “Haq berilmas, olinur” degan jumla kimga tegishli?
A. Abdulla Qodioriy B. M. Behbudiy
D. Alisher Navoiy C. Islom Karimov
25. Huroyimni qutqargan Rustam qaysi tog’dan qo’nim topgan?
A. Polopon B. Hukumu
C. Bobotog’ D. Bahra
26. Mumtoz adabiyotdagi tuyuq janrining asosini qanday so’zlar tashkil etadi?
A. Ma’nodosh so’zlar B. Shakldosh so’zlar
C. Paronim so’zlar D. Uyadosh so’zlar
27.Badiiy uslubda qo’llangan shevaga oid unsurlar nima maqsadga xizmat qiladi?
A. Uslubiy-estetik maqsadga xizmat qiladi.
B. Adabiy tilning qimmatini oshiradi.

  1. Shevaga oid so’zlarni yaratadi.

D. Barchajavoblarto’g’ri.
28. Sodda gapni aniqlang
A.Opam ishdan tez qaytdilar B.Atrof yorishdi, biz yo`lga otlandik
C.Atrof yorishdi va biz yo`lga otlandik D.Qong`iroq chalindi va mashg`ulotlar boshlandi
29. Ahmad Yassaviyning ilk ustozi kim?
A. Ibrohim B. Arslonbob
D. Yusuf Hamadoniy C. Qorasoch momo

30. So’zlarning odatdagi tartibining o’zgartirilishi….
A. Inversiya C. Emotsionallik
B. Subyektiv ma’no D. Uslubiy bo’yoqdorlik
31.Yuragimning toʻridagi soʻlmas gulim,
Ona tilim, kechir, meni, ona tilim. Misralar muallifini aniqlang.

  1. E. Vohidov

  2. A. Muxtor

  3. M. Yusuf

  4. R. Hamzatov

32.Uslubiy betaraf soʻzlarni toping.

  1. Kitob, uy, suv

  2. Ishlamoq, oʻqimoq, yurmoq

  3. Katta, kichik, kun

  4. Barchasi

33.Biror bir uslubga xoslanmagan sinonimni toping.

  1. Oraz

  2. Bet

  3. Chehra

  4. Yuz

34.Lochin-- yirtqich qushlar turkumining lochinsimonlar oilasiga mansub. Berilgan gap qaysi uslubda?
A Ilmiy

  1. Badiiy

  2. Soʻzlashuv

  3. Publitsistik

35.Fargʻona shevasiga xos boʻlgan soʻzlarni aniqlang.

  1. Ketopman, aytopman

  2. Borovuza, ketvomman

  3. Shatta, qatta

  4. Galing, gerak

36.Nutq uslublariga aloqador til xususiyatlarining jami .... deyiladi.

  1. Sheva

  2. Adabiy til

  3. Milliy til

  4. Uslubiyat


37.Sultonxon qaysi yurtning podshosi edi?

  1. Hukumu

  2. Noʻgʻay

  3. Qurudum

  4. Oqtosh


38"Dam shu damdir, oʻzga damni dam dema" qaysi dostonda qoʻllangan?

  1. Alpomish

  2. Kuntugʻmish

  3. Rustamxon

  4. A va C


39.Tasavvuf ilmining asosiy bosqichlari nechta?

  1. 4

  2. 2

  3. 3

  4. 5

40.Sen bu kun sinfda shod yurak bilan
Sinov navbatini kutib turasan.
A’lo mamlakatning a’lo farzandi,
Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi!
Yuqoridagi satrlar muallifi kim?
A) A.Qodiriy B) Hamza C.G’.G’ulom D.M.Shayxzoda
41.Mustaqil so’z turkumlari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni belgilang
A.fe’l, ot, sifat, son.. B.fe’l, ot, bog’lovchi C.fe’l, ko’makchi, ot D. Feʼl, modal, sifat
42 .So’z birikimasi qanday so’zlardan tuziladi?

  1. ma’nodosh B.hokim va tobe so’zlardan C.juft so’zlardan

  1. Teng munosabatdagi soʻzlardan

43.Bitishuv yo’li bilan bog’langan so’zlar qatorini belgilang
A.tez termoq, chiroyli gapirmoq B.paxtani termoq, mavzuni gapirmoq
C.paxtaning bargi, matnni mavzusi D. Ukam uchun
44. .Faqat mazmunan , ohang yordamida bog’langan qo’shma gaplar –
A.Bog’lovchisiz qo’shma gaplar
B. ergashgan qo’shma gaplar
C.Bog’langan qo’shma gaplar
D. Ko’chirma gapli qo’shma gaplar deyiladi
45. ”Dahshat” hikoyasi qahramoni Unsinning otasini kasbi nima edi?
A) Cho’pon B) Savdogar C) Tegirmonchi D) Dehqon
46. 1.“So’z latofati” kitobining muallifini yozing.
47. Ovoz so’zining kitobiy shaklini yozing.
48. .O‘zinigina o‘ylovchi kishini yaxshi odam deb bo‘lmaydi.
Ega ishtirokiga ko‘ra ushbu gap...
49.«Dunyoda bir qo‘rqqan yomon, bir quvongan yomon» - ushbu gap qaysi qahramonga tegishli?
50.«So‘z so‘zlashda va ulardan jumla tuzishda uzoq andisha kerak» - degan fikrlar kimga tegishli?
Yüklə 14,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin